Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси


Jarohat kengaytiruvchi va suruvchi asboblar



Yüklə 212,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix16.12.2023
ölçüsü212,49 Kb.
#181163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Jarohat kengaytiruvchi va suruvchi asboblar 
Jarohatlarni kengaytirish asboblari operatsiya vaqtida, birinchi kesishdan keyin 
qon oqishini to‘xtatish va jarohatni ko‘zdan kechirish zarur bo‘lganda, uning 
chetlarini kengaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Jarrohlikda turli asboblar ishlatiladi, 
ular yordamida jarohatning chetlari surilib kengaytiriladi, bu bilan zarur ish 
sharoitlari ta’minlanadi. Jarohatlarni kengaytirishda eng oddiy va ko‘p 
qo‘llaniladigan asboblar, bu – jarrohlik ilgaklaridir: 

tishli (Folkman bo‘yicha) o‘tkir va to‘mtoq tishli chiqariladi (19-rasm) : 
tishlari 2, 3, 4, 6 talik bo‘lib, zanglamas 30x13 rusumli po‘latdan tayyorlanadi, 

o‘tkir ilgaklar – qalin to‘qimalarni ushlash uchun qo‘llaniladi, tumtoqlari esa 
mayinroq to‘qimalarga qo‘yiladi, uchta, to‘rtta tishli o‘tkir ilgaklar 2 o‘lchovda 
ishlab chiqariladi: katta va o‘rtacha, 4 ta tishli tumtoq ilgaklar 3 o‘lchovda 
tayyorlanadi: kichik, o‘rtacha va katta. Asbob egilishida etarlicha 
mustahkamlik qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim, chunki ba’zida jarohat 
to‘qimalarini kengaytirishda sarflanadigan kuch 12-15 kgs- ga etadi, ratsional 
shakldagi dastaga ega bo‘lib, u asbobni qo‘lda mahkam ushlash (fiksatsiya 
qilish) imkonini berish kerak, buning uchun ko‘rsatkich barmoq halqa 
orasidan o‘tib uni butun operatsiya davomida ushlab turishi lozim. Asbob 
sathiga, xuddi ko‘zgu yaltiragani kabi, sayqal berilishi lozim.

plastinkasimon – jarohat chetlarini ochish uchun, yirik qon tomirlarni chetga 
surish va yumshoq to‘qimalarni ajratishga mo‘ljallangan: ilgaklar 2 tomonli, 
bir necha o‘lchovda ishlab chiqariladi: eng uzuni (215 mm) – plastinkasimon 
Faraber bo‘yicha (20-rasm) – uchlari 30 va 50 mm uzunlikda egilgan; qalinligi 
2 mm zanglamas po‘latning silliq, sayqallangan yaltiroq tunukasidan 
tayyorlanadi.


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
21 
19-rasm. Tishli ilgaklar 
20-rasm. Faraber bo‘yicha plastinalar 
Asbob egiluvchanligi va mustahkamligini ilgak dastasiga yuk ilib, sinovdan 
o‘tkaziladi: kichik ilgaklar uchun har bir tishchaga - 1,5 kg, o‘rta va katta ilgaklarga -
2 kg dan yuk osiladi. Ayni paytda ilgak tekis joyga tayanadi. Sinov natijasida 
tishchalar deformatsiya qoldiqlariga ega bo‘lmasligi lozim.
Faraber bo‘yicha juft ilmoqlar ham shunga o‘xshaydi, uzunligi qisqaroq (156 
mm) , chiqqan uchlari 22 va 32 mm, faqat 2 donadan ishlab chiqariladi. Ular 
jarohatlarni 2 tomonga kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan asboblardan tashqari, diafragmal nerv uchun plastinkali 
ilgaklar 2 tomonlama, uzunligi 150 mm va biroz qisqaroq qilib tayyorlanadi. Yanada 
kichik uzunlikdagi (125 mm) va eni 10 mm ilgaklar Dyupyuitren kontrakturalari 
paytida barmoq uchlaridagi operatsiyalarga mo‘ljallangan to‘plamga kiradi.
Ilgaklarning egiluvchanligi 5 kg yukni osib qo‘yish yo‘li bilan sinovdan o‘tkaziladi.
Sinovlar natijasida ilgaklarning uchlari deformatsiya qoldiqlariga ega bo‘lishi 
mumkin emas.

Yüklə 212,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin