1. Roeyeola - pushti rang kichkina (diametri 2-3 mm) dog'lar. Ular teri ustida burtib turmaydi. Terini bosilsa yoki tarang qilinsa, rozeola yo'qoladi. Uzoq saqlanmay, 1-2 xafta davomida iz qoldirmay yo'qolib ketadi. Ich terlamasi, paratiflar va toshmali tifda paydo bo'ladi.
2. Pegexiya - rozeoladan biroz maydaroq bo'lib, teri orasiga qon quyilishi natijasida paydo bo'ladi. To'q qizil rangli, terini bosilsa yoki tarang qilinganda yo'qolmaydi. Toshmali tif, gemorragik isitmalar meningokokksemiyada kuzatiladi.
3. Papula - rozeolaga o'xshab pushga rangli bo'ladi. Kattaligi xam o'shanday. Farqi shuki, papula teri yuzasidan biroz bo'rtib turadi. Barmoq uchi bilan paypaslaganda seziladi. U qizamiq kasalligiga xos xarakterli toshmalar.
4. Veznkula - ichida tiniq suv tutgan mayda pufakcha. U suvchechak kasalligiga xos toshma xisoblanadi va juda ko'p toshadi. Odatda, terida vezikula toshmagan joy qolmaydi. Keyin ular qurib, tushib ketadi. hozir butunlay tugatilgan chinchechakda ham avval vezikula toshadi. Keyinroq pufakcha ichidagi suyuqlik yiringlab, toshma pustulaga aylanadi.
5. Eritema - ma'lum kattalikda terida yaxlit qizarish paydo bo'lishi, masalan, saramas kasalligada.
6. Allergik toshma. U odatda alergiyasi bor odam to'g'ri kelmaydigan ovqat maxsulotlarini iste'mol qilganda, dori-darmon qabul qilganda yoki chang tasirida kelib chiqadi. Bunday toshmalar o'zbek tilida eshakemiya deb ataladi. Ular yirik, qattiq bo'lib, teri ustidan butib turadi. Butun tanaga yoki tananing bir qismiga toshishi mumkin. Toshma bor joyda kuchli qichishish seziladi.
Ba'zi yuqumli kasalliklar, masalan, tounda periferik limfa tugunlari kattalashadi.
Yuqumli kasalliklarda organizmning mikrobga nisbatan javob reaksiyasi sifatida, odatda tana xarorati ko'tarilada. Uning davomiyligi va xususiyatini kuzatib berish xam tashxis qo'yishda yordam beradi. Uzoq kunler davomida ertalabki va kechki tana harorati ko'rsatkichlarini chizib borish natijasida isitma egri chizig'i kelib chiqadi. Tana xaroratining o'zgarib borishi va harorat egri chizig'ining kurinishiga qarab, yuqumli kasalliklarda isitmaning quyidagi turlari farqlanadi (1-rasm).
1. Doimiy isitma. Tana xarorati bir necha kun baland bo'ladi. Ertalabki isitma kechkisidan pastroq bo'ladi, lekin ularning farqi bir gradusdan oshmaydi. Bunday isitma ich terlama va toshmali tif uchun xos.
2. Remittirlovchi (darmonni quritadigan) isitma. Unda tana xarorati bir necha kun baland bo'ladi. Ertalabki va kechki isitmalar farqi 1°S dan ortiq bo'ladi. Ammo ertalab pasaygan holida ham tana xarorati 37°S dan yuqoriligicha qoladi. Sepsisda, sil kasalligida kuzatiladi.
3. Intermittirlovchi (almashib turadigan) isitma. Tana xarorati to'satdan 39-40°S gacha ko'tarilib, kun davomida normagacha tushadi. Xaroratning ko'tarilgan va tushgan vaqdagi farqi 3-4°S gacha bo'ladi. Bir hil vaqt oralig'idan so'ng xarorat shunday ko'tarilib, yana tushishi bir necha marta takrorlanadi. Bunday isitma bezgak kasalligiga xosdir.
4. Qaytalama isitma. Tana xarorati qisqa muddatda yuqori qo'tarilib, 5-6 kun doimiy isitmadagidek saqlanib turadi. Keyin to'satdan normagacha pasayib, 5-6 kun 37° S dan oshmay turadi. So'ngra yana shiddat bilan qo'tarilib, avvalgisiga o'xshash xolat takrorlanadi. Shunday axvol 3-4 marta qaytalanishi mumkin. Qaytalama tiflarda uchraydi.
5. To'lqinsimon isitma. U asosan brutsellez kasalligiga xarakterli. Tana xarorati asta-sekin, kuniga 0,5-GS dan ko'tarilib, bir necha kundan so'ng, pasaya boshlaydi. So'ng yana asta ko'tarilib, keyin pasayadi.
Tana xarorati 38*S dan oshmasdan bir necha kun saqlanib tursa va asta me'yorda kelsa, subfebril isitma deyiladi. U ko'pincha yuqumli kasalliklar yengilroq kechgan hollarda kuzatiladi.
Isitma davri tugaganida tana xarorati to'satdan yoki asta-sekin pasayishi mumkin. Haroratning 2-3 soat mobaynida to'satdan pasayib, normaga kelishi krntik pasayish deyiladi. Harorat 3-4 kun mobaynida asta-sekin pasaya borib normaga kelishi lizis deb ataladi. Isitma kritik pasayishini bemor juda og'ir o'tkazadi, yurak va qon tomir sistemasiga zo'r keladi. Shu boisdan ko'pincha ana shu davrda kallaps holati ro'y beradi. Uni e'tiborga olib xamshira postida doimo efedrin, kordiamin, kofein kabi dorilar oldindan tayyor turishi kerak.
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda laboratoriya usullaridan keng foydalaniladi. Ular o'z moxiyatiga ko'ra 2 guruxga bo'linadi:
1. Bemorda yuqumli kasallik kuzg'atuvchisini bevosita topishga qaratilgan usullar. Bakteriologik va bakternoskopik usullar shu maqsadda qo'llanadi.
2. Yuqumli kasallik mavjudligani bemor tanasida ro'y beradigan o'zgarishlar vositasida (bilvosita) aniqlash. Bu maqsadda serologiq, allergik, biokimyoviy va boshqa usullar xisoblanadi.
Laboratoriya tekshirishlarini amalga oshirishda kasallikning kechishi, davri va o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olinadi. Masalan, xastalikning dastlabki davrida bakteriologik usuldan kengroq foydalanilsa, 5-6 kukdan so'ng serologak usullar qo'proq ishlatiladi. Xar qanday laboratoriya tekshiruvida xamshira albatta unga tegishli yo'llanma to'ldirishi kerak. Yo'llanmada shifoxonaning nomi, bemorning ismi-sharifi, yoshi, kasallik bayon raqami, qachon, qanday tahlil va nima maqsadda olingan, kim olgani ko'rsatiladi. Olingan taxlil yo'llanma bilan birga (biksda) laboratoriyaga yuboriladi.
Bakteriologek yoki bakterioskopik tekshirish maqsadida bemordan gurli taxlil olinadi. Bo'g'ma, meningkokk infeksiyasiga tekshirish uchun tomoqdan sterillangan tampon bilan surtma olinadi. Tif-paratif kasalliklarida bilak venasidan qon olib ekiladi, Umuman olganda, bakteriologik tekshirishga olinadigan tahlil maxsus muhitlarga ekiladi. Bu muxitlar aynan shu kasallik mikroblari ko'payishi uchun kulay sharoit yaratib, boshqa mikroblar o'sishiga yo'l qo'ymaydi. Material ekiladigan muhitlar bakteriologiya laboratoriyalarida tayyorlanib, sterillanadi. Keyin bo'limlarga tarqatiladi. Masalan, tif-paratif mikroblarini topish uchun bilakdan olingan qon steril xolatda safroli muxitga ekiladi. Tekshirish natijasi esa 3-4 kun, ba'zan 5-7 kundan so'ng ma'lum bo'ladi. Bakterioskopiya usulidan foydalanilganida natija tez olinadi. Jumladan, bezgak, qaytalama tiflarga tashxis qo'yishda bemor bormog'idan qon olib, maxsus oynachaga surtma tayyorlanadi.
Uni mikroskop ostida ko'rib kasallik qo'zg'atuvchisini bir necha soat ichida topish mumkin. Quydirgi kasalligida teridagi yaradan biroz olinib, surtma tayflanadi. Mikroskopdan foydalanib, unda kuydirgi mikrobi topiladi.
Virusologik tekshirishlar, bakteriologik usullarning bir ko'rinishi xisoblanadi. Lekin ular ancha murakkab, uzoq davom etadi va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Viruslar ko'payishi uchun bakteriyalar usishi mumkin bo'lgan muxitlar to'g'ri kelmaydi. Shunga ko'ra bemordan olingan surtma yoki boshqa narsa viruslarni topish maqsadida, xujayra kulturasiga yoki tovuq tuxumiga ekiladi. Natija 1-2 xafta yoki undan xam ko'proq vaqt o'tgandan so'ng ma'lum bo'ladi. Gripp, poliomiyelit, quturish kasalliklari va boshqalarga tashxis qo'yishda bu usul qo'llanadi, Virusologik tekshirishlar uchun olingan ashyo (maxsus muhitga ekilguncha) muzlatilgan xolda laboratoriyaga yetkaziladi.
Eslatib o'tilganidek, yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda serologik usullardan ham keng foydalaniladi. Agglutinatsiya reaksiyasi, passiv (bilvosita) gemagglutinatsiya reaksiyasi, komplementi bog'lash reaksiyasi pretsipitatsiya, O- agregat gemagglutina
Dostları ilə paylaş: |