Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə163/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226
Norevmatik karditlarni davolash tamoyillari

Norevmatik karditlarni davolash ikkita bosqichni o’z ichiga oladi: stasionar va poliklinik yo’ki sanator.O’tkir va o’tkir osti karditlarda bolaning harakat foalligini 2-4 haftaga cheklash tavsiya etiladi, ovqatlanish tola qiymatli, vitaminlar va oqsillarga boy bo’lib, tuz cheklanishi, ammo kaliy tuzlariga esa boy bo’lishiga kerak. Suyuqlik ichish rejimi chiqarilayotgan siydik miqdori bilan aniqlanadi; bolaga diurezga nisbatan 200-300 ml dan kam suyuqlik beriladi. Karditlarning etiologik davosi ishlab chihilmagan. Antibakterial terapiya 2-3 hafta mobaynida olib boriladi, ko’pincha erta yoshdagi bolalarda asoratlarning oldini olish uchun glyukokortikoidlar yurak yetishmovchiligi bilan birga kelgan diffuz jarayonda, kasallikning surunkali kechishidan darak beruvchi o’tkir osti boshlanishida, o’tkazuvchi tizim zararlanishi bilan kechgan karditda tavsiya etiladi. Prednizolon ichishga 1-1,5 mg/kg hisobida bir oy mobaynida keyinchalik dozasini 1/3 – 1/2 tabletkadan 3-4 kun ichida kamaytirish bilan hayotining birinchi 3 yilidagi bolalarda va tabletkadan katta bolalarga buyuriladi. Yetarli bo’lmagan samarada prednizolonning tutib turuvchi dozasi - 0,5 mg/kg/kuniga bir nechta hafta mobaynida beriladi. Agar, davolashga qaramasdan, jarayon o’tkir osti va surunkali bo’lib qolsa, unda aminoxinolin qatori dorilarini (delagil, plakvinil) 3 mg/kg dozada indometasin yoki voltaren bilan birgalikda tayinlash tavsiya etiladi. Salisilatlar 0,05-0,06 mg/kg hisobida 1-1,5 oygacha beriladi. Bir vaqtning o’zida yurak-qon tomir yetishmovchiligini davolash olib boriladi. Miokardning qisqarish funksiyasini yaxshilash uchun yurak glikozidlari, asosan digoksin qollaniladi. Uning toyinish dozasi mushak orasiga yo’ki ichshga 0,03-0,05 mg/kg dan ortmasligi kerak. Glikozidlarning vena ichiga yuborilishi o’pka shishi bilan kechuvchi o’tkir shakllarida tavsiya etiladi. Toyinish dozasi 3 kun ichida qar 8 soatda EKG nazorati ostida olib boriladi. Samara yog bo’lsa dori 3 mahaldan yana 1-2 kun yuborilishi mumkin. Digoksinning bunday sekin yuborilishi ko'tara olmaslikning (intoksikasiya) oldini olishga imqon beradi. Toyinish dozasi berilganidan so'ng, ushlab turuvchi doza tayinlanadi, uni aniqlash alohida xususiyatlariga ega.Agar bemor digoksin toyinishini qoniqarli, yaqqol samara (YuqS me'yorlashuvi, hansirash kamayishi, jigar kichiklashuvi) bilan kotarsa, unda yordamchi doza to’yinish dozasining 1/5 ni tashkil etadi. Bradikardiyaga moyillik bo’lganda dozani 1/6 - 1/8 gacha, doimiy taxikardiyada esa - ? gacha ko’tarish kerak. Digoksinning yo’rdamchi dozasini 2 mahal 10-12 soatdan keyin ichishga buyuriladi, uning yetarli bo’lmagan samarasida dori m/o yuboriladi, keyin ichishga beriladi. Glikozidlarni kiritish anuriya va oliguriyada ehtiyotkorlik billan olib borilishi kerak. Bunday holatlarda davolash siydik qaydovchi dorilardan boshlanadi va diurez tiklanganidan so’ng yurak glikozidlari kiritiladi. Tanlangan samarali dozani uzoq vaqt berish mumkin. Dorini bekor qilishga klinik va instrumental ma'lumotlarning me'yorlashuvi xizmat qiladi. Kardit va yurak yetishmovchiligi mavjud bemorlarni davolashda katta o’rinlar siydik haydovchi dorilarga berilgan. YuE bosqichlariga mos ravishda quyidagi diuretiklarni tayinlash rejasini tavsiya etish mumkin.

I-IIA bosqichidagi chap qorincha yetishmovchiligi - veroshpiron;

IIA bosqichli chap qorincha yetishmovchiligi + IIA-B bosqichdagi ong qorincha yetishmovchiligi - furosemid ichishga va veroshpiron;

total IIB-III - furosemid yo’ki laziks parenteral veroshpiron bilan birga, samarasiz bo’lganda brinaldiks yo’ki uregit qosqiladi. Furosemid dozasi - 2-4 mg/kg, veroshpironniki - 1-4 mg/kg, brinaldiks va uregitniki 1-2 mg/kg. Refrakter YuE da diurezni kuchaytirish uchun eufillin (3 ml 2,4% eritmasidan ortiq emas) tayinlanishi mumkin. Stasionarda siydik qaydovchi dorilar qar kuni 1-1,5 oy mobaynida beriladi, agar chap qorinchali, total YuE IIA -B bosqichida bo’lsa, ularni qo’llash uy sharoitida, bunda keyinchalik haftasiga 2-3 mahal ichishga o’tish sharti bilan davom ettiriladi. Miokarddagi metabo’lizmni yaxshilovchi tadbirlar oz ichiga polyarizasiyalovchi aralashmalarni (glyukozaning 10% eritmasi 10-15 mg/kg dan, 1 YeD insulin kiritilayotgan 3 g qand miqdoriga nisbatan, panangin 1 ml/yosh, novokain 2-5 ml 0,25% eritmasi), riboksinni 1 tabletkadan kuniga 2 mahal 1 oy mobaynida, keyin 1 tabletkadan kuniga 2 mahal yana 1 oy mobaynida, kaliy orotatini, pananginni, vitamin V12 ni foliy kislotasi bilan, kalsiy pantotenatini oladi.Anabo’lik steroidlarni, kasallik qozishini oldini olish uchun kasallik boshlanishidan 1,5-2 oy keyin kiritilishi tavsiya etiladi.Atrioventrikulyar blokadada yalliglanishga qarshi davolash va miokard distrofiyasini yogotuvchi dorilar ko'rsatilgan. Adams-Stoks-Morgani sindromi bo’yicha xatarli guruhga daqiqasiga 30-50 va kamroq pulsasiya mavjud bemorlar kiritiladi. Bunday bemorlarga stasionarda izadrinli, alupentli sinamalar qo’llaniladi, uning maqsadi YuQS ning kattalashish imqoniyatini aniqlashdan iborat. Agar β-adrenostimulyatorlar (izadrin ½- 1 tabletkadan til ostiga) dan so’ng pulsning 10-15 zarb/daq ga tezlashishi kuzatilsa, unda ota-onalarga ushbu dorini bolaning holati ozgina o’zgarganida (bosh aylanish, sinko’pe, holsizlik) qollash ta'kidlanadi. Surunkali karditda ko’rpa-to’shak rejimi uzoq vaqtgacha korsatilmasligi kerak (jarayon qo’zishida - 2-3 haftagacha). Prednizolon tayinlanishiga individual yondoshish kerak, sababi surunkali immun yalliglanish gormonal terapiyaga rezistentdir. Refrakter YuE da yurak glikozidlarining uncha katta bo’lmagan dozalarda prednizolon (0,5 mg/kg) va furosemid bilan birga qo'shilishi yaxshi samara beradi. Delagil va plakvenilning voltaren yoki indometasin bilan birga kurslarini yiliga 2-3 mahal qaytalash mumkin. Surunkali karditlar katta yoshdagi bolalarda uchrashi sababli, digoksin 0,02-0,04 mg/kg hisobidan (tana vazni qancha ko’p bo’lsa, to’yinish dozasi shuncha kam) tayinlanadi. Odatda bu 9-12 ta qabul uchun 1/3 tabletka (3-4 kun). Yo’rdamchi doza - 1/2 tabletkadan kuniga 2 mahal (1 tabletkada 0,25 mg), yurak o’zgarishlarining og’irligiga bog’liq holda antigen-antitanacha reaksiyasi natijasida ajralib chihayo’tgan kininlarning shikastlovchi ta'siri surunkali karditda anginin (prodektin, paprmidin), qontrikal 0,25-0,75 g/sut dozada 1,5-2 oy mobaynida tayinlashni taqoza etadi. Miokarddagi modda almashinuvini yaxshilovchi dorilar, asosan anabo’liklar tavsiya etilgan.

Karditli bolalarni dispanserizasiyasi va reabilitasiyasi


  • Mutaxassis ko’rigi amalga oshirilishi: stasionardan chiqqandan so’ng oyiga 1 marta - 3 oy, kvartalda 1 marta - 6-9 oy, keyin 6 oyda 1 marotaba pediatr, kardiorevmatolog, LOR-vrach, stomatolog, aminoxinolin dorilari bilan davolashda - 3-6 oyda okulist, boshqa mutaxassislar korsatmalar bo’yicha.

  • Korikda quyidagilarga diqqatni tortish kerak: interkurrent kasalliklar uchrash tezligiga, tez charchashga, tana qaroratiga, qon aylanish etishmovchiligiga, yurak olchamlariga, tonlar balandligiga, shovqinlarga, ularning dinamikasiga, fizik yuklamaga bo’lgan moslashishga.

  • qo’shimcha tekshiruvlar:

- qon umumiy tahlili - 3 oyda bir marta, keyin yiliga 2 marta

- S-reaktiv oqsil, oqsil fraksiyalari, sial kislota aniqlash uchun qon tahlili - yiliga 2 marta

- umumiy siydik tahlili yiliga 2 marta

- FEKG - 3 oyda 1 marta, keyin 6 oyda 1 marta

- 3 proeksiyadagi yurak rentgenografiyasi, veloergometriya

- funksional sinamalar



  • Sog’lomlashtirishning asosiy yo’llari:

Surunkali infeksiya ochoqlari sanasiyasi. Interkurrent kasalliklarni davolash. Surunkali infeksiyada - mavsumiy bisillin profilaktikasi. Yiliga 2 marta 4 hafta ichida nosteroid dorilarning yarim dozalari yo’rdamida kardiotrofik dorilar bilan birga mavsumiy profilaktika.

Karditning davomli va surunkali kechishida - 4-aminoxinolin dorilari 1-2 yil.



  • Kuzatuv davomiyligi: 3 yildan kam bo’lmasligi kerak, kasallik qo’zishi davrida, uzoq vaqt davom etganida 5 yildan kam emas, surunkali kechishida bolalarni 15 yoshdan ospirinlar kabineti shifokori kuzatuviga topshirish kerak



Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin