Chaqaloqning me’dasi yumaloq shaklda bo’lib, bir yashar bolalarda u ancha
cho’ziqroq shakl oladi. 7-11 yoshda uning shakli kattalarnikidan farq qilmaydi.
Me’daning hajmi chaqaloqlik davrida 5-10 ml bo’lib, birinchi oy davomida 30-
35 ml gacha ortadi, yilning oxirida 250-300 ml ni tashkil etadi.
O’sish jarayonida me’daning hajmi ortishi bilan bir qatorda, uning shilliq
pardasini yuzasi va shilliq pardadagi bezlar soni ko’payadi. Naysimon bezlar
bolalarda kaltaroq va kengroq bo’ladi. Ularning tarkibida glandulotsitlar soni
kamroq, asosiy va pariyetal hujayralar shakli va o’lchami bilan kattalarnikidan
farq qiladi. Endi tug’ilgan chaqaloq me’dasining sekretor apparati tuzilishi va
faoliyat ko’rsatishi nuqtai nazaridan hali yetilmagan, bu apparat boshqarilishini
ta’minlovchi mexanizmlar to’la shakllanmagan bo’ladi. Bu holat shira tarkibida
o’z aksini topadi.
Endi tug’ilgan bola me’dasidan olingan suyuqlik neytral yoki kuchsiz
kislotali (pH 6,0 atrofida) bo’ladi. Keyingi 12 soat davomida me’dadagi pH
keskin pasayadi va 1,0-2,0 ni tashkil etadi. Birinchi haftaning oxirida kislotalilik
sezilarli darajada kamayib, pH ko’rsatkichi 4,0-6,0 atrofida tebranib turadi.
Emizikli davrida me’da shirasining pH i 3,0-4,0 ga teng bo’ladi. Demak,
murg’ak bolalar me’dasida kislotalilik kattalarnikidan kam. Bu kislotali muhitni
xlorid kislota emas, sut kislotasi hosil qiladi. Chaqloqlarda xlorid kislota
sekretsiyasi nihoyatda oz. Bu sekretsiyani kuchli rag’batlantiruvchisi gistamin
ham jarayonga deyarli ta’sir qilmaydi. Bola uch oylik bo’lganida HCI
sekretsiyasi sal ko’payadi (22-jadval).
22-jadval
Dostları ilə paylaş: