Bronhial astma va obstruktiv bronxitning qiyosiy tashxisi
Belgilari
|
Bronxial astma
|
Obstruktiv bronxit
|
Yoshi
|
1,5 yoshdan katta
|
1 yoshdan kichik
|
Bronxoobstruktiv sindrom ning yuzaga chiqishi
|
ORVIning birin chi sutkasida
|
va kechroq
|
Oldingi bronxoobstruktiv sindrom epizodlari
|
2 marta va undan ko’proq
|
Kuzatilmagan yoki bir marta
|
Allergik kasalliklarga nasliy moyillik
|
Bor
|
Yo’q
|
Ona tomonidan bronxial astma
|
Bor
|
Yo’q
|
Ovqat mahsulotlariga, dorilarga, profilaktik emlashlarga anamnezida allergik reaksiya
|
mavjudligi Bor yo’q
|
|
Maishiy antigenga zoriqish, yashash joyida zax, chang bo’lishi
|
Kuzatiladi
|
Yo’q
|
Tashhislash
-
Anamnez va fizikal tekshirishlar.
Anamnez yigilganda quyidagilarga e'tibor berish kerak.
- Atopik dermatit, allergik rinokon'yunktivit, oilasida bronxial astma yoki boshqa atopik kasalliklar mavjudligi.
Quyidagi simptomlardan bittasi borligi:
-yo'tal, kechqurinlari kuchayadi;
-qaytalovchi hushtaksimon xirillashlar;
-qiyinlashgan nafas qayta epizodlari;
-ko'krak qafasida siqilish hissi.
Simptomlarning paydo bo'lishi yoki kuchayishi:
-tungi vaqtlarda;
-hayvonlar bilan muloqotda bo'lsa;
-ximik aerozollar bilan;
-uy changi;
-gul changlanishi;
-tamaki tutuni;
-atrof-muhit harorati tushganda;
-aspirin, adrenoblokatorlar qabul qilinganda;
-jismoniy zo'riqishdan so'ng;
-O'RVI;
-kuchli emosional zo'riqishdan so'ng;
-
Fizikal tekshirishda BAning quyidagi belgilariga ahamiyat berish zarur:
-ko'krak qafasi giperekspansiyasi;
-nafas chiqarishning uzayishi;
-quruq yo'tal;
-rinit;
-periorbital sianoz "allergik soyalar" (ko'z tagida qorong'i aylana, venalardagi dimiqish hisobiga,
nazal obstruksiya fonida yuzaga keladi)
-burun qanotlarida ko'ndalang burmalar
-atopik dermatit.
Shuni ta'kidlash kerakki, remissiya davrida patologik simptomatika bўlmasligi mumkin (normal fizikal kartina BA tashhisini bartaraf etmaydi).
5 yoshgacha bo'lgan bolalarda BA tashhisi asosan klinik tekshirishlar natijasiga asoslangan bo'ladi. Ko'krak yoshidagi bolalarda triggerlar ta'sirida 3 yoki undan ko'p hushtaksimon xirillash epizodlari bo'lsa, BAga gumon qilinadi, tekshirish va differensial tashhis o'tkaziladi.
Laborator va instrumental tekshirish
Spirometriya. 5 yoshdan katta bolalarda OFV1 (nafas chiqarishning kuchaytirilgan hajmi), FJEL (o'pkaning hayotiy kuchaytirilgan hajmi) va OFV1/FJELni aniqlash zarur. Spirometriya obstruksiya darajasini aniqlab beradi, uning qaytalanishi, shuningdek, og'irlik darajasini aniqlaydi. OFV1 va FJEL ko'rsatgichlarini baholashda yosh gradasiyasini hisobga olish kerak. O'pkaning normal funksiyasida OFVning FJELga nisbati 80%ni tashkil qiladi, bolalarda 90%dan yuqori bo'lishi mumkin. quyida keltirilgan ko'rsatgichlardan past ko'rsatkichlar bronxial obstruksiya haqida o'ylashga imkon beradi. Bronxolitik ingalyasiyasidan keyin OFV1ni 12%ga ko'tarilishi, yoki glyukokortikoidlar bilan ўtkazilgan sinov davoga javobi BA tashhisini qo'yishga yordam beradi.
Pikfloumetriya. Pikfloumetriya (nafas chiqarishning yuqori tezligini aniqlash) - tashhis qo'yishning asosiy usuli bo'lib, BAning keyingi davosini nazorat qilish uchun zarur hisoblanadi. Pikfloumetrning oxirgi modellari qimmat emas, portativ, plastikdan yasalgan va 5 yoshdan katta bemorlarda uy sharoitida ham ishlatsa bo'ladi. Pikfloumetr BA kechishida har kunlik ob'ektiv monitoring o'tkazish maqsadida ishlatiladi. PSV (nafas chiqarishning yuqori tezligi) ko’rsatgichini baholashda bolaning bo’yini hisobga olish zarur (maxsus normagrammalar bor), lekin individual ko’rsatgichlarni aniqlash uchun 2-3 hafta davomida kunlik PSV monitoringini o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. PSV ertalab, ko'rsatkich eng past bo'lganda va kechqurun uyqudan oldin PSV eng yuqori bo’lganda o’tkaziladi. Bronxolitiklarni qo'llaganda esa PSVni dorini qo’llashdan oldin va keyin o'tkaziladi. BAni davolashda simptomlarni, pikfloumetr natijalarini va davo natijalarini yozib borish uchun kundalik tutish muhim ahamiyatga ega. PSV monitoringi kasallik xurujining erta belgilarini aniqlash uchun informativ hisoblanadi. PSV kunduzgi ko'rsatgichi tarqoqligining 20% dan yuqori bo'lishi BAning tashhisot belgisi hisoblanadi, normaga nisbatan siljishi esa kasallikning og'irlik darajasiga to'gri proporsional hisoblanadi.
Nafas yo'llari giperreaktivligini aniqlash
BAga xarakterli belgilar bo'lgan bemorlarda, o’pka funksiyasi ko'rsatgichi normal bo’lsa, nafas yo'llarining metaxolin, gistamin yoki jismoniy zo'riqishga bo’lgan ta'sirini tekshirish tashhis qo'yishda yordam beradi. BA diagnostikasida bu testlar yuqori sezuvchanlikka, lekin past spesifikaga ega.
Ba'zi bolalarda BA belgilari faqat jismoniy zo'riqishdan so'ng paydo bo'ladi. Bu guruxda 6 daqiqalik zo'riqish testini o'tkazish zarur. Bu test bilan birga, OFV1 yoki PSVni aniqlash BA tashhisini qo'yishga yordam beradi.
Laborator tekshiruvlar. BA tashhisini qo'yishda teri testi yokiqon zardobida IgEni aniqlash kam axborot beradi, lekin bu tekshirishlar moyillik omillarini va triggerlarni aniqlashga yordam beradi, ular asosida, atrof-muxit omillariga talluqli nazorat tavsiya qilinadi.Differensial tashhislash BAni differensial tashhislash quyidagi kasalliklar bilan o’tkaziladi.
-ovoz boylamlari disfunksiyasi (psevdoastma)
-bronxiolit
-ko’krak yoshdagi bolalarda yot jism yoki sut bilan aspirasiya
-mukovissidoz
-birlamchi immuno tanqisliklar
-birlamchi seliar diskineziya sindromi
-traxeobronxomalyasiya
-tomirlar rivojlanish nuqsonlari, nafas yollarini tashqi tomondan bosilishi
-nafas yollarini gemangiomasi yoki boshqa o’smalari, granulyoma yoki kistasi, stenozi yoki torayishi,
-obliterlanuvchi bronxiolit
-o'pkaning interstisial kasalligi
-yurak dimlanish nuqsonlari
-sil
-bronx-o'pka displaziyasi
-bo’lakcha emfizemasi
-quyidagi simptomlar aniqlanganda BAga gumonqilinadi:
Anamnez ma'lumotlari:
- kasallik simptomlari 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda paydo bo'lishi;
- respirator distress sindrom yoki sun'iy o'pka ventilyasiyasi;
- neonatal davrda nevrologik disfunksiya;
-bronxolitiklar qo'llanilganda effekt yo'qligi;
-hushtaksimon xirillashlar, emizish yoki qusish bilan bog'liq bo'lsa;
-yutishning qiyinlashuvi yoki qaytalanuvchi qusish;
-diareya;
-tana vazniga kam qo’shilishi;
-kasallik xurujidan keyin oksigenoterapiyaga bo’lgan talabning saqlanishi.
-Fizikal ma'lumotlar:
-nog'ora tayoqchalari ko'rinishidagi barmoqlar deformasiyasi;
-yurakdagi shovqinlar;
-stridor;
-o'pkadagi o'choqli o'zgarishlar;
-auskultasiyada krepitasiya;
-sianoz
-laborator va instrumental tekshirish natijalari:
-ko’krak qafasi organlari rentgenogrammasida o'chog'li yoki infiltrativ o'zgarishlar;
-kamqonlik;
-nafas yo'llarining qaytmas obstruksiyasi;
-gipoksemiya;
Dostları ilə paylaş: |