Tana yuzasi maydonini aniqlash
Tana yuzasining maydoni (м²)= √tana vazni (kg) x bo'yi (sm) : 3600
Bosh va ko'krak qafasi aylanasi. Tug'ilganda yetuk chaqaloqlarda bosh aylanasi 33 - 37,5 sm, u ko'krak qafasi aylanasidan 1-2 sm dan oshmasligi kerak.
Birinchi 3-5 oyligida har oyda 1-1,5 sm, keyingi oylarda 0,5-0,7 sm qo'sqiladi. Bir yoshda bosh aylanasi 10-12 sm ortadi va 46-48 sm ga yetadi. 1-3 yoshda bolaning bosh aylanasi bir yilda 1 sm ga ortadi. 4 yoshdan bosh aylanasi har yili 0,5 sm ga ko'payadi. 6 yoshda 50-51 sm, keyingi yillarda 5-6 sm ga ortadi.Chaqaloqlarda ko'krakqafasi aylanasi 33-35 sm. hayotining birinchi yilida har oyda qo'sqilishi o'rtacha 1,5-2 smni tashkil qiladi. Bir yoshda ko'krak qafasi aylanasi 15-20 smga ortadi, keyin bu ko'rsatkich intensiv oshishi pasayadi va maktabgacha yoshdagi davrda 3 sm, maktab yoshida 1-2 sm yilida ko'payadi. Ko'pchilik yetuk tug'ilgan chaqaloqlarda ko'krak qafasi oldi - orqa o'lchami, ko'ndalang o'lchamdan kichik yoki unga teng. hayotining birinchi yili oxirida ko'ndalang o'lchami orqa - oldi o'lchamidan kattaroq bo´ladi va ko'krak qafasi shakli kattalar konfigurasiyasiga yaqin bo´ladi, ya'ni kengayadi.
Jismoniy rivojlanishni baholash va monitoring qilish uchun ma'lum vaqt ichida bolani o'lchab turish zarur:
-
tana vazni va qo'sqilish tezligi;
-
bo'y o'sish tezligi
-
bosh aylanasi va o'sish tezligi;
-
psixomotor va aqliy rivojlanishi.
Tana vaznini qaysi vaqtlarda va necha marta o'lchash kerak?
Birinchi o'lchash
|
tug'ilganda
|
Ikkinchi
|
15 kunlik
|
Uchinchi
|
30 kunlik
|
Har oyda
|
Bir yoshgacha
|
Har 3 oyda
|
1-3 yosh
|
Har 6 oyda
|
3-5 yosh
|
Har yili
|
Keyingi yoshlarda
|
Bolaning xronologik yoshi yillarda va oylarda ko'rsatiladi. Masalan:
O'lchangan vaqti: 2003, 30 aprel=03.04/12
Tugilgan vaqti: 2001, 29 mart=01.03/12
Xronologik yoshi: 03.04/12- 01.03/12=02.1 (2 yosh 1 oy)
Jismoniy rivojlanish monitoringini o'tkazish orqali o'sishning orqada qolishini klinik belgilar yuzaga kelishidan oldin aniqlash mumkin.
hamma bosqichlarda bolada o'tkaziladigan o'lchashlar - bo'yi, tana vazni, bosh aylanasi standart diagrammada nuqta ko'rinishida belgilanadi va jismoniy rivojlanishning (egri chiziq) grafigi tuziladi, diagrammaning o'zi bolaning rivojlanish kartasida bo'lishi kerak.
Har bir grafikda 5 ta egri chiziq bo'lib, ulardan asosiylari - mediana 0, -2 va +2 standart og'ish (SO) hisoblanadi.
Bo'yi va vazni -2SO va +2SO ga to'g'ri kelgan bolalarning jismoniy rivojlanishi normada hisoblanadi.
-2SO dan past va -3SO gacha bo'lgan, +2SO dan yuqori va +3SO gacha bo'lgan natijalar past va normadan yuqori xisoblanadi va bunday bolalar ozish va semirishga moyil bo'lgan bola sifatida alohida e'tiborni talab qiladi.
-3SO dan past va +3SO dan yuqori ko'rsatkichli bolalar yomon ko'rsatkichli hisoblanadi.
Bola rivojlanishi proporsionalligini baholash uchun ba'zi antropometrik indekslardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |