Tibbiyot instituti davolash ishi fakulteti farmatsiya mutaxassisligi



Yüklə 49,5 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2022
ölçüsü49,5 Kb.
#75519
1   2   3
6-mavzu

Produtsentlar- yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarini sintezlaydilar. Mazkur funksional guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiritiladi. Avtotrof organizmlar geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa va energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Konsumentlar- tirik organizm tarkibidagi organik modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadi. Ularga barcha hayvonlar va parazit o ‘simliklar kiradi. Konsumentlar- uchun avtotroflar (o ‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa organizmlar (yirtqich hayvonlar uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Oziq turiga ko‘ra konsumentlar quyidagi tartiblarga bo‘linadi: produtsentlarni iste ’mol qiluvchi organizmlar birinchi tartib konsumentlar deyiladi, masalan, chigirtka, bargxo‘r qo ‘ng‘iz, tuyoqli hayvonlar va parazit o‘simliklar.
Redutsentlar- (destruktorlar) - hayot faoliyati davomida organik qoldiqlarni anorganik moddalarga aylantiradigan, natijada ulardagi elementlarni moddalarning davriy aylanishiga qaytaradigan organizmlar (tuproq bakteriyalari va zamburug‘lar).
Redutsentlar nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni parchalaydi va chiritadi. Ular parchalanishning oxirgi bosqichi (organik birikmalarning anorganik moddalargacha minerallashuvi)da qatnashadi. Ular moddalarni produtsentlar o‘zlashtira oladigan shaklda davriy aylanishga qaytaradi.

Oziq zanjirlari


Endi esa ekologik jamoada energiya va ozuqa moddalarining qanday harakatlanishi bilan tanishib oʻtsak. Keling, oziq zanjiriga qarab, kim kimni yeyishiga eʼtibor beramiz.
Bir organizm boshqasi bilan oziqlanishi natijasida oziq moddalar va energiyaning biridan ikkinchisiga oʻtuvchi chiziqli ketma-ketligi oziq zanjiri deyiladi. Dastlab quyida produtsentlardan boshlanib, yuqoriga qarab davom etuvchi tipik oziq zanjiri bilan tanishib oʻtamiz.
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin