Raxitning klinikasi
Boshlanish davri. Kasallikning birinchi belgilari bola hayotining 2-3 oylarida paydo bo´ladi. Bolaning xatti-harakatlari ozgaradi: bezovtalik,
chochish, yuqori qo’zg’aluvchanlik, tashqi qo’zgalishlarga qaltirash (qattiq shovqin, to'satdan yorug'lik tushishi). Bolaning uyqusi yuzaki va qo’rquvli bo’lib qoladi. Ter ajralishi kuchayadi, asosan boshning soch qismida va yuzda, turg’un qizil dermografizm aniqlanadi. Ter nordon hidli bo’ladi va terini qichishtiradi. Bola boshini yostiqga ishqalaydi, ensa sohasida soch to’kilishi paydo bo’ladi. Bu yosh uchun xos bo’lgan mushaklar fiziologik gipertonusi, mushak gipotoniyasi bilan almashinadi. Katta lihildoq chegaralari va kalla choklari mortlashadi, suyak-toqay birikkan joyda qovurgalar yo’qonlashadi ("raxit tasmalari").
Kaft suyaklari rentgenogrammasida suyak toqimalarining siyraklashishi kuzatiladi. Qon bioximik tekshiruvida kalsiy konsentrasiyasi normal yo’ki yuqori, fosfat konsentrasiyasi pasayganligi aniqlanadi; ishqoriy fosfataza aktivligi yuqori bo’lishiga mumkin. Peshob tahlilida fosfaturiya, ammiak va aminokislotalar miqdori ortadi.
Dostları ilə paylaş: |