Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə168/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   226
YuRAK TUG’MA NUQSONLARI

Yurak tugma nuqsoni - embrion va homilaga turli xil zararli omillar ta'sirida yurak va magistral tomirlarda u yoki bu nuqsonning paydo bo’lishiga bilan xarakterlanuvchi patologik xolatdir.

Etiologiyasi. homiladorlikning birinchi 6-8 xaftasida yurak tug’ma nuqsonlari rivojlanishi havfi yuqoridir. Ushbu davrda teratogen omillarni homilaga tasiri oqibatida yurakning og’ir va qo’sqilib kelgan nuqsonlari rivojlanadi. homiladorlikning turli bosqichlarida kompleks ravishda yurak zararlanishi mumkin. Bulardan tashqari bolalarning yurak tugma nuqsonlari bilan tuqilishiga asosiy sabablardan biri xromosoma buzilishi - 5%, birlamchi gen mutasiyasi - 2-3%, tashqi omillar tasiri (ota-onaning zararli odatlari: alkagolizm, narkomaniya, homiladorlik vaqtida virusli kasalliklar bilan kasallanishi va boshq.), 1-2%: poligen-multifakal nasliy omillar - 90% ho’llarda uchraydi. Anamnezida onaning yoshi, oilasida endokrin kasalliklarning bo’lishiga, homiladorlikning birinchi 3-oyligida toksikoz va bola tushish xavfi bo’lganligi, oilada olik bola tug’ilishi, qarindoshlar orasida yurak tugma nuqsoni kuzatilishi ham muxim ahamiyatga ega. Bolalarni yurak tugma nuqsoni bilan tuqilish gumoni bo’lganda qar bir vrach ota-onani tibbiy maslahatga yuborishi lozim.Yurak tugma nuqsoni kechishida uch davr farq qilinadi.

Birinchi davr (birlamchi adaptasiya) - nuqson tufayli vujudga kelgan gemodinamik buzilishlarga bola organizmining moslashuvi bilan xarakterlanadi. Kichik yoshdagi bolalarda moslashish va kompensasiya jarayonlari notur?un muvozanatda yo’ki nisbatan kuchsiz bo’ladi.

Ikkinchi davr (nisbiy kompensasiya davri) - agar yurak tugma nuqsoni bor bolalar kasallikning birinchi davrida nobud bo’lmasalar, odatda hayotining 2-3 yilidan boshlab umumiy ahvolining yaxshilanishi kuzatiladi. Bu davrda sub'ektiv shikoyatlar kamayadi. Bemorning jismoniy va harakat aktivligi tiklanadi.

Uchinchi davr (terminal bosqich) - bu davr kompensator imkoniyatlar tugab, yurak mushagida va parenximatoz organlarda distrofik hamda degenerativ o’zgarishlar vujudga kelganda boshlanadi. Turli kasalliklar va ularning asoratlari bu bosqich rivojlanishini tezlashtiradi.

Yurak tug’ma nuqsonlari tasnifi (Marder, 1963)




Gemodinamika buzilishi

Sianozsiz

Sianozli

Kichik qon aylanish doirasining qonga to’yinmasligi bilan

Ochiq arterial yolak; qorincha va bo’lmacha orasidagi tosiq nuksoni;

Atrioventrikulyar kommunikasiya



Eyzenmenger kompleksi; magistral qon tomirlar transpozisiyasi; umumiy arterial ozak.


Kichik qon aylanish doirasining qonga to’yinishi bilan

O’pka arteriyasi stenozi

Fallo kasalligi; uch tabaqali klapan atre- ziyasi; o’pka arteriyasi stenozi bilan kechuvchi magistral qon tomirlar transpozisiyasi; Ebshteyn kasalligi

Katta qon aylanish doirasining qonga to’yinmasligi bilan

Aorta stenozi; aorta koarktasiyasi




Gemodinamikaning buzilishisiz

Chin va yolg’on dekstra kardiya; aorta yoyi joyla shuvining anomaliyasi; Talochinov-Roja kasalligi



Yurak tug’ma nuqsoni bilan kasallangan bolalar organizmida kichik qon aylanish doirasi holatiga bog’liq holda quyidagi patologik o’zgarishlar kuzatiladi:



  • o’pkaga ko’p qon quyilishi kichik qon aylanish doirasida gipervolemiya va gipertenziya vujudga kelishi bilan xarakterlanadi (arteriovenoz shunt bilan kechuvchi YuTN oq tipi).

  • arterial va venoz qonning aralashuvi natijasida kuchayib boruvchi sianoz va hansirash, o’ng qorinchadan qon chiqishining qiyinlashuvi tufayli gipoksemik xurujlar yuzaga keladi.

O’pka gipertenziyasi rivojlanishida 3-davr ajratiladi.

1. Gipervolemik - arteriolalar torayishi yo’q, lekin ko’p mikdorda qon quyilishi bor.

2. Aralash bosqich - ko’p qon kelishiga javoban himoya refleksi - o’pkadagi tomirlar spazmi, o’pka arteriyasida bosimning va o’pka qarshiligining ortishi, qonning chapdan o’ngga o’tishining kamayishi.

3. Sklerotik bosqich - gipervolemiya va o’pka tomirlarining uzoq vaqt davomidagi torayishi natijasida o’pka tomirlarida qaytmas jarayonlarning paydo bo’lishiga.





Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin