Tibbiyot institutlari qoshidagi


OITS - ORTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI (SPID)



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə63/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

OITS - ORTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI (SPID)

OITS kasalligi — XX asr oxirida butun dunyo xalqlari uchun g'oyat fojiali muammolar tug'dirgan kasallik. OITS — SPID yagona bir kasallikning nomi emas. Immunodefitsit holati tug'ma va ortirilgan bo'ladi. Orttirilgan immunotanqislik odamda maxsus virus yuqishi oqibatida kelib chiqadi, Jaxon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda 1993 yilda OITS kasalligi 25 million odamni jarohatlagan. Shulardan 500000 tasi kasal onalardan tug'ilgan chaqaloqlardir. Har kuni dunyo miqyosida 5000 odamga shu kasallik virusi yuqadi. Taxminlarga ko'ra, 2000 yilda bu infeksiya yuqqan odamlar soni 40 mlnga yetishi mumkin. Shuning uchun bu dardni "XX asr o'lati" deb xam ataladi.



Etiologayasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi retroviruslar sinfiga mansub, odamda immunotanqislikka sababchi virus (OISV) xisoblanadi. U 1983 yilda amfikalik va fransuz olimlari tomonidan deyarli bir vaqtda kashf etilgan. Bu virus genomi odam qoni xujayralariga, jumladan, limfotsitlarga joylashib olishi mumkin. Odamga OISV yuqqanidan so'ng ko'p hollarda 5 yilgacha kasallik alomatlari paydo bo'lmaydi. Bunday kishilar ko'rinishdan sog'lom bo'ladilar, xech narsadan shikoyat qilmaydilar. Lekin ular virusni boshqa odamlarga tarqatishga qodir.

Viruslar yuqqaniga javoban organizmning immun tizimi ularga qarshi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi. Bu antitelolarni topish virusning o'zini topishga nisbatan osonroq. Eslatib o'tish lozimki, virus qonga tushgan vaqtdan, antitelolarni laboratoriya tekshirishlarida topish imkoniyati paydo bo'lguncha 3 oy o'tadi. Bu vaqt ichida ushbu odam virusni ko'pchilikka tarqatib ulgurushi mumkin. Zeroki, u umrining oxirigacha virusdan xalos bo'la olmaydi. 3 oylik muddatdan so'ng virus yuqqan odam qonida OISV ga qarshi antitelolar topiladi. Uni OISV yuqqan odam deb xisoblanada. Yillar davomida virus uning qonidagi immunitetga mas'ul hujayralarga, ayniqsa, T-limfotsitlarga qiron keltirib boradi. Oqibatda OITS ga xos belgilar paydo bo'ladi. Pirovard natijada kasallik o'lim bilan tugaydi.

1985 yidda OISV ning boshqacharoq ko'rinishi kashf etildi. U tuzilishi jixatidan OISV dan biroz farq qiladi. Kasallik oqibatida esa OITS alomatlari yuzaga keladi. Bu virusni SISV-2 deb ataldi. Dastlabki vaqtlarda bu virus G'arbiy Afrikada yashovchilarda topilgan edi. Keyingi kuzatuvlar bu virusning boshqa qit'alarga ham tarqalganidan darak bermoqda.

Hozirgi vaqtda OISV ga ta'sir etib, uni o'ldiruvchi preparatlar topilgan emas.



Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai — OISV yuqqan odam yoki OITS bilan og'rigan bemor. U kasallik yuqqan vaqtidan boshlab, umrining oxirigacha kasallikni boshqalarga yuqtirishi mumkin. Virus infeksiya manbai bo'lgan odamdan shaxvat, qindan ajraladigan suyuqlik, ko'z yoshlari, so'lak, orqa miya suyuqligi, siydik va ona suti bilan ajraladi. Shuningdek, virus qon zardobi, limfotsitlar vositasida xam tarqaladi. Sperma, qon va qin shilliq qavati suyuqligida virus ayniqsa ko'p bo'ladi.

Tarqalish yo'llari xam turlicha. Virus asosan jinsiy aloqa paytida yuqadi (70-80%). Tug'run vaqtida va ko'krak suti orqali kasal onadan homilaga yuqishi 5-10% xollarda kuzatiladi. Giyohvandlar bir ignadan foydalanishi natijasidagi yuqish ham 5-10 % ni tashkil etadi. Tibbiyot xodimlari igna sanchayotgan vaqtida terisiga kirib ketib, yuqish hollari kam bo'lsa-da, uchrab turadi (0.01%).

Jinsiy aloqa paytida OISV erkaklardan ayollarga yuqish ehtimoli, aksinchasiga qaraganda yuqoriroq hisoblanadi. Erkak bilan erkak jinsiy aloqa qilganida virus yuqib qolish ehtimoli g'oyat yuqori. Shu bosidan gemoseksualistlar bu kasallikka moyil guruh hisoblanadi. Giyohvandlar ham shu g'uruha kiradi. OISV infeksisining asosiy tarqalish yo'llari teri-tanosil kasalliklariga o'xshash bo'lgani uchun fohishalar, tanosil kasalligi bor bemorlar ham bu kasallikka moyil guruh hisoblanadi.

OISV yuqqan yoki OITS bilan og'rigan bemor bilan birga yashaganda, yonma-yon ovqatlanganda, cho'milganda, umumiy hojatxonadan foydalanganda kasallik yuqmaydi. Kasallikni tarqatishda chivinlarning xech qanday ahamiyati yo'q.

Kasallik shahar aholisi orasida qishloqdagilarga nisbatan ko'proq uchraydi. Shahvoniy nafsga berilib tartibsiz ravishdv jinsiy aloqa qilib ketaveradigan odamlar ko'p kasallanadi. Uspirinlar va balog'at yoshidagilarga nisbatan ko'proq qayd qilinadi.

OISV infeksiyasi va OITS barcha mamlakatdarda uchraydi, JSST ma'lumotlariga ko'ra bu kasalliklar hozir 180 mamlakatda tarqalgan. Eng ko'p kasallanish Afrika qit'asida, ayniqsa, Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan davlatlarda qayd etiladi.

O'zbekistonda asosan chet eldan kelgan fuqarolar orasida OISV aniqlanib turadi. Ming afsuski oxirgi yillarda mahalliy aholi orasida ham bu kasallik kayd etilmoqda.

Klinikasi. Eslatib o'gilganidek, virus yuqqan vaqtdan organizmda unga qarshi antitelolar paydo bo'lguncha 2 haftadan 3 oygacha muddat o'tadi. Ba'zi bemorlarda kasallik yuqanidan so'ng bir necha hafta o'tgach, isitma ko'tarilishi, tomoq og'rishi va terida toshmalar paydo bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda limfa tugunlari kattalashadi. Tabiiyki, bu belgilar umumiy alomatlardan hisoblanadi.

Kasallikning asosiy alomatlari virus immunitet tizimiga kuchli ta'sir ko'rsatganidan so'ng yuzaga keladi. Qonda virusga qarshi antitelolar paydo bo'lishiga qaramay, virusni yuqotishga ularning kuchi yetmaydi. Chunki virus T-limfotsitlarni yemirib, yangilari ichiga kiradi va ularni ham qaloq qiladi. Oqibatda organizm himoya qobiliyatini yo'qotadi. Shu vaqtdan boshlab OITS alomatlari paydo bo'ladi. Unga qadar OISV borligi to'g'risida darak beruvchi alomatlar kuzatiladi. Noxushlik, uzoq muddatli isitma, kechalari terlash, ozib ketish shunday darakchilardan hisoblanadi.




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin