YuRAK TUG’MA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI DAVOLASh
Konservativ davo - yurak tugma nuqsoni bor bo’lgan bolalarni davolashda uch vazifani bajarishi lozim:
-
hayot uchun xavfli, shosqilinch holatlarda tibbiy yo’rdamni korsatish;
-
turli asoratlar va yoldosh kasalliklarni davolash;
-
o’z vaqtida bemorni kardioxirurg nazoratiga yuborish
Birinchi navbatda hayot uchun xavfli holatlarda o’tkir va ortacha o’tkir yurak yetishmovchiliklarida davolash taktikasini boshlash kerak. Asosiy davoni yurak glikozidlari berishdan boshlash lozim.
Bolalarda yurak gikozidlarining dozasi
Glikozid
|
To’yinish dozasi
|
Tutib turuvchi doza
|
|
2-yoshgacha
|
2-yoshdan kichik
|
2-yoshgacha
|
2-yoshdan kichik
|
digoksin
|
0,075
|
0,05-0,075
|
1/3-1/4
|
1/4-1/5
|
izolanid
|
0,075
|
0,06-0,10
|
1/3-1/4
|
¼ -1/5
|
strofantin
|
0,01
|
0,007
|
Bir martalik doza
|
|
korglikon
|
0,013
|
0,01
|
Bir martalik doza
|
|
-
bemorda o’pka gipertenziyasi belgilari bo’lsa: rezerpin 0,003-0,005mg/kg kuniga 3-4 marta , 2,4% eufillin 1 yoshgacha
0,1mg/kg katta yoshdagi bolalarga xar yoshiga 0,5 mldan
-
qon aylanish yetishmovchiligining 2- darajasida siydik xaydovchi dorilar: laziks 1-3mg/kg vena ichiga yo’ki mushak orasiga
-
hansirash, ko’karish xurujlari bo’lsa: kislorod, morfin-0,2mg/kg v/m, anaprilin-0,2mg/kg, kordiamin-0,3-1,0mg/kg va bemor kasalxonaga yetkiziladi
Yurak qon tomir nuqsoni bo’lgan bolalarni davolashning eng asosiy usuli - bu operasiya bo’lib, u kasallikning ikkinchi davrida o’tkaziladi (3-12 yosh). Bir yoshgacha bo’lgan bolalarni operasiya qilish konservativ davo yo’rdam bermaganda, bemorni umumiy ahvoli yaxshilanmasa o’tkaziladi.Agar chaqalOqlarda yurak tugma nuqsoni belgilari, yurak yetishmovchilik belgilari, kokarish yaqqol ifodalangan bo’lmasa, kardioxirurg nazoratini kechroq o’tkazilsa ham bo’ladi. Bunday bolalarni yashash joylarida kardiolog nazorat qilib turadi.
Dostları ilə paylaş: |