Mushak to'qimasining anatomo-fiziologik xususiyatlari
Bolalarda kattalardan farqli ravishda mushak vazni tana vazniga nisbatan kichik. Chaqaloqlarda bukuvchi mushaklar tonusning yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Mushak tolalari rivojlanishi bilan parallel ravishda mushaklar biriktiruvchi to'qimasi karkasi shakllanadi, 8-10 yoshda qoshimcha differensiyasiga yetadi. Chaqaloqlarda uyqu vaqtida mushaklar boshashadi. Skelet mushaklarining doimiy aktivligi bir tomondan ularning qisqaruvchi termogenez reaksiyalarida ishtirok etishi, boshqa tomondan esa, bu aktivlik va mushaklar tonusining osuvchi organizmning anabolik jarayonlarida ishtiroki bilan aniqlanadi. Bolalarda mushaklarning rivojlanishi bir xilda bormaydi. Birinchi navbatda yelka yirik mushagi, yelka oldi mushagi rivojlanadi, keyinroq qo'l kafti mushaklari rivojlanadi. 6 yoshgacha bolalar barmoqlari bilan yengil ishlarni bajara olmaydilar. 6-7 yoshdan boshlab, bolalarni asta-sekin yozishga o'rgatish mumkin. 8-9 yoshdagi bolalarda boylamlar zichlashadi, mushak rivojlanishi kuchayadi, mushak hajmi ko’payishi aniqlanadi. Jinsiy shakllanish davri oxirida faqat qo'l mushaklari emas, orqa, yelka, oyoq mushaklari o'sa boshlaydi. 15 yoshdan keyin kichik mushaklar intensiv rivojlanadi, mayda harakatlar koordinasiyasi va aniqligi shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |