Tibbiyot institutlari qoshidagi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə26/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

SOXTA SIL

Soxta sil - o'tkir toksik allergik o'zgarishlar, xususan: isitma, ingoksikkatsiya, turli toshmalar xamda oshqozon-ichak tizimi a'zolarining zararlanishi bilan kechadigan kasallikdir.

1895 yilda K.Ebert bu kasallikdan o'lgan xayvonlarning ichki a'zolarida xuddi sil kasalligidagiga o'xshash bo'rtmalarni aniqlagan va kasallikni soxta sil (psevdotuberkulez) deb atashni tavsiya qilgan.

Etiologiyasi. Soxta sil kasalligina qo'zg'atuvchisi –Yersinia pseudotuberculosis tayoqcha shaklidaga grammanfiy, mayda mikrobdir. 1 dan 6 tagacha xivchinlari bor, xarakatchan. Oddiy va birikmali ozuqa muxitida yaxshi o'sadi.

Soxta sil mikrobida ikki xil: somatik O - va xivchinlari bilan bog'liq N-antigenlari mavjud. O-antigeni bo'yicha bu mikrobning 6 ta serovari aniqlanadi. Odamlarda ko'proq hollarda I, kamroq III va IV serovarlari kasallik qo'zg'atadi.

Soxta sil mikrobi o'zida ham ekzo-, xam endotoksinlar saqlaydi (ichak iyersiniozi qo'zg'atuvchisida esa faqat endotoksin mavjud).U past haroratda, xatto sovutgich sharoitada (+4+8°S) tez ko'paya oladi. Qayta-qayta muzlatilganda va muz eritilganda xam o'lmaydi. U tuproqda, suvda va ba'zi xil ozuqalarda o'zoq vaqt saqlanishi va xatto qaynatilgan suvda — bir yildan ortiq, 5 kundan 150 kungacha, nonda — 145 kungacha, sutda esa 18 kungacha saqlanadi. Biroq u quritilganda va quyosh nuri ta'sirida tez nobud bo'ladi. Qaynatilganda 10-50 sek. da o'ladi. Dezinfeksiyalovchi Moddalar uni bir necha minutda o'ldiradi.

Epidemiologiyasi. Soxta sil zooantroponoz kasalliklar guxiga kiradi. Tabiiy sharoitda soxta sil bilan sut emizuvchilar (60 turi), qushlar (27 turi), amfibiyalar va baliqlarning ko'p turi kasallanishi mumkin. Biroq kasallikning asosiy manbai yovvoyi va sinantrop (xonaki) kemiruvchi xayvonlardir. Yirik xayvonlardan qoramollar, qo'y-echkilar, otlar, eshaklar, itlar mushuklar xam kasallik manbai bo'lishlari mumkin. Ular o'zlarining chiqindilari bilan oziq-ovqat va suvni ifloslantiradilar. Oziq - ovqat va suvlarda iyersiniylar saqlanibgina qolmay past xaroratda ko'payadilar xam.

Kasallik manbai odam xam bo'lishi mumkin. Bolalar kasallikni onalaridan yuqtirishlari xam mumkin.

Soxta sil odamga asosan og'iz orqali ifloslantirilgan oziq-ovqat maxsulotlarini, asosan termik ishlov berilmaydigan — sabzavotlar (karam, piyoz, sabzi, ko'katlar), shuningdek, sut, go'sht, baliq va mevalarni iste'mol qilish yo'li bilan yuqadi. Kasallikni suv orqali yuqishi, ochiq suv xavzalaridan olingan suvni qaynatmasdan ichish tufayli sodir bo'ladi. Soxta silda boshqa xil tarqalishi yo'llarini epidemiologik axamiyati juda kam. Kasallik asosan sporadik ko'rinishda, bazi bolalar jamoalarida guruxiy tarzda, kamdan-kam epidemiya shaklida tarqalish mumkin. Soxta sil baxor (mart-may) oylarida ko'proq kuzatiladi.

Klinikasi. Iyersinioz va soxta sil kasalligi klinik turlarining har xilligi va ko'pligi bilan boshqa yuqumli kasalliklardan farqlanib turadi. Kasallikni cheklangan lokalizatsiyalashgan va tarqoq — generalizatsiyalashgan turlari farqlanadi.

Cheklangan turi gastroenterokolit, gastroenterit, enterokolit, enterit, o'tkir terminal ileit, mezadenit va appenditsit ko'rinishida kechadi.

Tarqoq turi esa toksik-allergik o'zgarishlar, bakteriyemiya alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Bu tur asosan Uzoq Sharq qizilchasimon isitmasi va sepsis ko'rinishida kechadi.

Kasallik kechishi og'ir-yengilligaga qarab yengil, o'rta-og'ir va og'ir kechishi, harakteriga qarab - silliq va asoratlangan, shu jumladan zo'riqish va qaytalanishlar bilan kechadigan turlari farqlanada. Soxta silning davomiyligi o'tkir (1.5 oygacha), cho'zilgan (1.5-3 oy) va surunkali (3 oydan ortiq) bo'lishi mumkin.

Yashirin davri 3 kundan 18 kungacha. Ko'proq 5-7 kun, kichik yoshdagi bolalarda 1-5 kun bo'ladi.

Soxta sil 20-40% bemorlarda cheklangan turlarda kechadi va ko'proq gastroenterokolit, gastroenterit, enterokolit va enterit ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu klinik turlar o'gkir boshlanib, umumiy intoksikatsiya kuzatilsada, ichak iyersiniozidagi shu to'rlarga nisbatan yengilroq va qisqaroq kechadi. Ba'zi bemorlarda aksirish, yo'tal, tomoq og'rishi kabi alomatlar ham bo'lshsh mumkin. Kasallikni umumiy davomiyligi, odatda 1 haftadan oshmaydi.

Sohta silda kuzatilishi mumkin bo'lgan o'tkir termital iyelit, mezadenit va appenditsitlar klinik kechishi jihatidan ichak iyersiniozida aytilgan shu turlardan farqlanmayda. Korindagi azolarning jarohatlanishi bilan birga, toksik-allergik sindromlar: turli toshmalar, bo'g'imlarda og'riq va artritlar, ko'z va yumshoq tanglayni qizarish, tilning "malina" ko'rinishida bo'lishi kuzatiladi.

Pereferik qonda leykotsitoz, neytrofilez, hamda ECHT ning ortashi ko'riladi.

Sohta sil 60-70 % bemorlarda tarqalgan turlarda kechadi. Soxta silni bu shakli, asosan ikki xil klinik ko'rinishida skarlatinasimon isitma hamda septik turlarda namoyon bo'ladi. Skarlatasimon isitma odatda o'tkir boshdanib, tana harorati 38-400S gacha ko'tariladi. Nohushlik, quvvatsizlik boshda, mushaklar va bo'g'imlarda og'riq, bosh aylanishi va ishtahaning pasayishi kuzataladi. Ba'zan biroz yo'tal, yutinganda tomoqda og'riq, tomoq qirilishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bemorning qornida biroz og'riq paydo bo'lib, ko'ngli aynab qusadi, bazan ichi ketadi. Bemorning yuzi kepchigan, cheklangan qizarish hamda og'iz-burun uchburchagi terisining oqarganligini ko'rish mumkin. Bemorning ko'z va tomog'i qizargan, tili oq karash bilan qoplangan bo'ladi.

Kasallikning 1-6 (ko'pincha 2-4) kunlari bemorning terisida xuddi skarlatinadagiga o'xshash mayda toshma toshishi juda xosdir. Ko'pincha bu toshmalar bilan bir qatorda yirikroq — rozeolez, papulez yoki mayda dog'li toshmalar bo'lib, ular asosan yirik bo'g'imlar atrofida joylashadi. Toshmalar asosan simmetrik ravishda, tananing yon tomonlarida, qo'ltiq osti, Simon uchburchagi, qul va oyoq terilarining ko'proq ichki tomonlarida joylashadi (7-rasm). Bemorning yuzi va boshida toshma bo'lmaydi. Toshma 1-7 kun saqlanib iz qoldirmasdan yo'qoladi. Ko'pchilik mayda limfa bezlari kattalashadi. Bu davrda ko'pchilik bemorlarda artralgik og'riqlar kuzatilib, keyinchalik poliartrit alomatlari namoyon bo'ladi.

Bu davrda til karashdan tozalanib, xastalikning 5-kunidan malina tusiga kiradi. Ko'pchilik bemorlarda qoriida og'riq va g'uldirash aniqlanadi. Jigarning (ko'pchilikda taloqning xam) kattalashuvi deyarli barcha bemorlarda kuzatiladi. Ularning bir kismida parenximatoz gepatit alomatlari yaqqol namoyon bo'ladi.

Ayrim bemorlarda o'chog'li nefrit alomatlari, ba'zan "infeksion-toksik buyrak" sindromi namoyon bo'ladi.

Qonda ko'pincha neytrofilli leykotsitoz (8000-30000), limfopeniya, nisbiy eozinofiliya, ECHT ortishi kuzatiladi.

Kasallik juda og'ir kechganida bemorda meningizm, ba'zan esa serozli meningit alomatlari kuzatiladi. Kasallikning avj olgan davri 3-5 kun, ayrim xollarda 7 kun davom etadi. Biroq 30 % xollarda kasallik zo'riqishi yoki qaytalanishi mumkin. Kaytalanish klinik jixatdan oldingisidan yengalroq kechadi. Ko'pchilik bemorlarda, xastalikning 2-3-xaftasida teri kepaksimon, ko'l va oyoq kaftlarida esa po'stloqli po'st tashlash kuzatiladi.

Umuman olganda soxta silning bu turi 10 kundan 3 oygacha, ko'pincha, bir oy davom etadi.

Soxta silning septik turi kasallikning eng og'ir kechadigan shakli bo'lib, qo'proq yoshi o'tgan erkaklarda xamda go'dak bolalarda uchraydi. Kasallik tana xaroratining doimiy ravishda yuqori bo'lishi, intoksikatsiya alomatlari juda kuchliliga, ichki a'zolarning ko'plab yiringli jaroxatlanishi, jigarning kattalashishi, ba'zan jigar abssessi alomatlari bilan namoyon bo'ladi va ko'pincha o'lim bilan tugaydi.

Soxta sil asosan yengil (60-61%) kechib, o'rta og'irlikda 26 % va og'ir kechishi 13 % bemorlarda kuzatiladi.

Tashxisi. Iyersinioz va soxta sal kasalliklarida ko'pincha bemorlar shifoxonaga butunlay boshqacha (salmonellyoz, o'tkir gastroenterokolit, dizenteriya, o'tkir appenditsit, virusli gepatit, skarlatina, revmatizm, poliartrit, sepsis singari) tashxis bilan tushadilar. Kasallikni aniqlashda epidemiologik va klinik ma'lumotlar (birdaniga bir-necha odam kasallinishi, oshqozon-ichakniig zararlanishi bilan bir vaqtda toksik-allergik o'zgarishalr bo'lishi va b.) yetakchi rol o'ynasada, diagnozni uzil-kesil hal etilishi bakteriologik va serologik tekshiruvlar natijasiga asoslanadi.

Bakteriologik va serologik tekshiruvlar sohta silda xam xuddi ichak iyersiniozida ko'rsatilgan tarzda o'tkaziladi.

Davolash. Soxta silni davolashda ham etiotrop dorilarni barvaqt qo'llash davolashning asosi hisoblanadi. Kasallik kechishiga qarab antibiotiklar (levomitsetik, tetrasiklin preparatlari, aminoglikozidlar), biseptol, hamda nitrofuran preparatlari ichak iyersiniozida qayd etilgan doza va kuddatlarda beriladi.

Levomitsetinni ehtiyotlik bilan ko'llash kasallikning yengil turlarida esa umuman qo'llamaslik kerak, chunki levomitsetin immunogenez jarayonlarini pasaytirishi va kasallik qaytalanuvchi shakliga o'tishiga sabab bo'lishi mumkin. Kasallikning surunkali turini davolashda biseptol, tetrasiklin, streptomitsin kabi preparatlar yaxshi samara beradi.

Etiotrop davolashni dezintoksikatsion va desensibilizatsiyalovchi davolash bilan birga olib borish tavsiya etiladi.

Iyersinioz artritini davolashda revmatizmga qarshi dorilarni ko'llash va fizioterapevtik muolajalar ham bemor dardini tezroq yengillatishga yordam beradi.

Profidaktikasi. Soxta sil oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xuddi ichak iyersiniozida ko'rsatilgan tarzda olib boriladi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin