Tibbiyot institutlari qoshidagi


YUQUMLI KASALLIKLARNI DAVOLASH ASOSLARI



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə12/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#42691
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

YUQUMLI KASALLIKLARNI DAVOLASH ASOSLARI

Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarni davolash murakkab jarayon bo'lib, ko'p omillarni e'tiborga olish lozim. Davolashni tashkil etishda bir tomondan kasallik qo'zg'atuvchisidan tezroq qutulishga harakat qilinsa, ikkinchi tomondan, bu maqsadga erishish uchun bemor organizmiga yordam berish, uning himoya kuchlarini oshirish kerak. Ikkala tomonining o'zaro ta'siri oqibatida to'qima va xujayralarda ro'y beradigan patologik jarayonlarni tezroq tugatishga ham intilish zarur. Dori-dormonlarni tayin qilishda kasallik davri ham hisobga olinadi. Har bir kasallik turiga qar (b davolash sxemalari mavjud. Lekin, kasallikni emas, balki bemorni davolash lozim. Shuning uchun davolash jarayoni har bir bemoriing o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tayinlanadi.

Dori-dormanlar qanday maqsadda tavsiya etilishiga qarab yuqumli kasalliklarda qo'yidagi davolash usullaridan foydalaniladi:

1. Etiotrop ( spetsifik ) davolash

2. Patogenetik (nospetsifik) davolash

3. Simptomatik davolash.



Etiotrop (spetsifkk) davolash maqsadida. Kasallik qo'zg'atuvchisiga ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar qo'llanadi. Ular juda xilma-xil. Antibiotiklar, sul'fanilamid greparatlar, boshqa kimyoviy preparatlar, bakteriofaglar, spetsifik zardoblar, gamma-globulinlar yuqumli kasalliklar mikroblariga bevosita ta'sir etuvchi preparatlar hisoblanadi.

Spetsifik davolash tayin qilinganda quyidagi taomillarga e'tibor qilish lozim:

1. Preparat kasallik qo'zg'atuvchisiga ta'sir kuchiga ega bo'lishi kerak.

2. Qo'llanadigan dori yetarli dozada va ma'lum muddatga tayinlanadi.

3. Preparat yaxshi so'rilishi va infeksiya o'chog'iga yetib borib ta'sir qilishi lozim.

4. Tayinlanayotgan dori bemor organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi yoki bunday ta'siri juda kam hollarda uchraydigan bulishi darkor.

Keyinga yillarda yukumli kasalliklarni davodashda keng (qo'llanib kelayottan preparatlar antibiotiklar hisoblanadi. Ular mikroblarga nisbatan asosan bakeriologik ta'sir ko'rsatadi, yani kasallik mikroblarining ma'lum taraqqiyot bosqichini to'htatadi. Oqibatda mikrob bemor organiznida ko'payish xususiyatini qo'zg'atadi. Bunday holatda bemorning himoya kuchlari mikrobni oson yengish imkoniyatiga ega bo'lada. Patologik jarayon tez to'xtayda va tuzalish boshlanadi. Ba'zan antibiotiklar ta'sirida mikroblar nobud bo'ladi. Bunga antibiotiklarning bakteriotsid ta'siri deyiladi.

Yuqumli kasalliklarni davolashda antibiotiklardan foydalanish tibbiyot sohasida yaxshi natija berdi. Yuqumli kasalliklardan o'lim xollari va asoratlari keskin kamaydi. Bemorlarning shifoxonalarda yotish muddati sezilarli darajada qisqarda.

Har bir antibiotik ma'lum gurux mikroblariga kuchli ta'sir qo'rsatadi. Masalan, penitsillin guruhiga kiruvchi antibiogiklar (benzilpenitsilin, oksatsilin, ampitsillin, ampioks, bitsillin va x.k.) asosan kokk guruhi mikroblariga qarshi keskindir. Shu xususiyatiga ko'ra, bu antabiotiklar meningig, pnevmoniyada yaxshi naf bersa, ichak infeksiyalarida kam qo'llaniladi.

Keyingi yillarda sintetik ravishda olingan antabiotiklar amaliyotda ko'p ishlatilmoqda. Jumladan, sefalosporinlar. Xozirgi vaqitda sefalosporinlar xozirgi vaqda sefalosporinlar 3 avlodi tibbiyot amaliyotida keng qo'llanmoqda. Seporin, kefzol, sefamezin, sefaleksin, mefoksin, sefobid, klofaranlar shular jumlasidan.

Shuningdek, tetratsklin guruhiga kiruvchi antibiotiklar: tetratsklin, oksitetrasiklin kabi preparatlar, kamroq hollarda bo'lsa ham, qo'llanib kelmoqda. Ular tabletka holida chiqarilgani uchun foydalanishga qulaydir. Grammusbat va grammanfiy mikroblar qo'zg'atgan kasalliklarni davolashda yaxshi naf beradi.

Levomitsetin (xloramfenikol) ichak infeksiyalarini dashlashda yaqin naf beradi. Ayniqsa ich terlama, vabo, rikketsiyalarda keng qo'llanadi. Levomitsetin tabletka va inyeksiya qo'llash uchun levomitsetin sukdanat holida chiqariladi.

Ichak infeksiyalari salmonellyoz, shigellez, esherixiozlarni davolashda polimiksin guruhiga kiruvchi polimiksin, aminoglyukozidlardan gentamitsin, kanamitsin kabi preparatlardan foydalaniladi.

Brutselloz, sil, rikketsiozlarni davolashda streptomitsin, linkomitsin, rifampitsin, doksitsiklin kabi preparatlar yaxshi samara beradi.

Keyingi yillarda xorijiy farmatsevtik korxonalar angibiotiklarni suspenziya holatida chiqarilmoqda. Siklar, bakterim, oriprin deb nomlangan preparatlar shular qatoriga kiradi. Ular bolalarni davolashda juda qulay. Shakar aralashtirib tayyorlangan uchun ta'mi xam achchiq emas. Shuning uchun bolalar uni bajonidil ichadilar.

Odatda antibiotiklar bilan davolash kursi tayinlanadi. Bunda preparat ma'lum muddat (3-5-7 kun va x.k.) davomida aniq soatlar (6-8, yoki 12 soat) oralig'ida takroran yuborib turiladi.

Antibiotiklar tabletka, kapsula, suyuqlik yoki suyultirib yuboraladigan kukun (poroshok) xolida chiqariladi. Ichiladigan antibiotiklar foydalanish uchun qulay. Inyeksiya qilib yuboriladigan antibiotiklar mushak orasiga (meningitda, shuningdek, orqa miya kanaliga) shpris vositasida yoki vena tomiriga tomchilab yuboriladigan suyuqliklar (glukozaning 5% li eritmasi, fiziologik eritma) bilan aralashtirib yuboriladi. Shpris bilan inyeksiya qilib yuboriladigan antibiotiklar odatda 0.5% novokaii, distillangan suv yoki korxona tomonidan antibiotikka qo'shimcha qilib chiqarilgan suyuqlikda eritilib, dumba soxasiga yuboriladi.

Antibiotiklarni faqat zarurat bo'lgan xollardagina qo'llash lozim. Ularni zaruratsiz ishlatish, palapartish davolash natijasida mikroblarda antibiotikka nisbatan turg'unlik hususiyati paydo bo'ladi. Shu sababli bemordan yuqumli kasallik mikrobi topilganda laboratoriyada bu mikrobning qaysi antibiotikka sezuvchan ekanligi ham aniqlanadi. Keyin aynan mikrob sezgir bo'lgan antibiotik tayin qilinadi. Mikrob sezgir bo'lmagan antibiotik bilan davolash natija bermaydi.

Antibiotiklarning salbiy ta'siri xam bor. U antibiotikni inyeksiya qilib yuborganda nisbatan qo'proq uchraydi. Allergiya reaksiyasi teri qizarishi, toshma toshish, badan qichishishi, qusish, tomir urishi tezlashuvi xolida namoyon bo'lishi mumkin. Ba'zan allergik shok ro'y beradi. Uning oqibatida onda-sonda o'lim xollari uchrab turadi. Bunday ko'ngilsiz xodisalarning oldini olish uchun xamshira bemorga birinchi marta dori ichirish, ayniqsa inyeksiya qilish oldidan, ushbu dorilar jumladan, antibiotiklarga nisbatan allergiya bor-yo'qligini surishtirishi shart. Antibiotiklar qo'llaganda bemorda yuz bergan har qanday g'ayri-tibiiy reaksiya haqida (hatto u yengil bo'lsa ham) hamshira shifokorni xabardor qilishi lozim.

Antibiotiklarga uzoq muddat yoki katta dozalarda qo'llanganida zamburug'li kasalliklar kelib chiqishi mumkin, Ular kandidoz kasalliklari deb ataladi. Tilning chaqa bo'lishi, og'iz shilliq qavatida mayda oq toshmalar paydo bo'lishi kandidozning ko'p uchraydigan va dastlabki alomatlari hisoblanadi. Bunday hollarda qo'shimcha ravishda vitamin preparatlari, shuningdek, zamburug'larga qarshi nistatin, levorin kabi dorilar tavsiya etiladi.

Antibiotiklar og'iz orqali buyurilganida me'da-ichak yo'llaridagi foydali, normal flora vakillari bifido- va laktobakteriyalarni ham kamaytirib yuboradi. Buning oqibatida ichakning normal mikroflorasi, ya'ni foydali va shartli-patogen mikroblar o'rtasidagi mutanosiblik buziladi, Bu holat ichak disbaktriozi deb ataladi. U tana xaroratining ko'tarilshsh, qaytadan ich ketishi kabi alomatlar bilan namoyon bo'ladi. Disbakteriozni davolash uchun bifidumbakterin, laktobakterin, bifikol, kolibakterin kabi preparatlar qo'llanadi. Ularni 2-3 hafta davomida kuniga 2 marta og'iz orqali ichish tavsiya etiladi. Bunday hollarda bifidobaktfiya achitqisidan foydalanib tayyorlangan qatiq - bifillin xam yaxshi naf beradi. Uni bolaning yoshiga qarab 50-100 ml dan kuniga 1-2 marta ichish buyuriladi. Davolash kursi 3-4 hafta.

Yuqumli kasalliklarni davolashda sulfanilamid preparatlardan ham foydalanilada. Norsulfazol, streptotsid, etazol, sulgin, ftalazol kabi preparatlar shular jumlasiga kiradi. Odatda sulfanilamid tabletka holida chiqariladi va kasallik turiga qarab har 6 soatda 0,5-1 grammdan ichish uchun buyuriladi. Uzoq ta'sir etish hususiyatiga ega bo'lgan sulfapiridazin, madribon kabi preparatlarni kuniga 1-2 marta ichish yetarlidir. Sulfanilamid preparatlar ko'p hollarda antabiotiklar bilan baravar tayinlanaladi. Bunda ular bir-birining tasirini kuchaytiradi. Bu preparatlarning ham odamga salbiy ta'siri bo'lishi mumkin. Me'da va ichak shilliq qavatlari shikastlanishi, me'da va ichak shirasi ajralishining kamayishi bunga misol bo'la oladi. Sulfanilamidlarni ko'p dozada va uzoq vaqt ichilsa buyrakda tosh paydo bo'lishi mumkin. Buning oldini olish uchun ko'p miqdorda suyuqlik ichish, ayniqsa ishqorli mineral suvlar tavsiya etiladi.

Kimyoterapevtik preparatlardan nitrofuran va 8-oksixinolin guruhga mansub dorilar ham yuqumli kasalliklarni davolashda qo'llanadi. Ayniqsa, furazolidon, furadonin, enteroseptol, intestopan, furatsillin, 5-NOK preparatlari ba'zi xollarda ta'sir kuchi jixatdan antibiotiklardan qolishmaydi. Ulardan ayrimlari parazitar va zamburug' kasalliklarida xam ta'sir ko'rsatadi.

80-yillargacha yuqumli kasalliklarni davolashda bakteriofaglar xam keng qo'llanar edi. Bakteriofag so'zi aniq tarjima qilinsa, mikroblar yalmog'izi ma'nosini bildiradi. Bakteriofag mikrobning o'zi ishlab chiqargan maxsulot, ba'zilar uni mikrobning virusi, dab xam ataydilar. Bakteriofag ta'sirida mikrob qobig'i yoriladi va mikrob xujayrasini leykotsitlar osongina yutib yuboradi. Mikrob yo'q joyda bakteriofag bo'lmaydi. Har bir mikrobning o'z bakteriofagi bor. U o'ziga xos ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega, ya'ni faqat o'z "xo'jayiniga" qarshi ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, shigellez bakteriofagi ichburug' mikroblariga, salmonellez -sal'monellezlarga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Bakteriofaglar suyuq, va tabletka xolida chiqariladi. Amaliyotda ichterlama, shigellez va salmonellez, stafilokokk bakteriofaglari qo'llanadi. Ular kasallikning dastlabki kunlarida qo'llansa, yaxshi natija beradi. Odatda bakteriofagni och qoringa ichish tavsiya etiladi, chunki me'da shirasi ta'sirida bakteriofag tez parchalanadi. Bundan extiyot qilish maqsadida bakteriofag tabletkalarining usti pektin qobig'i bilan qoplanadi. Hozirgi vaqtda bakteriofaglar ko'proq profilaktika maqsadida qo'llanmokda. Uni yuqumli kasallik o'chog'ida bemor bilan yaqin muloqotda bo'lganlarga beriladi.

Keyingi yillarda yuqumli kasalliklarning oldini olishda va davolash maqsadida interferondan foydalanilmoqda. U viruslar qo'zg'atadigan kasalliklarda ko'llanadi. Virus odam organizmiga ta'sir etishga javoban xujayralarda virusga qarshi ta'sir etuvchi interferon xosil bo'ladi. Bu preparatni xozir sanoat sharoitida odam leykotsitlaridan ajratib olinadi. Hozirgi vaqtda interferon gripp va virusli gepatitlarni davolashda yaxshi samara bermoqda. Mikrobning o'zi emas, uning toksini bemor organizmiga kuchli ta'sir ko'rsatishi tufayli kelib chiqadigan yuqumli kasalliklarni davolashda hozir xam davolash zardoblari keng ko'llanadi. Ulardan foydalanish, zardoblar tarkibida muayan kasallik mikroblariga qarshi zid tanacha (antitelo) lar ko'p miqdorda mavjudligaga asoslangan. Odatda zardob olish uchun otdan foydalaniladi. Ma'lum muddat davomida otga mikrob yoki uning toksini yuborib turiladi. Oqibatda ot organizmida kuchli zid tanachalar paydo bo'ladi. Mikrob yuborish yo'li bilan olinadigan zardob antitoksik zardob deb ataladi. Toksin yuborilishiga javoban hosil bo'ladigan, antitoksin tutgan zardob antotoksik zardob deb ataladi. Hayvondan olingan zardob avval texnologik jarayonlar vositasida qo'shimcha moddalardan xoli qilinadi va quyuqlashtirib, kuchi oshiriladi. Korxona sharoitida tajriba xayvonlarida zardobning kuchi va shikastlovchi ta'siri yo'qliga sinab ko'riladi. Unga yopishtirilgan qog'ozda preparat va uni ishlab chiqargan korxonaning nomi, miqdori, turkumi, tekshirilgan kuni va yaroqlik muddat ko'rsatiladi. Odatda bu muddat 6-12 oyga teng bo'ladi. Zardobni salqin joyda, ya'ni sovutqichda saqlash lozim. Antitoksik zardob dozasi xalqaro birlik (XB) da antimikrob zardob quchi - ml da ifodalanadi.

Zardob qo'llanishidan oldin xona xarorati darajasida ilik bo'lishi kerak. Uni muskul orasiga, vena tomiriga, teri orasiga va teri ostiga yuborish mumkin. Davolash maqsadida zardobni kasallikning dastlabki kunlarida qo'llash samaralidir. Vaqt o'tishi bilan qondagi toksinlar organizmning xujayra va to'qimalari bilan birikma hosil qiladi. Bu birikmalarga zardob yetarli ta'sir ko'rsata olmaydi.

Zardob xayvonlar qonidan olib tayyorlangani uchun uning tarkibida odam organizmiga yot oqsillar saqlanib qoladi. Uni to'g'ridan-to'g'ri odam organizmiga yuborilsa, allergik reaksiya ro'y berishi mumkin. Uni oldini olish maqsadida zardobni bemor organizmiga avval oz miqdorda, bo'lib bo'lib yuboriladi. Bu usul Bezredka usuli deb ataladi. Undan foydalanganda organizmning begona oqsilga sezuvchanligi pasayadi. Uni desensibilizatsiya deyiladi. Shunday usul vositasida yuborilgan zardobga nisbatan odatda allergiya reaksiyasi kuzatilmaydi.

Bu usul quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlab suyultirilgan (1:100 nisbatda) zardobdan 0,1 ml olib teri ostiga yuboriladi. Hyech qanday noxush alomatlar bo'lmasa, 30 daqiqadan so'ng 0,2 ml zardob muskul orasiga yuboriladi. Undan so'ng 1,5 soat o'tgach, zardobning qolgan xamma dozasi yuboriladi.

Zardobni vena tomiri orqali yuborilganida dastlab 0,1 va 0,2 ml zardobni ko'rsatilgan vaqt oralatib, teri ostiga va muskul orasiga yuboriladi. Qolgan doza 400.0 ml osh tuzining 0,9 % li eritmasi yoki 5 % li glukozaga aralashshrib, tomchilab yuboriladi.

Dastlabki soniyalarda ogoh bo'lib turiladi. Allergik reaksiya alomatlari paydo bo'lsa, dori yuborish darhol to'xtatiladi. Vena tomiriga zardob yuborish faqat shifokor nazoratida amalga oshiriladi.

Zardob bilan davolash bir necha kun davom etsa va ular orasidagi muddat 3 kundan oshmasa, qayta yuborilayotganida zardob bir yo'la belgilangan dozada yuboriladi (desensibilizatsiya qilinmaydi).

Davolash maqsadida zardob qo'llanganida ba'zi bemorlarda 3 xil allergik reaksiya kuzatilishi mumkan.

1. O'sha zaxoti ro'y beradigan reaksiya. U odatda anafilaktik shok sifatida namoyon bo'ladi. To'satdan teri rangi oqarishi, qattiq terlash, ixtiyorsiz peshob ro'y berishi, qon bosimining pasayib ketishga, tomir urishi g'oyat tezlashishi, nafas qisishi anafilaktik shok alomatlarn hisoblanada. Bunday holatda zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatilmasa, o'lim ro'y berishi mumkin. Eslatib o'tilgan alomatlardan birortasi paydo bo'lgan zahotida, zardob yuborish to'xtatiladi. Yurak tomirlar faoliyatini yaxshilash uchun efedrin, mezaton (1.2 ml), Sudfokamfokain (2.4 ml) teri ostiga yuboradida, kislorod beriladi. Nafas qisganida atropin (0.5.1 ml) qilinadi. Desensibidizatsiya qiluvchi preparatlardan dimedrol yoki pipolfen, tavegil muskul orasiga yuborilada. Og'irroq hollarda muskul orasiga garmonal preparatlar prednizolon (30-60 ml), yoki gadrokortizon (125 ml) yuboriladi. Bemorga issiq choy ichirilada.

2. Erta paydo bo'ladigan reaksiya, kasallikning 4-6 kunlari paydo bo'ladi. Belgilari: badan uvishib, tana harorati ko'tariladi, yuz qizaradi, terida qichishadigan toshmalar paydo bo'ladi. Bu reaksiya bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etadi. Ko'pincha desensibilizatsiya qiluvchi preparatlar: dimedrol, pipolfen, kalsiy xloridi eritmasi bilan davolash yaxshi natija beradi.

3. Kechikib ro'y beradigan reaksiya. U zardob yuborilganidan so'ng 8-10 kun o'tgach namoyon bo'ladi. Uni zardob kasalligi deb ataladi. Bu kasallikda tana harorati ko'tariladi, limfa tugunlari kattalashadi, qichishadigan toshma paydo bo'ladi, bo'g'imlarda shish va og'riq yuzaga keladi. Barcha allergik holatlarda kuzatilganidek, qonda eozinofiliya aniqlanadi. Davolash desensibilizatsiya qiluvchi dorilar bilan olib boriladi.

Davolovchi zardob qo'llanishida javoban ro'y berishi mumkin bo'lgan nohush ta'sirotlar oldini olish uchun har safar bemordan, ilgari shunday preparatlar olgani, u dolda qanday reaksiya bo'lgani surilishtiriladi. Mobodo, ilgari allergik reaksiya alomatlari kuzatilgan bo'lsa, zardob tavsiya etilmaydi.

Amaliyotda quyidagi zardoblar davolash va profilaktika maqsadlarida qo'llanadi: bo'g'maga, qoqsholga, botulizmga, kuydirgiga va ilon zahariga qarshi va x.k.

Davolash zardoblari qo'llanganida kutilmagan reaksiyalar bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va va foydalanish qulay bo'lishi uchun zardobdan uning asosiy ta'sir ko'rsatuvchi qismi ajratib olinadi. Gammaglobulin - shunday preparat xisoblanib, zardobdagi zid tanachalar asosan qon oqsillarining ana shu turida bo'lar ekan. Gammaglobulin donor qoni yoki yo'ldosh (platsenta) qonidan olinadi. Bu preparatlar asosan profilaktika maqsadida, ba'zan davolash uchun ishlatiladi. Ko'pincha 1.5-3 ml dan ampulada chiqariladi. Profilaktika maqsadida gammaglobulin qizamiq, virusli gripp va virusli gepatitda bemor bilai muloqotda bo'lganlarni kasallinishdan muxofaza qilish uchun qo'laniladi. Hozirgi vaqtda hayvonlardan olingan (geterogen) gammaglobulin ishlatilmaydi. Asosan odam qonidan olingan qizamiqqa, virusli gepatitga, grippga va stafilokokka qarshi gammaglobulinlar hozirgi kunda qo'llanilmoqda. Odatda gammaglobulin yuborilganida allergik reaksiya kuzatilmaydi. Preparat muskul orasiga yuboriladi.

Ilgari ba'zi yuqumli kasalliklar (brutsellez, ich terlamasi, quydirgi, ichburug va h.k.) ni davolashda vaksina ham qo'llanar edi. Ularni samarasi kam bo'lgani tufayli keyingi yillarda deyarli fondalanilmaydi.




Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin