Bunday bolalar eritrotsitlari gemolizga
uchraydigan yuqori chegara
balandligi (NaCI eritmasining 0,52%), pastki chegarsi pastligi (NaCI
eritmasining 0,24%) chidamlilik amplitudasi kattaligidan dalolat beradi. Bolallar
eritrotsitlari gipotonik eritmada chidamliroqligini boshqa bir tajribaning natijasi
ham isbotlaydi: NaCI ning 0,4% li eritmasida katta yoshdagi odam
eritrotsitlarining deyarli hammasi gemolizga uchraydi, bola eritrotsitlarining 12-
56% i bu sharoitda butun qoladi.
Bola qoni eritrotsitlarining katta yoshdagi
odamlarnikidan yana bir farqi,
ularning hajmida (9-jadval).
9-jadval
Bola hayotining birinchi yillarida eritrotsit
o’rtacha hajmining o’zgarishi
Bolaning yoshi
Eritrotsitning
o’rtacha hajmi
(mkm
3
)
Anizotsitoz
koeffitsiyenti
Chaqaloq
110 ± 10
0,225 ± 0,06
3 oy
85 ± 6
0,210 ± 0,06
6 oy
80 ± 3
0,190 ± 0,05
12 oy
76 ± 5
0,195 ± 0,05
18 oy
73 ± 2
0,210 ± 0,04
24 oy
80 ± 3
0,210 ± 0,04
36 oy
84 ± 2
0,200 ± 0,03
Chaqaloq eritrotsitining o’rtacha hajmi 110 mkm
3
, ya’ni katta odamnikidan
(90 mkm
3
) kattaroq. Bu davrda anizotsitoz koeffitsiyenti ham katta. Demak,
o’rta o’lchamli eritrotsitdan kichikroq va kattaroq bo’lgani ko’p. Bola o’sish
jarayonida eritrotsitlar kichiklashib boradi va 18
oylik bolalarda ularning
o’rtacha hajmi eng kam bo’ladi. Anizotsitozlik darajasi ham kamayadi. Ikki
yoshdan boshlab eritrotsitlar kattalashadi,
ammo uch yashar bolada uning
o’rtacha hajmi katta odam eritrotsitining o’rtacha hajmiga yetmaydi.
Bola qonining yana bir xususiyati – retikulotsitoz, ya’ni unda yosh,
yetilmagan eritrotsitlar – retikulotsitlarning ko’pligi. Katta yoshdagi sog’lom
odamning qonida retikulotsitlar soni 1% atrofida. O’zbekistonda o’tkazilgan
tekshirishlar
natijasiga qaraganda, chaqaloq hayotining birinchi kuni ularning
soni 11-14%, beshinchi kunga borganda 7-8% ni tashkil qiladi (A.T.To’rayev,
1971). Keyin ushbu ko’rsatkich tez kamayadi va 1-oyning ikkinchi va uchinchi
o’n kunliklarida 3% atrofida bo’ladi. 2 oydan bir yoshgacha bo’lgan
davrda
retikulotsitlar miqdori 5-8% orasida tebranib turadi,
bolalikning keyingi
davrlarida ham katta yoshdagi odam qonidagi miqdorgacha kamaymaydi.
Retikulotsitlarning bola qonida ko’pligi suyakning qizil ko’migida eritropoez
jadal o’tishidan dalolat beradi.
GEMOGLOBIN
Eritrotsit tarkibidagi organik moddalarning
asosiy qismini gemoglobin
tashkil qiladi. Shuning uchun qondagi gemoglobin miqdori odatda eritrotsitlar
soni bilan bog’liq holda o’zgaradi. Chaqaloqlar
qonidagi gemoglobin miqdori
katta yoshdagi odamlarnikiga nisbatan ko’proq. Bola hayotining birinchi kuni bu
ko’rsatkich odatda eng yuqori darajada bo’ladi (10-jadvai).
10-jadval
Dostları ilə paylaş: