INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS "
2022 Warsaw, (Poland) 90
3. XULOSA VA TAKLIFLAR Ma'lumki jahonning aksariyat rivojlangan banklari mijozlarga uzluksiz xizmat
ko'rsatishga harakat qiladilar, bunday xizmat ko'rsatishni «Doyche bank»
(Germaniya), «ABN AMRO Bank» (Gollandiya], «Sosete Jeneral» (Fransiya] i
«Sitibank» [AQSH] banklarida ko'rish mumkin. Bu banklarda bank xizmatlari
strategiyasi asosan past tariflarda yangi mijozlar, korrespondent-banklarni jalb etish,
zamonaviy to'lov tizimlaridan foydalana olish imkoniyatlariga asoslanadi va
mijozlarga xizmat ko'rsatish kuniga 24 soat davomida haftasiga 7 kun olib boriladi.
Xizmatlar mijozlarning ko'proq o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tamoyiliga asoslanadi,
xizmatlarning doimiy ravishda mobilligini ta’minlaydi va mijozlarni jalb etish
strategiyasi hisoblanadi.
Mazkur tadqiqot natijasida tijorat banklarining xizmat bozori va banklar
tomonidan ko'rsatilayotgan xizmat turlari, samaradorligi va sifatini chuqur tahlil
qilib chiqqan holda, quyidagi ilmiy xulosalar shakllantirildi va takliflar ishlab
chiqildi:
1.0'zbekiston Respublikasi banklararo bozori bank kapitali, bank depoziti va
kreditlar bo'yicha bozor konsentratsiyasi koeffitsientining haqiqatdagi darajasidan
yuqori
ekanligi sog'lom banklararo raqobatning to'liq shakllanmaganligidan dalolat beradi.
2.Respublikamizda banklararo raqobatni shakllantirish, yirik banklarning moliya
bozoridagi monopol mavqeiga barham berish imkonini beradigan alohida
qonunning
mavjud emasligi sog'lom raqobat muhitni shakllantirishga to'sqinlik qilmoqda.
3.Respublikamizning ayrim yirik tijorat banklarida kreditlarning aktivlar hajmidagi
salmog'ining beqaror bo'lganligi, ayrim davriy oraliqlarda pasayish sur’atiga ega
bo'lganligi, bank aktivlari va kreditlarining daromadlilik darajasiga nisbatan salbiy
ta'sirni yuzaga keltirdi.