INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS "
2022 Warsaw, (Poland) 88
salmog'i 60 foizdan yuqoridir. Bu esa depozit xizmatining samaradorligiga salbiy
ta’sir ko'rsatuvchi omil hisoblanadi.
4. Respublikamiz tijorat banklarining hisob-kitob xizmatidan oladigan
daromadlarining banklarning operatsion daromadlari hajmidagi salmog'ini
oshirishga to'sqinlik qilayotgan omillar mavjud va ular quyidagilardan iborat:
respublikamiz tijorat banklari xizmatlarining tarkibida forfeyting, trast,
kontokorrent xizmatlarining mavjud emasligi;
respublikamiz tijorat banklarida faktoring, forvard, anderrayting xizmat turlari
bo'yicha operatsiyalar hajmining kichikligi.
Tijorat banklari o'rtasidagi sog'lom raqobat ular tomonidan o'z mijozlariga bank
xizmatining lizing, faktoring, forfeyting, kontakorrent, overdraft kabi zamonaviy
bank xizmatlari yangi turlarini taklif etish imkonini yaratdi. Hisob-kitoblarni amalga
oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida bir necha banklarda talab qilib olinguncha
depozit hisobvaraqlari ochish, bevosita bank-mijoz dasturlarini joriy etish, elektron
to'lov tizimi orqali mamlakat hududida har qanday to'lovni 5-10 daqiqada amalga
oshirish imkoniyatlarini yaratib berdilar. Oxirgi yillarda tijorat banklari tomonidan
mijozlariga bank kartalari orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish uchun
imkoniyat va qulayliklarni yaratish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunga kelib, tijorat banklari tomonidan 4 mln. 500 mingdan ortiqroq bank
kartalari muomalaga chiqarildi hamda banklar tomonidan savdo hamda aholiga
pullik xizmat ko'rsatadigan korxonalarda 27504 dan ortiqroq terminallar o'rnatildi.
O'zbekistonda bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va banklararo raqobat
sharoitida mijozlarga ko'rsatiladigan bank xizmatlarining samaradorligini oshirishda
jahon
banklari tajribasidan foydalanish, tashkil etilgan bank xizmatlari bozorini
rivojlantirish
muhim omilga aylanishi lozim. Bunga bog'liq holda quyidagi holatlarni ajratib
ko'rsatish