O'ZBEKISTONDA PEDIATRIYaNING RIVOJLANIShI
XIX asr oxiri, XX asr boshlarida O'rta Osiyo aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatish, ayniqsa ayolllar va bolalarga, eng past darajada bo'lgan. XIX asr oxiri butun Turkiston bo'ylab faqatgina 8 ta ayollar va bolalar ambulatoriyasi, 5 ta bolalar uyi va 2ta yasli mavjud edi. Asosan shahar aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatilgan. Bolalar kontingenti o'rtasida eng ko'p uchragan kasalliklar: bezgak, o'lat, chin chechak va qutirish bo'lgan.
Erta yoshdagi bolalarda quyidagi kasalliklar ko'p uchragan - ovqat hazm qilish tizimi, nafas olish a'zolari kasalliklari, leyshmanioz, skarlatina va ko'k yo'tal. Bolalar bir yil ichida bir necha marta kasallanganlar, 1000ta tug'ilgan bolalardan 400-330tasi bir yoshgacha nobud bo'lgan, yarmisi 4 yoshgacha ham yashamagan.
1920 yilda Turkiston komissiariati qoshida respublikamizda Sog'liqni saqlashda "Ona va bolani" muxofaza qilish bo'limi ochilgan, uning vazifalariga davolash va profilaktik xizmat kirgan. 1922 yilda Toshkentda 100 o'ringa moljallangan Roza Lyuksemburg nomli kasalxona va 2ta bolalar maslahatxonasi ochilgan.
Bu vaqtlarda nafaqat aholini sog'ligini saqlash, balki birinchi navbatda bolalar aholisi sog'ligini saqlashga ham katta e'tibor berilgan. Uning natijasida tibbiyot kadrlariga - shifokor - pediatrlarga talab oshgan. 1920 yilda Toshkentda birinchi bolib, Turkiston Davlat Universitetida Birinchi O'rta Osiyo medisina fakulteti ochilgan. O'shandan boshlab, Respublikamiz o'z medisina kadrlarini tayyorlay boshlagan.
1920 yilda Toshkent Medisina institutida birinchi bolalar kasalliklari kafedrasi MDU dosenti A.N.Ustinov tomonidan tashkil qilingan va 1922 yilgacha u rahbarlik hilgan.
1922 yildan 1924 yilgacha kafedraga Vasiliy Ivanovich Lisenko (1885 - 1946 yil) tibbiyot fanlari doktori, professor rahbar bo'lgan.
1927 - 1930 yil kafedraga Nikolay Ivanovich Osinovckiy - t.f.d. professor rahbarlik hilgan. Uning asosiy ishlari singa, skarlatina, serebro - spinal meningit, oshqozon - ichak tizimi kasalliklari klinikasi va diagnostikasiga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |