Ammo 30-40 % bolalarda ko’z soqqasining bo’ylama o’qi o’sish jarayonida
keragidan ko’p darajada uzunlashadi va ularda yaqindan ko’rish (miopiya)
rivojlanadi. Bunday bolalar uzoqdagi jismlarni aniq ko’rish uchun botiq linzali
ko’zoynaklardan foydalanishga majbur bo’ladilar.
Miopiyaning sabablari bir nechta. Birinchidan, yaqindan ko’rishga moyillik
nasldan naslga o’tadi. Ikkinchidan, ko’zga yaqin bo’lgan narsalarga uzoq vaqt
qarash akkomodatsiya mexanizmlarini charchatadi va miopiya rivojlanishiga
sabab bo’ladi. Shuning uchun bolalarni ko’rayotgan narsalarni ko’zdan yetarli
masofada – 35-40 sm narida ushlashga, o’qish va yozish jarayonida vaqti-vaqti
bilan dam olishga o’rgatish kerak. Bola yozib, o’qiydigan joy (stol, parta) yaxshi
yoritilgan bo’lishi zarur.
Ko’rish o’tkirligi ko’ruv analizatorining juda muhim ko’rsatkichidir. Uni
ko’zning jismlarni mayda qismlarini ko’ra olish qobiliyati ifodalaydi. Ko’rish
o’tkirligi to’r pardaning funksional holati, optik tizim tiniqligi va boshqa
omillarga bog’liq. Chaqaloqlarda ko’rish o’tkirligi juda past. Bola o’sishi bilan
ko’ruv o’tkirligi ortadi va 5 yoshlarga borib me’yoriga yetadi (33-jadval).
33-jadval
Dostları ilə paylaş: