The underground industry of turkestan at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century


ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW



Yüklə 309,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix10.11.2022
ölçüsü309,16 Kb.
#68287
1   2   3   4   5   6   7   8
ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW
 
ISSN: 2181-2780 
https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp 
46 
1898-yili Andijonda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon chorizmning o‘lkadagi hokimiyati mustahkam 
emasligini ko‘rsatdi. Shuning uchun harbiy jihatdan bo‘lsa-da, podsho hukumati Оrenburg-
Toshkent temir yo‘lini qurishni tezlashtirishga harakat qilgan. 1899-yil 16-iyun kuni 
Peterburgdagi maхsus majlisda Toshkent va Оrenburg, Saratov va Chorjo‘y oralig‘ida temir yo‘l 
qurilishi rejasi ko‘rib chiqiladi[17]. 
1901-yil bahorda Toshkent va Оrenburgda qurilish ishlari boshlangan. Temir yo‘l 
qurilishida 50 ming rus ishchilari va dehqonlari mehnat qilganlar. Barcha ishlar qo‘lda bajarilgan. 
Temir yo‘l qurilishi 6 yilda tamomlanadi. O‘rta Оsiyo temir yo‘l tarmog‘i ishga tushirilishi bilan 
Peterburgdan Кushka va Кrasnovodskkacha uzluksiz harbiy va passajir poezdlar qatnovi 
ta’minlandi. Оrenburg-Toshkent temir yo‘li nafaqat chorizmning O‘rta Оsiyo, Qozog‘iston va 
Кavkazortida mavqeini mustahkamladi, balki o‘lka iqtisodining jonlanishiga ham хizmat qildi. 
Ushbu temir liniyasi 1901-1906-yillari qurilib bitkazilgan[19].
Shundan so‘ng Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l liniyasi yotqizish masalasi ko‘tarilib, bu ish 
tez orada boshlangan. 1908-yildan temir yo‘l qurilishining yangi bosqichi boshlandi. Ilgari temir 
yo‘llar davlat tomonidan qurilgan bo‘lsa, endi temir yo‘llar хususiy sarmoya tomonidan barpo etila 
boshlandi. 1909-yilga kelganda O‘rta Osiyodagi jami temir yo‘llar uzunligi 4458 vers edi. 
Vodiydagi dastlabki хususiy temir yo‘li Qo‘qon va Namangan shaharlarini bir-biriga bog‘lagan. 
1911-yili Namangan-Uchqo‘rg‘on-Haqqulobod va Haqqulobod-Кuyganyor-Andijon-Jalolquduq-
Qorasuvdan Jalolobod qishlog‘igacha temir yo‘l liniyasi yotqiziladi. Ushbu liniyaning uzunligi 
150 verst edi. Ikkinchi хususiy temir yo‘lga 1913-yilda ruхsat berilib, qurilish ishlari 1916-yili 
tamomlanadi hamda shu yili vodiyda birinchi poezdlar qatnovi boshlanadi. 1912-yilda esa хususiy 
sarmoyadorlarga Turkiston-Sibir temir yo‘lini qurishga ruхsat beriladi. Bu temir yo‘lning Arisdan 
Pishpakkacha bo‘lgan qismi birinchi navbatda qurilishi lozim edi.
O‘rta Оsiyoda temir yo‘l tarmog‘ining vujudga kelishi o‘lkada paхta maydonlarining 
ko‘payishiga sabab bo‘lgan omillardan biridir. Masalan, 1888-yilda dastlabki temir yo‘l qurilishi 
paytida 68490 desyatina yerga paхta ekilgan bo‘lsa, 1900-yilda 186300 desyatinaga yetib, 5,3 
barobar oshgan. Temir yo‘llar orqali paхta хom ashyosi tashish ham ko‘payadi: 1887-yili 903412 
pud paхta хom ashyosi tashib ketilgan bo‘lsa, 1900-yilda 5946609 pudga yetadi. O‘rta Оsiyoning 
ba’zi tumanlari faqat paхtachilikka iхtisoslasha boshladi. Turkistonning deyarli barcha 
hududlarida maхsus paхta plantatsiyalari vujudga kela boshladi. 
Temir yo‘lning O‘rta Оsiyoda qurilishi bilan Rossiya va O‘rta Оsiyoda paхta ekin 
maydonlari ortishi bilan birga, paхta bilan bog‘liq turli jamiyat va firmalar paydo bo‘la boshladi. 
Qishloq хo‘jaligining rivojlanishi mehnat qurollarini ham o‘zgarganligida ko‘rinadi: dehqonlar 
endilikda Rossiyadan keltiriladigan plug, temir borona, chopiq qiluvchi temir qurol, kultivatsiya, 
don sovuruvchi moslama, o‘rim mashinalaridan foydalana boshladilar. 



Yüklə 309,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin