Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə161/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   226
ORTTIRILGAN KARDITLAR

Klinik xossalari va kechishi bo’yicha orttirilgan karditlar o’tkir, o’tkir osti va surunkali turlariga bo’linadi.

O’tkir karditlar orasidan miokardning diffuz zararlanishi va ko’pincha atrioventrikulyar blokada hamda turgun taxiaritmiya korinishidagi otkazuvchi tizim zararlanishi hollarini ajratish mumkin.

O’tkir karditlar qar qanday yoshda uchraydi, lekin og’ir shakllari 3 yoshgacha bolalar uchun xosdir. Ular virusli infeksiya vaqtida yoki undan ko’p otmay paydo bo’ladi. Kardit vujudga kelishida bola organizmi oldingi sensibilizasiyasi va yoki allergik moyilligi ahamiyatli orinni egallaydi. O’RVI belgilari pasaygan sari yurak zararlanishi ekstrakardial belgilari yetakchi bo’ladi.

Orttirilgan karditlarni tashxislash mezonlari

Anamnestik: homiladorlik paytida onaning kasallanishi, ishlab chiqarishdagi zararali omilar ta'siri, ba'zi dori vositalarini

uzoq vaqt qabul qilish, alkogolni ko’p iste'mol qilish. Kasallikning ilk belgilari O’RVI vaqtida yo’ki undan 1-2 haftadan so’ng vujudga keladi, bola organizmining oldingi sensibilizasiyasi, konstitutsiya anomaliyalari borligi, emlashqoidalariga rioya hilmaslik xastalik kelib chiqishida ahamiyatga ega.



Klinikasi:

-Ekstrakardial: ishtaha pasayishi, tana vazni ortishining orqada qolishi yo’ki yo’mon o’shishi, holsizlik, ko’p terlash, tez charchashlik; jizzakilik, asabiylashish xurujlari, ba'zida hushidan ketish, tirishishlar, gemiparez, bezovtalik va tunlari ingrab chiqish; kongil aynashi va qusish; terining kul rang tusdagi rangparligi; tana vaziyati o’zgarganda kuchayuvchi xiraxandon yo'tal.

-Kardial: avvaliga chap qorincha, keyin total yurak yetishmovchiligi; burun-lab uchburchagi sianozi; akrasianoz; yurak o’tkazuvchanligining buzilishi; yurak

uchi turtkisi kuchsiz, rezistent yoki mutlaqo aniqlanmaydi; yurak nisbiy tomtoqligi chegaralari siljigan; I ton pasayishi yoki bo’g’iqligi, o’pka arteriyasi

ustida II ton aksenti; funksional xususiyatli yoki mitral klapan nisbiy yetishmovchiligi sistolik shovqini.

Paraklinik:

-Laborator: laborator tekshiruvlar natijalari kam ma'lumotli.

EKG: yurak elektr o’qining o’ngga og’ishi. QRS kompleksi tishchalari voltajining pasayishi. Otkazuvchanlikning turli buzilishlari. T tishcha va ST segmentidagi o’zgarishlar (izochiziqdan pastga siljishi).

-Rentgenologik: o’pkada venoz dimlanish, yurak soyasining kattalashishi, chap qorincha dilatasiyasi.Birinchi kardial belgilar bo’lib chap qorincha yetishmovchiligi belgilari: hansirash, o’pkadagi xirillashlar, taxikardiya hisoblanadi. Bundan keyin diurez kamayadi, to'qimalar kerkishi paydo bo’ladi, jigar kattalashadi. Yurak bukri yo’q, bu kasallikning o’tkirligidan guvoqlik beradi. O’tkir diffuz karditlarda yurak chegaralari ko’pchilik qo’llarda ortacha kengaygan, kamroq qo’llarda esa keskin kengaygan bo’ladi.Auskultasiyada yurak choqqisida I ton pasayishi yo’ki bog’iqlashuvi, kardiomegaliyada ot dupuri qayd qilinadi. Shovqin yo yog, yo u funksional va papillyar mushaklar disfunksiyasiga bog’liq.

Yurak o'tkazuvchi tizimi zararlanishi mavjud bemorlarda yurak tonlari ko’pinchanormal bo’ladi, toliq atrioventrikulyar blokadada esa yurak chuqqisida o’zgaruvchan qarsillovchi "zambaraksimon" I ton eshitiladi. Taxiaritmiya ekstrasistoliya, bo’lmachalar hilpillashi, surunkali ektopik taxiaritmiya bilan bog’liq bo’ladi. Miokarditni tashxislashda ahamiyatga ega ekstrasistoliya 5,2% qo’llarda uchraydi va ko’pincha davolash vaqtida o’tib ketadi. Paroksizmal taxikardiya xurujlarining qat'iyligi jarayonga yurak otkazuvchanlik tizimi qoshilganidan dalolat beradi. O’tkir diffuz karditli bemorlarning barchasida yurak yetishmovchiligi kuzatiladi va asosan chap qorinchali bo’ladi, yurak otkazuvchi tizimi shikastlanishida uning ko’rinishlari minimaldir.


Bolalardagi norevmatik karditlarda yurak yetishmovchiligi belgilari va darajasi


Daraja

Etishmovchilik

Chap qorinchali

O’ng qorinchali

I

YuE belgilari tinch holatda yo’q va taxikardiya yo’ki hansirash korinishida yuklamadan song paydo bo’ladi

II A

YuqS va nafas soni normaga nisbatan mos ravishda daqiqasiga 15

30 va 30

II Б

II B YuqS va nafa soni normaga nisbatan mos ravishda bir daiada 30-50 va 50-70% ga oshgan; akrasianoz, xiraxandon yotal, o’pkalarda mayda pufakchali nam xirillashlar bo’lishiga mumkin

Jigar qovurga ravog’idan 3-5 sm ga chiqib turadi, bo’yin venalari kengayishi


III

YuqS va nafas soni normaga nisbatan mos ravishda daqiqasiga 50-60 va 70-100% ga oshgan; O’pkaning shishi oldi va dimlanishi klinikasi

Gepatomegaliya, shish sindromi (yuzda, oyo’qlarda shishlar, gidrotoraks, gidroperikard, assit)

Paroksizmal taxikardiya xurujlarining qat'iyligi jarayonga yurak o’tkazuvchi tizimi qo’shilganidan darak beradi.




EKG da QRS kompleksi voltaji pasayishi ko’rinishidagi o’tkir karditning tashxisiy mezoni kasallikning 2-3 hafatalarida ahamiyatga ega. Agar EKG

EKG ko’rsatilgan muddatdan kechroq amalga oshirilgan bo’lsa, unda voltaj normal va hatto yuqori bo’lishi mumkin. Bundan tashqari yurak elektr o’qining o’ngga yo’ki chapga og’ishi, chap qorincha zo’riqishi xususiyatlidir.

O’tkir karditning tashxisiy mezonlaridan biri klinik va insturmental ma'lumotlarning 6-18 oy mobaynida qayta rviojlanishi hisoblanadi. Sohayish bolalarning yarmida kuzatiladi, boshqalarida kardit o’tkir osti va surunkali kechishga o’tadi. O’tkir osti karditlar O’RVI dan 4-6 oydan keyin yurak yetishmovchiligining asta-sekin oshishi bilan torpid rivojlanish xususiyatiga (birlamchi o’tkir osti karditlar) ega bo’lishiga va davolash davomida uzoq davom etuvchi jarayonga otuvchi aniq o’tkir bosqichga ega bo’lishiga mumkin. O’tkir osti karditga o’tkir karditning barcha belgilari xos, lekin yurak bukri seziladi,ko’p qo’llarda tonlar baland, mitral klapan etishmovchiligining sistolik shovqini, o’pka arteriyasi ustida turg’un II ton aksenti, davolashga qaramay torpid yurak yetishmovchiligi qayd qilinadi.EKGda o’zgarishlar rigid ritm, yurak elektr o’qining chapga og’ishi, atrioventrikulyar va qorincha ichi otkazuvchanligining buzilishi, chap qorincha va ikkita bo’lmachalarning ortiqcha yuklamasi, ko’pincha musbat T - tishchalaridan iborat bo’ladi. Oxirgi ikkita belgi o’tkir osti karditlarni o’tkir karditlardan farqlaydi. Surunkali karditlar katta yoshdagi bolalar norevmatik karditlarida asosiy orinni egallaydi. Surunkali kardit birlamchi surunkali (simptomsiz boshlanadigan boshlangich klinik bosqichi bilan) va o’tkir yo’ki o’tkir osti karditdan rivojlangan bo’lishiga mumkin.




Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin