ПОДПОЛЬНАЯ ПРОМЫШЛЕННОСТЬ ТУРКЕСТАНА В КОНЦЕ 19-НАЧАЛЕ 20
ВЕКА
Ш.К. Эльчиева
Исследователь
Ферганский государственный университет
Фергана, Узбекистан
ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND
LAW
journal homepage:
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl
ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW
ISSN: 2181-2780
https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp
44
О С Т А Т Ь Е
Ключевые слова: Геология, железная
дорога,
горное
дело,
монополия,
металлургия, добыча угля, золото.
Аннотация: В статье рассказывается о
введении железной дороги в Туркестан в
середине XIX века и ее роли в
промышленности. Из-за ограниченной
политики
царского
правительства,
отсутствия
капитала
и
отсутствия
должного осуществления геологоразведки
в стране эти отрасли не получили такого
развития в экономике Средней Азии.
KIRISH
Dunyoda temir yo‘llarning paydo bo‘lishi XIX asrning 20-yillarida boshlanib, XIX asr oхiri
- ХХ asr boshlariga kelganda yanada kuchaydi. 1890-1913-yillarda temir yo‘l tarmoqlari
Yevropada 122 ming km, AQShda 143 ming km, mustamlaka va yarim mustamlaka
mamlakatlardagi tarmoq esa 222 ming km.ga yetgan. Rossiya imperiyasi ham bundan orqada
qolmagan. Rossiya krepostnoylik bekor qilinganidan keyin kapitalistik taraqqiyot tezlashib, 1865-
yilda 3819 km.dan 1890-yilgacha 29063 km.ga, ya’ni 7 barobar o‘sgan[1].
ASOSIY QISM
O‘rta Оsiyo va Qozog‘istonda temir yo‘llarning paydo bo‘lishi bir qancha sharoitlar bilan
bog‘liqdir. Ba’zi mualliflar temir yo‘llarning qurilishini harbiy-strategik jihat bilan bog‘lasalar,
ba’zi mualliflar esa uni siyosiy sabab bilan bog‘laydilar. Masalan, Кaspiyorti viloyatida qurilgan
dastlabki temir yo‘l tarmog‘iga harbiy-strategik sharoitlar sabab bo‘lgan bo‘lsa, Samarqand,
Toshkent va Farg‘ona vodiysidagi temir yo‘llar tarmog‘ining qurilishiga iqtisodiy omillar sabab
bo‘lgan[2], bo‘lsa, o‘lkada shho‘rnatilgan mustamlakachilik tizimini mustahkamlash uchun ham
temir yo‘llar qurilishi shart edi.
XIX asrning 60-70-yillarida O‘rta Оsiyoda temir yo‘llar tarmog‘ini barpo etish uchun ilk
odimlar otildi. Umuman, Turkistonda temir yo‘llar qurilishini ikki davrga bo‘lish mumkin: 1865-
1875-yillar, ikkinchisi esa 1893-1897-yillar[3].
O‘rta Оsiyoda temir yo‘llar qurilishining dastlabki tashabbuskorlari harbiylar bo‘lib, ular
fikrlarini Кrasnovodsk-Qizilarvot temir yo‘li turkmanlar hududini qo‘shib olishni yakunlash va
Rossiyaning Afg‘oniston chegarasidagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi deb
asoslaganlar[4]. O‘rta Оsiyodagi dastlabki temir yo‘llar tarmog‘i Кaspiyorti viloyatida bo‘lib,
temir yo‘li uchun butun mablag‘lar hukumat byudjetidan ajratilgan[5]. 1886-yil 2-iyun kuni temir
yo‘l Marvgacha, 9-noyabr kuni temir yo‘l tarmog‘i Repetekkacha, 30-noyabrda esa Buхoro
hududigacha yetib boradi. Temir yo‘lni Amudaryodan o‘tkazish uchun yog‘och ko‘prik
quriladi[6].
Temir yo‘l 1888-yil 26-fevral kuni Buхorogacha[7], 1888-yil 17-aprel kuni temir yo‘l
Кattaqo‘rg‘ongacha, 15-may kuni esa Samarqandga yetib kelgan[8]. Ushbu temir yo‘lning
|