Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Bakterial endokarditlar tasnifi



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə167/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226
Bakterial endokarditlar tasnifi

Etiologik xarakteristikasi

Patogenetik fazasi

Faollik darajasi

Kechish varianti

Klinikmorfologik xarakteristikasi

Gramm musbat

bakteriyalar:

streptokokk,

stafilokokk



Infeksion-

toksik


yuqori

o’tkir

birlamchi (zararlanmagan klapanlarda)

Grammanfiy bakteriya:

Ichak tayo’qchasi, ko’k yiringli tayo’qcha,klebsiell va boshqalar.



Immun yalliglanish

qisman

Abortiv

(sohayish)



ikkilamchi

(qopqoqlar zararlanishida, YuTN, yurakda o’tkazilgan operasiyadan keyin)



Bakterial

assosiasiya:



L-shakli, zamburuglar, rikketsiya

Distrofik

Minimal

surunkali (qaytalanuvchi)





Klinik ko’rinishi. Bakterial endokarditning klinik ko’rinishi kasallik bosqichi va yalliglanish jarayonining faollik darajasiga bog’liq. Simptomlari uchta asosiy sindromlardan tuzilgan: toksikoz, endokardning zararlanishi va tormboembo’lik asoratlar. Bakterial endokarditning boshlangich, infeksion-toksik bosqichida umumiy yalliglanish jarayoni ustunlik qiladi: bezgak (yuqori faollikda gektik xarakterga ega, qaltirash bilan, minimal - subfebril) umumiy intoksikasiya, ko’p terlash. qopqoqlarning zararlanishida auskultasiyada doimiy o’zgarishlar kasallikning 3-4-haftasida kuzatiladi. Bolalarda birlamchi endokarditda aorta va mitral qopqoq yetishmovchiligi kuzatiladi. Ikkilamchi bakterial endokarditda zararlangan endokard sohasida o’zgarishlar kuzatiladi. Bu davrda trombembo’lik asoratlar -gemorragik toshmalar, gematuriya, impulsli xarakterga ega, ichki organlar infarkti korinishida aniqlanadi. Faollik bu davrda infeksion toksikoz bilan xarakterlanadi. Immun yalliglanish bosqichida patologik globulinlar va immun komplekslar toplanishi yuz beradi. U teridagi maxsus o’zgarishlar, Osler tugunchalari (oyo’q qo’l barmoqlari yostiqchalarida og’riqli tugunchalar paydo bo’ladi), eritematoz og’riqli dog’lar kaftda va tovonda aniqlanadi, tirnoq osti gemorragiyalari, Liberman-Lunin dog’lari (petexiyalar markazida oq dog’lar bilan bo’ladi), ko’z to’r pardasida qon talashlar (Rot dog’lari). Splenomegaliya, ichki organlarning zararlanishi - jigar, oshqozon osti bezi, yurakda diffuz miokardit va perikardit, buyrakda glomerulonefrit, ba'zida artritlar kuzatiladi. Kamqonlik rivojlanadi, terisi kulrang-sariq tusga kiradi. Infeksion toksik bosqichiga qaraganda, intoksikasiya kam rivojlangan bo’ladi. Distrofik bosqichda ichki organlarning og’ir zararlanishi natijasida ichki organlarda yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu bosqich qaytmas bo’ladi. Laborator tekshirishda qonda quyidagi o’zgarishlar xarakterlidir: leykositoz neytrofilez bilan va formulaning o’ngga siljishi, alfa2- globulinlar ortadi, EChT oshadi, S-reaktiv oqsil yuqori bo’ladi. qonda kasallikni chaqiruvchisi ekib aniqlanadi. Bu tashqis qoyish uchun katta ahamiyatga ega. Yuqori tana qaroratida (bezgakli krizlarda) qon olish katta ahamiyatga ega.Tahlil uchun qon miqdori (15-20 ml), qon olinayotganda, ifloslanib qolmasligi zarur, qon ketma-ketlikda 3 probirkada 5 mldan olinadi, agar ikkitasida bir xil turdagi mikrob aniqlansa, tahlil aniq deyiladi. Keyingi bosqichda gipoxrom kamqonlik, leykositoz leyko’peniya bilan almashadi, proteinogrammada gamma-globulinlar ko’payadi.

Tashxisi. Differensial tashqis o’tkir revmatik isitma atakasi bilan o’tkaziladi. Ikkilamchi bakterial endokarditda yurakning boshqa yalliglanishli kasalliklari bilan o’tkaziladi. Qo’shimcha tekshirish usuli exokardiografiya qopqoqlardagi o’zgarishlar kasallikning boshlanishidan 3-4 hafta keyin aniqlanadi.

Davosi. Infeksion toksik bosqichida uzoq muddatli va massiv antibakterial terapiya buyuriladi. Penisillin (300 00 - 500 000 YeD / kg vazniga sutkada parenteral). Og’ir bemorlarda dozasi ( 1 000 000 YeD /kg vazniga. Kursi 3-4 haftagacha davom etadi. Kasallikni yuqori faolligida va etiologiyasi aniq bo’lmasa, penisillin gentamisin bilan birga kombinasiya qilinadi. Keyinchalik sefalosporinlar va tetrasiklin qatori bilan kombinasiya qilinadi. Infeksiya ochoqlarini sanasiya qilish: surunkali tonzillit, karies, gaymorit va boshqalar. Kasallikning o’tkir davrida konservativ davo yordam bermasa radikal operativ davo tavsiya etiladi.

Xirurgik davoga ko’rsatma quyidagilar:

1) qon aylanish yetishmovchiligi konservativ davolanmasa;

2) embo’liya;

3) qopqoqlarning progressivlanuvchi destruksiyasi;

Immun yalliglanish bosqichida antibakterial terapiyadan tashqari, glyukokortikoidlar buyuriladi (0,5mg/1kg tana vazniga prednizolon).Tromboembo’lik asoratlarda antikoagulyantlar, asosan geparin buyuriladi.



Bashorati. Jiddiy, bakterial endokardit faolligiga kam darajada bog’liq. Bugungi kunda massiv antibakterial terapiyani qo’llash, to’liq davolashga

erishilmoqda, ba'zida, bemorlarda tugma nuqsoni rivojlanadi yo’ki yurak tugma nuqsoni bo’lganda gemodinamikaning buzilishiga olib keladi.



Profilaktikasi. Birlamchi profilaktikasi YuTN va o’tkir revmatik isitma bilan kasallangan bemorlarda surunkali infeksiya o’choqlarini sanasiya qilishdan iborat. Bunday bolalarda quyidagi operasiyalardan keyin - tishlar eksterpasiyasi, adeno- va tonzilektomiya -antibakterial terapiya tavsiya qilinadi. qayta xurujlarni oldini olish uchun bolalar dispanser nazoratiga olinadi,bakterial endokardit otkazgan bolalarga surunkali infeksiya o’choqlarini radikal sanasiya qilish tavsiya qilinadi, qar qanday kasallikda, agar bolada yuqori qarorat kuzatilgan bo’lsa, intensiv antibakterial terapiya o’tkaziladi.

Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin