Ma’lumotlar ombori (bazasi) va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) oʻrtasida juda katta farq bor.
MBBT, ya’ni Oracle yoki DB2 asosan alohida serverga oʻrnatiladi. Ushbu MBBT esa, bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasini yasash va boshqarishda ishlatiladi.
(MBBT)dastur
MB
MB
MB
MB
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
Barcha ob’ektlar atributlari bilan xarakterlanadi. Masalan, ob’yekt sifatida fakultet, kutubxona, kompyuter va boshqalarni qarash mumkin.
Jumladan, kompyuter ob’ektini atributlari sifatida hisoblash tezligi, operativ xotira xajmi, o‘lchamlari va boshqalarni ko‘rish mumkin. Atributlarda saqlanadigan xabarlar ma’lumotlarni qiymatlari deyiladi.
Ma’lumotlarni nomlangan eng kichik birligi ma’lumot elementidir. U ko‘pincha maydon deb aytiladi va bayt va bitlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar agregati ma’lumot elementini nomlangan to‘plamidir.
MB administratori deyilganda birorta shaxs yoki bir necha shaxslardan iborat bo‘lgan va MB sini loyihalash, uzatish va samarador ishlashini ta’minlovchidir.
Ma’lumotlar bazasi
Ma`lumotlar bazasi – Ma’lum masalaga yoki biror faoliyatga taaluqli o’zaro bog’langan va alohida ko’rinishda tashkil etilgan ma’lumotlar.
MB ma’lumotlarini xususiyatlari:
To’liqlik;
aktuallik;
qulaylik;
To’g’ri tashkil etish.
Ma’lumotlar banki - bir nechta MB, texnik vosita va dastur ta’minotidan iborat avtomatlashtirilgan tizim.