TUGMA KARDITLAR
Agar yurak patologiyasi simptomi ona qornida yoki tugruqxonada aniqlansa tugma kardit tashqisi ishonchli deb qaraladi, agar ular bola hayotining birinchi oylarida interkurrent kasalliksiz va/yoki onaning homiladorlik davrida anamnestik ma'lumotlar bo’yicha aniqlansa ehtimolli deb qaraladi.
Anatomik substratlari bo’yicha tug'ma karditlarni erta va kechkilarga ajratishadi. Erta karditning morfologik belgisi endo- va miokardning fibroelastoz yo’ki elastofibrozidir. Kechki tugma karditlar bunday belgilarga ega emas.
Elastik toqimaning ko’p sonli bo’lishiga yurakning erta fetal davrda shikastlanganligi to’g’risida guvoqlik beradi (xomila ichi rivojlanishining 4-7 oylari), bu davrda homila toqimasi alterasiyaga elastoz va fibroz to’qima proliferasiyasi bilan javob beradi. Yurak zararlanishi homilaning 7 oyidan so’ng bo’lsa ("kech fetopatiya") oddiy yallihlanish reaksiyasi rivojlanadi va fibroelastoz kuzatilmaydi.
Makroskopik erta tugma karditlarda dilatasiya va chap qorincha miokard gipertrofiyasi bilan kechuvchi kardiomegaliya aniqlanadi, uning endokardi ancha qalinlashgan bo’ladi. Deyarli 2/3 bemorlarda klapan apparati shikastlanishi kuzatiladi (gemodinamik yoki yallihlanishdan keyingi).Yurak zararlanishining birinchi belgisi tug'ma karditlarning ushbu ikkita variantida hayo’tning birinchi 6 oyida (ba'zida 2-3-yoshligida) paydo bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |