The theme: e-procurement


Poraxo‘r yaqinlarini ham ayamagan Li Kuan Yu



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə3/3
tarix02.03.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#86198
1   2   3
Singapur davlati.MM-56i.Shoh

Poraxo‘r yaqinlarini ham ayamagan Li Kuan Yu
“Korrupsiyaga qarshi kurashishni do‘stingizni qamoqqa jo‘natishdan boshlang. Siz ham, ular ham nima sababdan ekanini yaxshi bilasiz”, – deya hech kimni ayab o‘tirmasligiga shama qilgandi bosh vazir.
Shunga mos ravishda, hatto Li Kuan Yuning eng yaqin qarindoshlari ham korrupsiya bo‘yicha tergovga jalb etildi. Li Kuan Yun o‘zining yaqin do‘sti, vazir lavozimida ishlagan Vi Tun Bunni ham ayab o‘tirmagandi.
Hozirgi paytda Singapur korrupsiya ko‘lami kamligi, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyot darajasi bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlarda bormoqda. Xususan, Transparency International tomonidan 2020 yil uchun e’lon qilingan reytingda Singapur korrupsiya bo‘yicha eng past ko‘rsatkichli mamlakatlar orasida 3-o‘rinni oldi.
Bu davlatning amaldorlariga korrupsiyaga aloqador taqiqlangan xatti-harakatlar ham aniq va lo‘nda qilib belgilangan. Ular:
• bajarilgan ish uchun har qanday “minnatdorchilik haqi” olish; • biror harakatdan tiyilish uchun sovg‘a-salomlar olish; • rasmiy munosabatdagi shaxsning uyiga yoki ofisiga tashrif buyurish; • atayin rasmiy xujjatlarda xato qilish (muddatlar kimnidir foydasiga “o‘ynashi” uchun); • rasmiy munosabatda bo‘lgan boshqa shaxslar bilan tushlik qilish yoki birgalikda har qanday ko‘ngilxushlik qilish; • o‘z vazifasiga kirgan ishni qilgan bo‘lsa ham, unga “mukofot” olish; • rasmiy munosabatda bo‘lgan har qanday shaxsning biznesiga pul kiritish; • xizmat ko‘rsatgani uchun sovg‘alar, “otkat”lar olish; • o‘z shaxsiy hayotidagi biror ishni bepul qilib berishlariga ko‘nish (masalan, uyini yoki mashinasini ta’mirlash).
Atigi 4 million aholi istiqomat qilayotgan Singapur tajribasi siyosiy iroda, samarali antikorrupsion qonunchilik va pulga sotilmas mustaqil agentlik evaziga bir necha o‘n yilda korrupsiyani juda past darajaga tushirish mumkinligini namoyish etdi.
Demak, hamma narsadan ko‘ra qonun ustuvorligini afzal ko‘rish, jamiyatda hammaning qonun oldida tengligi prinsipini targ‘ib qilish va unga amal qilish, bu yo‘lda yuqori martabali amaldorlar va qarindoshlarni ham ayamaslik orqali korrupsiyani bartaraf etsa bo‘lar ekan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin