Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences


THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix18.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#79572
1   2   3   4   5   6
TAFPS0652

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF 
PEDAGOGICAL SCIENCES
 
International scientific-online conference 
241 
berish foydadan xoli bo‘lmaydi. Asar yaratish uchun yozuvchi so‘zga boy 
bo‘lishi lozim ekanligi, bunga o‘qish-o‘rganish orqali erishish mumkinligini 
o‘quvchilar ongiga yetkazish zarur.
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalarni o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishlari 
uchun o‘qituvchi adabiyot nazariyasidan ilmiy tushunchalarga ega bo‘lishi, asar 
tahlilida nimalarga e’tibor berilishini ajratib olishi, o‘qitish usullarini yaxshi 
bilishi, tahlilga ijodiy yondashishi, o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olishi 
o‘qish darslarida badiiy asarni o‘qitish sifatini belgilovchi omillardandir.
Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarni malakali 
kitobxon sifatida tarbiyalashda asar tahlili va o‘quvchining shaxsiy ijodkorlik 
qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘qish metodikasida badiiy asarni o‘qish bilan bog‘liq ikkita talab olg‘a suriladi: 
birinchidan, o‘quvchilar namunadagi asar mazmunini tushunsin, ikkinchidan, 
asarda qalamga olingan voqea-hodisalarni qalbdan his qila bilsin. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z san’atini bevosita idrok etish qobiliyatining 
rivojlanishi asar syujetining o‘ziga manzur jihatlarini aniqlash
qahramonlarning xatti-harakatlarini baholash, o‘z xulosalarini umumlashtirib 
bayon qilish tarzidagi adabiy tahlil ko‘nikmalarini egallay borishiga bog‘liq.
Badiiy asarning o‘quvchilar tomonidan idrok etilish darajasi kitobxonlik faoliyati 
natijalari tahlili asosida belgilanadi. Adabiy ta’lim jarayonida asarning to‘liq 
idrok etilishi adabiy tushunchalarning chuqur egallanganligidan dalolat beradi. 
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalarni o‘rganish yuqori 
sinflardagidan farq qiladi. Chunki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning 
yoshi, saviyasi, tajribasi badiiy asar ustida qat’iy nazariy tushunchalar asosida 
ishlashni ko‘tarmaydi. G.Mamatova boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish 
savodxonligi darslarida o‘quvchilarda adabiy tushunchalarni tarkib toptirishni 
shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘ladi: 
1. Tayyorlov bosqichi. Bu bosqich amal qilinadigan 1-sinfda asarning estetik 
tarbiyaviy g‘oyasini kuzatish, asar voqealarini qismlarga ajratish; badiiy asar 
mavzusini aniqlash, she’riy nutq bilan nasriy nutqning bir-biridan farqini 
kuzatish bilan bog‘liq tushunchalar ustida ishlanadi. O‘quvchilarning talaffuzi va 
og‘zaki nutqiga ko‘proq e’tibor qaratiladi. 
2. Boshlang‘ich bosqich. 2-sinfda amal qilinadigan bu bosqichda asarning 
g‘oyaviy-badiiy mazmunini kuzatish; asar mavzusi va g‘oyasi ustida ishlash
dialog haqida umumiy tushuncha berish; asarni qismlarga ajratish va uning 
o‘zaro bog‘liq voqealardan tashkil topishi haqida tasavvur hosil qilish; asardagi 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin