INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS "
2022 Warsaw, (Poland) 86
2. Tahlil va natijalar muhokamasi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida mamlakat bank tizimining
barqarorligini ta'minlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va
yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida
qayd etilgan. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira
stavkalari 2009 yilning sentyabr oyidan boshlab tijorat banklari depozitlarining
muddatlariga bog'liq ravishda quyidagi tartibda tabaqalashtirildi:
* talab qilib olinadigan depozitlar va bir yilgacha muddatga jalb qilingan
depozitlarga nisbatan - 15%;
* bir yildan uch yilgacha muddatga jalb qilingan depozitlarga nisbatan -12%;
* 3 yildan ortiq muddatga jalb qilingan depozitlarga nisbatan - 10,5%. Majburiy
zaxira stavkalarining bu tarzda tabaqalashtirilishi tijorat banklarining uzoq muddatli
resurs bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Quyidagi jadval ma'lumotlari orqali
respublikamiz
tijorat
banklarining
kapitallashish
darajasini
tavsiflovchi
ko'rsatkichlarga baho beramiz (1-jadval).
1-jadval.
O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kapitallashish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlarning holati Ko‘rsatkichlar nomi
01.07.2021
01.07.2022
mlrd. so‘m
ulushi,
foizda
mlrd. so‘m
ulushi,
foizda
I darajali kapital 54 698 86,9% 65 819 84,7% Asosiy kapital 54 503 86,6% 65 624 84,5% Qo‘shimcha kapital 195 0,3% 195 0,3%