GIJJA KASALLIKLARI (GELMINTOZLAR
Gijja kasalliklari (GK) — yer yuzida, odamlar va xayvonlar orasida eng keng tarqalgan kasalliklardandir. Enterobioz, askaridoz, gamenolipidoz, shuningdek, teniidozlar va keng tasmalilar mo'tadil iqlimli o'lkalarda ham keng tarqalgandir.
Odamlar va hanvonlar organizmida parazit bo'lib yashovchi gijja turlari juda ko'p bo'ladi, hozirda odamlarda 250 dan ortiq turi aniqlangan. O'zbekistonda aniqlanadigan gijjalar asosiy pakana gijja va mayda gijjalar, shuningdek, tenindlar, askaridalar, qilboshlar, qisman exinokokklar (1 yilda 500 tagacha odamda) va boshqa gelmintozlardan iboratdir. Ayrim jamoalarda bolalarning 30-50% enterobioz bilan, epidemik hududlarida aholining 20-30 % askaridoz va trihotsefalez bilan zararlangan.
Akademik K,I.Skryabinning tasnifi bo'yicha gajjalar 3 guruhga bo'linadilar:
1. Nematodlar - yumalok shaklidagi cho'zinchoq gijjalar
2. Sestodlar — tasma shaklidagi uzinchoq gijjalar.
3. Trematodlar - so'ruvchi gijjalar. Gijjalarning biologik xususiyatlari va invaziyaning tarqatishiga qarab gelmintoz, biogelmintoz va kontaktli (kontagionli) gelmintozli ajratiladi.
Biogelmintozlar - kasallik qo'zg'atuvchi parazitning rivojlanish jarayonini bir qismi odam organizmida o'tib, ikkinchi kismi esa bir yoki bir necha oraliq xo'jayin a'zosida o'tgandan so'ng odamga yuquvchi GK laridir.
Bu guruhga barcha trematodozlar, sestozlar va ayrim nematodozlar: teniarinxoz, tenioz, exinokokkoz, difillobotrioz, drakunkulyoz, shistosomoz, opistorxoz va boshqalar kiradi.
Geogedmintozlar - kasallik qo'zg'atuvchi parazitning rivojlanish jarayonini bir qismi odam organizmida, ikkinchi qismi tuproqda o'tkanidan so'ng yuqadigan kasallikdir. Geogelmintozlarga askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidozlar, strongiloidoz va boshqalar kiradi.
Kontaktli gelmintozlar - parazitlarni rivojlanishi jarayonida xo'jayin azosidan yetilgan yoki deyarli yetilgan holatda ajralib chiqib boshqa odamga bevosita yuqishi oqibatida rivojlanadigan GK lari. Bu holat faqat gimenolepidoz va enterobiozda kuzatiladi.
Biologik xo'jayini bo'lmish odamsiz tabiatda hayotiy jarayoni o'tmaydigan gijjalar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar antroponoz gelmintozlar deb ataladi. Askaridoz, enterobioz, gimenolepidoz, trixotsefalez, shistosomozlar, teniidozlar, ankilostomidoz. Har — antroponozlar xisoblanadi.
Qo'vg'atuvchisi odam organizmida xam xayvonlar a'zosada ham parazitlik qiluvchi, biroq; epidemiologak bosqichida odam ishtiroki shart bo'lmagan gelmintozlar zoonozlar deb yuritiladi. Bular qatoriga — trixinellyoz, difyallobotrioz, exinokokkoz, drakunkulyoz, opistorkoz va boshqalar kiradi.
Odam organizmiga gijja tuxumi va lichinkalari qaysi yo'l bilan kirishiga qarab: perora. (og'iz orqali kiradigan) gijjalar va perkutan (teri orqali kiradigan) gajjalar farqlanadilar. Kamdan-kam holatda gijjalarning organizmga tushishi boshqa yo'llar bilan sodir bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |