yoshga to’lganida katarakta olib tashlanganiga qaramay, operatsiya ijobiy natija
bermagani, ko’z ojiz bo’lib qolgani aniqlangan. Bu holat ambliopiya – ko’z
soqqasi tuzilmalari o’zgarmagan bir vaqtda, ko’rish qobiliyatini qisman yoki
batamom yo’qotish, deb ataladi.
Katta yoshdagi odamlarda ahvol butunlay boshqacha bo’ladi. Masalan, 70
yoshga to’lgan qariyaning ikkala ko’zida katarakta rivojlanadi va u asta-sekin
ko’r bo’lib qoladi. Uch yil o’tgach katarakta jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi
va kerakli ko’zoynak taqqan qariyaning ko’rish qobiliyati to’la tiklanadi.
Keltirilgan
misollar, ontogenezda ko’ruv analizatorining markazlari to’gri
rivojlanishi uchun ko’z jismlar shaklini ko’rishi zarurligini isbotlaydi. Ma’lum
davrda ko’ruv deprivatsiyasini (deprivatsiya – mahrum qilish) kechirgan hayvon
va odamlarda tizzasimon tana va po’stloq ko’ruv markazlarining tuzilishi va
faoliyat ko’rsatishi keskin buziladi.
G’ilaylik ham ambliopiyaga olib keladi. Shuning uchun g’ilay bolalarni
vaqtida davolash kerak.
Aksariyat olimlar fikricha, ko’ruv analizatorining rivojlanishi 7 yoshgacha
davom etadi.
Kichik yoshdagi bolalar ko’ruv analizatorining
rivojlanishi oxiriga
yetmaganligi uning faoliyatidagi o’ziga xosliklarga sabab bo’ladi.
Ko’zning yorug’likka sezgirligi borligini endi tug’ilgan chaqaloqda aniqlash
mumkin. Yetarli kuchda ko’zni yoritish chaqaloqda qorachiq va ko’z pirpirash
refleksini yuzaga keltiradi. Ularda qorachiq 0,9 mm dan 1,9 mm gacha
o’zgarishi mumkin. Ko’z pirpirash refleksida bir ko’z yumilganida, ikkinchisi
ochiq bo’ladi. Refleks ikki oylik bolalarda koordinatsiyalashadi. Ammo
chaqaloq ko’zining yorug’likka sezgirligi past bo’lib,
hayotining birinchi
oylarida ko’p marta ortadi. Ko’z sezgirligining ortishi keyin ham sust bo’lsada,
ammo davom etadi (7-18 yoshlar oralig’ida yorug’likka sezgirlik ikki martacha
oshadi).
Kichik
yoshdagi
bolalar
ko’zining
yorug’lik
darajasiga
adaptatsiyalanish imkoniyatlari past. Qorong’idan yorug’likka, yorug’likdan
qorong’iga o’tgan retseptorlar tez moslasha olmaydi.
Emizikli bolalarning ko’ruv maydoni tor. Periferik (chetni) ko’rish besh
oydan keyin rivojlana boshlaydi, ammo ko’ruv maydoni 5 yoshdan 10
yoshgacha bo’lgan davrda juda tez kengayadi.
Chaqaloqlarning aksariyatida (80,9 % ida) kuchsiz gipermetropiya (uzoqdan
ko’rish) kuzatiladi. 11,5 % chaqaloqlar ko’zining nur sindirish kuchi
(refraksiyasi) me’yorida bo’ladi, 7,6 % ida miopiya (yaqindan ko’rish) uchraydi.
Murg’ak bolalarning uzoqdan ko’rishiga ko’z soqqasining bo’ylama o’qini
kaltaligi sabab bo’ladi. Ularda shox parda va gavhar qavariqroq bo’lganiga
qaramay, ko’zning fokus nuqtasi to’r pardaning orqasiga o’tib ketadi.
Gipermetropiya bola 7-8 yoshga to’lgunicha saqlanadi. Ko’z soqqasi o’sishi
natijasida uning bo’ylama o’qi kattalashadi va 10-12 yoshga borganda
emmetropiyani ta’minlovchi o’lchamga yetadi.
Ammo 30-40 % bolalarda ko’z soqqasining bo’ylama o’qi o’sish jarayonida
keragidan ko’p darajada uzunlashadi va ularda yaqindan ko’rish (miopiya)
rivojlanadi. Bunday bolalar uzoqdagi jismlarni aniq ko’rish uchun botiq linzali
ko’zoynaklardan foydalanishga majbur bo’ladilar.
Miopiyaning sabablari bir nechta. Birinchidan, yaqindan ko’rishga
moyillik
nasldan naslga o’tadi. Ikkinchidan, ko’zga yaqin bo’lgan narsalarga uzoq vaqt
qarash akkomodatsiya mexanizmlarini charchatadi va miopiya rivojlanishiga
sabab bo’ladi. Shuning uchun bolalarni ko’rayotgan narsalarni ko’zdan yetarli
masofada – 35-40 sm narida ushlashga, o’qish va yozish jarayonida vaqti-vaqti
bilan dam olishga o’rgatish kerak. Bola yozib, o’qiydigan joy (stol, parta) yaxshi
yoritilgan bo’lishi zarur.
Ko’rish o’tkirligi ko’ruv analizatorining juda muhim ko’rsatkichidir. Uni
ko’zning jismlarni mayda qismlarini ko’ra olish qobiliyati ifodalaydi. Ko’rish
o’tkirligi to’r
pardaning funksional holati, optik tizim tiniqligi va boshqa
omillarga bog’liq. Chaqaloqlarda ko’rish o’tkirligi juda past. Bola o’sishi bilan
ko’ruv o’tkirligi ortadi va 5 yoshlarga borib me’yoriga yetadi (33-jadval).
33-jadval
Dostları ilə paylaş: