Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси


Qattiq va egiluvchan (yumshoq) qisqichlar



Yüklə 212,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix16.12.2023
ölçüsü212,49 Kb.
#181163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Qattiq va egiluvchan (yumshoq) qisqichlar 

Payr bo‘yicha oshqozon qisqichi – tumshuqsimon shaklda, uzun jag‘li, katta va 
og‘ir asbob zanglamas po‘latdan tayyorlanadi, ishchi sathida uzunasiga soy o‘tgan; 
jag‘larning qiyshayib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularning bir uchida tish 
mavjud, u asbob yopilganda boshqa jag‘dagi teshikka kiradi; oshqozon chetlarini 
choklash qulay bo‘lishi uchun qisqichda tirqish mavjud; 

Meyo bo‘yicha ichak qisqichi oldingi qisqichga nisbatan o‘lchovlari va jag‘laridagi 
tirqishning yo‘qligi bilan farqlanadi; 

egiluvchan oshqozon va ichak qisqichlari (16-rasm) to‘g‘ri va qayrilgan qilib 
tayyorlanadi; uzun jag‘li ishchi sathida ariqcha mavjud, jag‘lari keng (6 mm) , 
egiluvchan, yoysimon qayrilgan, kremalera 8 ta tishga ega, asbobning uzunligi 240 
mm, 

qattiq ichak qisqichi – to‘g‘ri ishchi branshlarga ega bo‘lib, ularda uzunasiga 
uchburchak shaklida kertiklar mavjud; egiluvchan qisqichga nisbatan uzunroq (256 
mm) , uchta tishli kremalerasi, egiluvchan qisqichlar kremalerasida esa 8 ta tishi 
bo‘ladi, 

oshqozon qisqichi – rezeksiya paytida oshqozonni qisish uchun mo‘ljallangan; 
o‘lchovlari bo‘yicha bosuvchi qisqichga yaqin, chunki ishchi qismining uzunligi 
bosuvchi qisqichi bilan teng, garchi qattiq bo‘lsa-da, lekin avaylovchi qisqichdir; 
branshalarda operatsiya paytida oshqozon devorlarini ishonchli ushlab turishga 
qodir original chiroyli soy mavjud; bo‘linmali yoki murvatli qulfga ega, zanglamas 
po‘latdan tayyorlanadi; bolalar uchun kichik uzunlikda (200 mm) , to‘g‘ri va 
egilgan (170 mm) shaklda ishlab chiqariladi.


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
17 
16-rasm. Qayrilgan egiluvchan ichak qisqichi.
Qisqichlar qabul qilinganda va sinovdan o‘tkazilganda qulfning sozligi 
yaxshilab tekshiriladi. Tutqichlari to‘liq yopilganda asbob o‘z holicha ochilib 
ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan mustahkam va barqaror yopilishiga erishish zarur.
Jag‘lar yopiq turganda tirqishlar bir-biriga mos tushishi lozim. SHarnirli qulfda 
yurish engil va ravon, ochilganda tutqichlarning keskin ortga tepishi sodir bo‘lmasligi 
zarur. Sharnirlarning murvatlari qisqich ishlaganda buralib chiqmasligi kerak.
Jag‘larning yopilish zichligi ular orasiga 2 qavatli doka qo‘yib, sinovdan o‘tkaziladi.
Tutqichlar to‘la yaqinlashganda dokani o‘tkazib yubormasligi, sirg‘alib chiqmasligi 
lozim.

Yüklə 212,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin