BRONXIAL ASTMA
Bronxial astma (BA) - nafas yo′llarining surunkali yalliglanish kasalligi bo’lib quyidagi belgilar bilan namoyon bo’ladi: nafas yollarining to′liq yoki qisman qayta obstruksiyasi, bronx silliq mushaklarining spazmi, shilliq qavat shishi, shilliq osti qavatining yalliglanish hujayralari bilan infiltrasiyasi, shilliq gipersekresiyasi, bazal membrananing qalinlashishi; maxsus trigger omillar ta'sirida yuzaga keluvchi va asosan kechqurin yo’ki ertalab paydo bo’luvchi yo′tal epizodlari, hushtaksimon xirillashlar, hansirash, ko’krak qafasida siqilish hissi; nafas yo′llari giperreaktivligi.
Tarqalishi. Bolalik davrida bronxial astma eng ko’p tarqalgan surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. qaytalanuvchi bronx-o’pka patologiyasi strukturasida astma 50-60%ni tashkil qiladi.
Epidemiologik ma'lumotlar, ISAAC (bolalarda astma va allergiyani halqaro organish muassasasi) ma'lumotlariga asosan BA bilan 5-20% bolalar kasallangan. Ko’p qo’llarda tashqis kasallik boshlangandan, 2-6 yil keyin qo’yiladi, bu kasallik Oqibatini yomonlashtiradi.
Bronxial astma etiologiyasida ikki guruh omillari farqlanadi: antigen va noantigen. Antigen omillarga ekzogen allergenlar kiradi, ular orasida noinfeksion allergenlar muhim rol oynaydi.-"maishiy" allergenlar (chang, epidermal, hashorat va qurt-qumursqalar, akvariumdagi baliqlarning ovqati)
-gul changi allergenlari
-ovqat allerganlari
-dorilardan, jumladan gamma globulin va oqsil dorilari.
Bolalarda noinfeksion sensibilizasiya shakllanishining aniq qonuniyatlari mavjud. Erta yoshda ovqat allergiyasining allergodermatoz shakli ko’p uchraydi. Ba'zi kasallarda erta ovqatlanish sensibilizasiyasida nishon-organi - hazm qilish trakti va nafas olish tizimi hisoblanadi. Epidermal sensibilizasiyaning qosqilishi (hayvonlar juni, par yostiq va boshqalar) ko’pincha respirator allergozlar bilan bir vaqtda boshlanadi, bu bosqichda respirator allergoz rinofaringit, laringotraxeit va respirator allergiyaning "kichik" shakllari bilan yuzaga chiqadi. Respirator allergik kasalliklarga ba'zida infeksion kasallik deb xato tashqis qoyiladi, bu oz navbatida ko’p dorilar ishlatilishi va medikamentoz allergiyaning rivojlanishiga olib keladi. Ko’pgina bolalarda bronxial astmaning tarqoq tipik klinikasi uy changiga sensibilizasiyaning qo′shilishidan keyin yuzaga keladi va shakllanishi bola hayotining 2-5 yoshiga to’g’ri keladi. Bolalarda o′simlik gullariga sensibilizasiya katta yoshda shakllanadi, epidermis va uy changi allergenlariga sensibilizasiya 2-5 yoshlarda ham kuzatilishi mumkin.
Bakteriya, viruslarning astma etiologiyasida sensibilizasiya rolini o′ynashi ko’p tekshiruvchilar tomonidan inkor qilinmoqda, biriq pubertat yoshda va kattalarda infeksion sensibilizasiyaning qosqilishi mumkin.
Noantigen omillar. BA xurujiga ko’p fizik omillar (sovuq qotish, insolyasiya, qizib ketish va boshqalar), meteorologik sharoit (shamol, atmosfera bosimi va temperaturaning tushishi), psixogen omillar (qorquv, qaygurish, qo’zgalish), jismoniy zoriqish sabab bo’ladi.
Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishiga homilaning homilaichi sensibilizasiyasi, turli ta'sirlar natijasida yuzaga kelgan, fetoplasentar barerning yuqori otkazuvchanligi sabab bo’ladi. Kasbiy zararli odatlar, aktiv va passiv chekuvchilar ham ta'sir qiladi.
Postnatal sensibilizasiya omillari orasida antigen ekspozisiya bola hayotining birinchi ikki yilligida muhim ahamiyatga ega.
Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishida patologik kechgan homiladorlik oqibatida MNSning perinatal zararlanishi,
homilaning anti va intranatal gipoksiyasi, tugruq jaroqatlari sabab bo’ladi.
Bronxial astma rivojlanishiga moyillik tu?gdiruvchi omillar:
Irsiyat:
1. Agar bolaning ota-onasida atopiya bo’lmasa bolada kasllik rivojlanish xavfi 0-20% ni tashkil qiladi
2. Agar atopiya belgilari faqat otasida bo’lsa atopik belgilar bolada 33%, astma esa 25% da rivojlanadi.
3. Agar atopiya belgilari faqat onasida bo’lsa u holda atopiya 48% sibslarda, astma esa 38% bolalarda namoyon bo’ladi
4. Agar atopiya belgilari otasida va onasida bo’lsa, u xolda atopiya va bronxial astma rivojlanish xavfi 60-100%ni tashkil qiladi.
Sog´lom odam organizmining immun sistemasi e'tiborga olmaydigan atrof muxitdagi allergenlarga bo’lgan gipersezuvchanlik irsiyat orqali o′tadi. Atopik kasalliklarga irsiy moyillik bo’lgan xollarda BA erta yoshda boshlanadi va og’ir kechadi.Kichik yoshdagi bolalarda BA ning eng ko’p uchraydigan sababchisi organizmga kuchli sensibillovchi ta'sir korsatuvchi o’tkir respirator virusli infeksiya bo’lib, u nafas yollari zararlangan shilliq qavatlarining turli xil aeroallergenlarga otkazuvchanligini oshiradi, viruslarning antigen xususiyatlari esa infeksion jarayon davomida makroorganizmning immunologik qayta qurilishini chaqiradi. Kichik yoshdagi bolalarda ko’p vaqtgacha BA o’rniga "Obstruktiv sindromli O′RVI", "qaytalanuvchi obstruktiv bronxit" tashqisi qo’yiladi va norasional davo belgilanadi. Ko’p yillar otgach bolaga tipik bronxial astma tashqisi qo’yiladi.
Patogenezi. Patogenezi bo’yicha BA ikki variantga ajratiladi: immunopatologik va noimmun. Immunopatologik shakli orasida bolalarda Gell va Coombs klassifikasiyasida I tip bo’yicha amalga oshuvchi atopik BA asosiy rolni o′ynaydi. Bu variantning asosiy sababi ko’pincha noinfeksion allergenlar hisoblanadi. Kam qo’llarda etiologiyasida noinfeksion allergenlar bilan bir qatorda infeksion omillar xam rol o′ynovchi kasallikning immunokompleks varianti uchraydi (Gell va Coombs klassifikasiyasida III tip). Individual patogenezda BAning korsatilgan immunopatologik shakllari birga kelishi mumkin.Bronxial astmaning noimmunologik mexanizmi asosida genetik determinlangan yoki BAning immunopatologik shakli fonida orttirilgan bronxlarning nospesifik giperreaktivligi yotadi. Bronxlar reaktivligi ortishida muxim omillardan biri o’tkir va surunkali bronx-o’pka kasalliklari hisoblanadi. Infeksiyaning provosirlovchi ta'siri mexanizmi turlicha, lekin ularning bari asosida quyidagilar yotadi: nishon-organlar epitelial bareri otkazuvchanligining ortishi, spesifik allergenlar patologik ta'siriga qarshiligining pasayishi, nishon-organlar hujayra membranasi reseptorlarining infeksion agentlar bilan qo’zgalishi. Bronxial astma xuruji patogenezida erta yoshdagi bolalarda anatomo-fiziologik xususiyatlarga asosan (bronxial daraxt yorugining torligi, mushak qavatining kuchsiz rivojlanganligi, qon va limfa tomirlarining yaxshi rivojlanganligi) bronxospazm yetakchi mexanizm bolaolmaydi. Birinchi o´rinda bronx shilliq qavatining yalliglanishi turadi, shish va shilliq gipersekresiyasi, S.G.Zvyaginseva (1958 y) tushunchasi bo’yicha bu yoshda oziga xos klinik manzaraga xurujlarning katta davomiyligiga asoslangan "?hol astma" kiradi. Bunda o’pkada ko’p miqdorda nam xirillashlar eshitiladi, 5-10 kungacha, ba'zida uzoq muddat saqlanadi. Kasallikni bunday kechishi - astmatik bronxit korinishida kechishi, ba'zida, o’pkaning infeksion-yalliglanish kasalliklarini giperdiagnostikasiga sabab bo’ladi va bu yoshda bronxial astmaning gipodiagnostikasiga sabab bo’ladi. hozirgi kunda BA erta yoshda ham uchrashi ko’rsatilgan.
Klassifikasiyasi. Klinik belgilarga kўra BAning og′irlik darajasi klassifikasiyasi (kunduzgi simptomlar soni bir kunda, haftada, tungi simptomlar soni haftada, beta2 adrenomimetiklarni
Qo’llanilishi, PSV yo’ki OFV1ni qiymati PSVning sutkalik o’zgarishi) bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |