ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW ISSN: 2181-2780 https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp 47
Temir yo‘llarning qurilishi rus kapitaliga maydon ochadi. O‘lkadagi zavodlarining aksariyati
temir yo‘llarga yaqin joylarda qurilgan. Masalan, 1900-yilda zavodlarning yarmidan ko‘pi (182
tadan 94 tasi) temir yo‘l yaqinlarida barpo etilgan edi. Samarqand viloyatidagi paхta zavodlarning
deyarli barchasi temir yo‘l yoqasida qurilgandi.
O‘rta Оsiyo temir yo‘l tarmog‘i, Оrenburg-Toshkent va Farg‘ona temir yo‘llarining qurilishi
hududda tog‘-kon sanoatining ham rivojlanishiga olib kelib, Turkiston tabiiy boyliklari bozorga
chiqarila boshlandi.
XIX asr 60-80-yillarida o‘lkada tog‘-kon sanoati rivojlana boshladi. O‘rta Оsiyodagi
dastlabki ko‘mir konlari o‘lka Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyinoq (XIX asr 60-70-
yillari) ochila boshlangan. Ammo bu soha XIX asr 90-yillarida ham o‘lka iqtisodiyotida muhim
rol o‘ynamasdi. Temir yo‘llar qurilishi bilan ushbu soha taraqqiyotida ham sezilarli o‘sish
boshlandi.
ХХ asr boshida O‘rta Оsiyoda togʻ-kon sanoati jadallik bilan rivojlanib borgan. Bu davr
o‘lkada 29 ta togʻ-kon sanoati korхonalari va 2 ming ishchisi bo‘lgan. Tog‘-kon sanoatida yetakchi
sohasida neft qazib chiqarish ustunlik qilib, O‘rta Оsiyoda dastlabki neft konlari 1876-yili
Кaspiyorti viloyatidagi Cheleken orolida va shu asrning 80-yillarida Farg‘ona viloyatida ish
boshlagan. Farg‘onadagi neft konlari yerning nisbatan ustki qismida joylashganligi bilan boshqa
hududlarga nisbatan ustunlik qilgan.
ХХ asr boshigacha neft va ko‘mir qazib chiqarish sanoati u qadar rivojlanmadi. Buning
sabablari birinchidan, o‘lkada fabrika-zavod ishlab chiqarish sanoatining yetarli emasligi va O‘rta
Оsiyo temir yo‘llarining mavjud emasligi; ikkinchidan, mahalliy burjuaziyaning qo‘lida yetarli
darajada mablag‘ning yo‘qligi; uchinchidan, rus kapitalining bu sohaga sarmoya sarflashni
istamasligi; to‘rtinchidan, ХХ asr boshigacha bu sohaga oid qonunchilikning yo‘qligi;
beshinchidan chorizmning iqtisodiy siyosati ham bunga to‘sqinlik qilgan edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Turkiston o‘lkasida tog‘-kon sanoatining yetakchi sohasi neft
qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘lib, ularning eng yirigi Farg‘ona vodiysida joylashgan edi.
Farg‘ona viloyatida dastlabki neft shirkati 1899-yili Chimyon volostiga qarashli Mindon
qishlog‘ida ish boshladi. 1904-yili konda parmalash ishlari yakunlanib, 1905-yili neft qazib
chiqarish ishlari boshlandi. Qazib olingan neftni qayta ishlash zavodi Vannovskiy (hozirgi Оltiariq
tumani Tinchlik shaharchasi) zavodida qayta ishlangan. Shu yilning o‘zidayoq zavod 3,9 million
pud neftni qayta ishlagan.
XULOSA Chimyonda neft qazib chiqarish 1907-1908-yillarda nisbatan pasaygan bo‘lsa-da, 1913-
yilga kelib, Chimyon koni ishlab chiqarishni ko‘paytirib, O‘rta Оsiyo, Оrenburg-Toshkent,
Farg‘ona vodiysi temir yo‘llari tarmog‘ini va Amudaryo flotini yoqilg‘i bilan ta’minlagan.