Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


-pog’ona: og’ir persistirlovchi BA



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə155/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   226
4-pog’ona: og’ir persistirlovchi BA

  • Simptomlar xar kuni paydo bo’ladi.

  • qaytalanish ko’payadi.

  • Tungi simptomlar kuchayadi.

  • Jismoniy faollik chegaralanadi.

  • OFV1 yoki bo’lishi kerak bo’lgan qiymatidan PSV >60%

  • PSV yoki OFV1ni ko’rsatgichi >30%

Bunday tasnif bolaga boshlang’ich davo buyurtirishda muhim ahamiyatga ega.


KIChIK YoShDAGI BOLALARDA BRONXIAL ASTMANING KEChISh XUSUSIYaTLARI VA TAShXISOT MEZONLARI

Bolalik davrida uchraydigan bronxial astma GINA-2002 bo'yicha (Global initiative for asthma, 2002) "tashhis qo΄yishga qiyin bo'lgan holatlarga kiritilgan. Ishchi konsepsiyasiga ko'ra, yilida ikki martadan ko'p yo'tal, ?ushtaksimon nafas yoki hansirash bilan shikoyat qilgan har qanday bola bronxial astmaga gumon ?ilingan bemor hisoblanadi va bu tashhisni istisno qilish yoki tasdi?lashni talab ?iladi. Asosan bu erta yoshdagi bolalarga tegishli, chunki bu yoshda bronxial astma kўpincha istisno tari?asida ?ўyiladi va muammoga to'laroq to'xtalishni talab ?iladi. Bronxial astma bu yoshdagi bolalarda turli xil klinik ko’rinishi bilan far?lanadi. Kasallik allergiyaga nasliy moyillik bilan bog'liq bo'ladi. 70-80% bolalarda bronxial astmaning rivojlanishi erta yoshdagi bolalarga to'g'ri keladi. Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishiga homilaichi sensibilizasiyasi, turli ta'sirlar natijasida yuzaga kelgan fetoplasentar barerning yuqori o'tkazuvchanligi sabab bўladi. Kasbiy zararli odatlar, aktiv va passiv chekish ham ta'sir qiladi. Postnatal sensibilizasiya omillari ўrtasida antigen ekspozisiya hayotining birinchi ikki yilligida muhim ahamiyatga ega. Bola hayotining birinchi yilida asosiy sensibillovchi omil ovqat allergenlari hisoblanadi. Eng ahamiyatlisi, tovuq oqsili, sigir suti, bug'doy va boshqa donlilar, baliq, yong'oq, kakao, sitruslar va boshqa sariq-qizil rangli mevalar, sabzavotlarga bўlgan sensibilizasiya hisoblanadi. Bola hayotining birinchi yili oxirida maishiy allergenlarning o'rni ortadi. Bu yoshda uy changiga va kapa allergenlariga sensibilizasiya ko'pgina bemorlarda aniqlanadi. 3-4 yoshlarga kelib, chang allergenlarining o'rni ortadi, bu turli xil iqlim geografik zonalarda xar-xil bo'ladi. Erta yoshdagi bolalarda sensibilizasiya spektrining almashib turishi har doim ham bosqichma-bosqich tarzda kuzatilmaydi. Keng spektrli allergenlarga bўlgan sensibilizasiya ko'p aniqlanadi. Shuning uchun, erta yoshdagi bolalarda allergologik tash?is (bu yoshda provokasion, ingalyasion sinamalar o'tkazilmaydi, teri sinamalari kam sezgirli -skarifikasiya o'rnida bo'rsildoq ko'pincha bўlmaydi va musbat reaksiyaning birgina belgisi eritema hisoblanadi), to'liq yig'ilgan anamnez mu?im rol ўynaydi. Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishida patologik kechgan homiladorlik oqibatida MNSning perinatal zararlanishi, homilaning anti va intranatal gipoksiyasi, tu?ru? jarohatlari sabab bo'ladi.Bola hayotining birinchi yilida gipoksiya va jarohatdan keyingi perinatal ensefalopatiya belgilari asosiy rol o'ynaydi. 25% bemor bolalarda nevrologik buzilishlar katta yoshdaham saqlanadi, bronxial astma kechishiga ta'sir qiladi. Ekspirator hansirashni birinchi tipik kechishiga, atopik dermatit, turli xil ovqat mahsulotlariga bo'lgan o'tkir allergik reaksiya, dori vositalariga, profilaktik emlashlarga (ekzantema, eshakemi, Kvinke shishi, intoksikasiyasiz va gipertermiyasiz, ammo yaqqol kataral holatlar bilan kechadigan ?ayta respirator kasalliklar) sabab bo'ladi. Respirator allergiyaning ushbu kўrinishlari shifokorlar tomonidan o'tkir respirator virusli infeksiya, bronxitlar, pnevmoniya deb yuritiladi. Bemorlar antibiotiklar bilan davolanadilar, bu esa dori sensibilizasiyasiga olib keladi, dori allergiyasining turli klinik ko'rinishi bilan namoyon bўladi.Erta yoshdagi bolalarda bronxial astmaning tipik xuruji muhim sababga ega allergenlar bilan muloqotda bo'lgandan keyin rivojlanadi.

1-2 kun oldin xuruj darakchisi paydo bo’ladi (bola yig’loq, qo’zg’aluvchan yoki lanj bўlib qoladi), ishtahasi pasayadi, terida qichishish va boshqa allergik reaksiyalar paydo bўladi. Yo’talish asta-sekin qaytalanuvchi quruq yo’talga aylanadi. Nafas qisish xuruji sutkaning har qanday vaqtida paydo bo’ladi va ekspirator yoki aralash hansirash-ekspirator komponentni ustunligi bilan kechadi, ko’krak qafasi tortilishi, emfizematoz shish, ba'zan qusishgacha olib keluvchi asabli quruq yo’tal, quruq yoki nam balg’amli yo’tal, o’pkada tarqoq quruq xirillashlar, shuningdek, turli kalibrdagi nam xirillashlar eshitiladi. Shovqinli hushtaksimon nafas masofadan eshitiladi, teri rangi oqargan, og’iz-burun uchburchagining ko’karishi, akrosianoz aniqlanadi. Xuruj dinamikasida quruq yo’tal nam yo’talga aylanadi. Erta yoshdagi bolalarda to’liq davolanmagan yo’ki tez-tez qayta xurujlar astmatik holatga olib keladi. Yuqorida ko’rsatilgan xuruj davrining varianti o’ziga xos klinik va funksional kўrinishga ega bo’ladi. Bolalar shikoyat qilmasliklari mumkin, ularning o’zini his qilishi o’zgarmasligi mumkin, bolalar doimiy nafas yetishmovchiligiga moslashgan bўladi. Ekspirator hansirash yaqqol ifodalanmaydi, ammo ba'zan jismoniy zo’riqishdan keyin zo’rayadi, bolani doimiy quruq yo’tal bezovta qiladi, ko’krak qafasi shishadi, o’pkada kuchsiz nafas, tarqoq xirillashlar eshitiladi, teri rangi oqarishi, akrosianoz kuzatiladi.Bu davrda infeksiyaning qo’sqilishi, stress holatlar, o’tkir xurujlar rivojlanishi bola holatining yomonlashishiga olib keladi. Buyrak usti bezi po’stloq funksiyasining buzilishi erta yoshdagi bolalarda astmatik holatni rivojlanishiga sabab bo’ladi, shifokordan o’z vaqtida mos davo o’tkazishni talab qiladi. Erta yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik xususiyatlari tufayli (bronxial daraxt yorug’ining torligi, mushak qavatining kuchsiz rivojlanganligi, qon va limfa tomirlarining yaxshi rivojlanganligi) bronxial astma xuruji patogenezida bronxospazm yetakchi mexanizm bo’laolmaydi.

Bolalarda bronxial astma patogenezida birinchi o’rinda bronx shilliq qavatining yallig’lanishi, shish va shilliq gipersekresiyasi turadi. S.G.Zvyaginseva (1958 y) tushunchasi bo’yicha bu yoshda o’ziga xos "ho’l astma" klinik manzarasini yuzaga keltiradi, xurujlar uzoq davom etadi. Bunda o’pkada ko’p miqdorda nam xirillashlar eshitiladi, 5-10 kungacha, ba'zida uzoq muddat saqlanadi. Kasallikning astmatik bronxit ko’rinishida kechishi ko’p xollarda o’pkaning infeksion-yallig’lanish kasalliklari giperdiagnostikasiga sabab bo’ladi va bu yoshda bronxial astmaning gipodiagnostikasiga olib keladi. Bola yoshi va kasallik davomiyligiga qarab, jismoniy yoki psixoemosional zo’riqish, tamaki tutini, nam yoki ifloslangan atmosfera havosi, boshqa nospesifik qo’zg’aluvchilar bronxial astma xuruji rivojlanishiga sabab bo’ladi. Erta yoshdagi bolalarda bronxial astma xuruji qo’zg’atuvchisi o’tkir respirator virusli infeksiya bo’lib, organizmga kuchli sensibillovchi ta'sir ko’rsatadi, turli xil allergenlar uchun nafas yo’llarining zararlangan shilliq qavatini yuqori o’tkazuvchanligiga olib keladi, shuningdek, viruslarning antigen xususiyati, makroorganizmning immunologik jarayonga qayta tuzilishi bilan bog’liq bo’ladi. Bronxial astma xurujining o’tkir respirator virusli infeksiya tomonidan qo’zg’atilishi, o’tkir obstrukttiv bronxit bilan klinik ko’rinishi, funksional va laborator o‘zgarishlari o’xshash bo’lishi differensial tashhisni qiyinlashtiradi. Erta yoshdagi bolalarda uzoq vaqt davomida, bronxial astma "bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi O’RVI", "qaytalanuvchi obstruktiv bronxit" deb talqin qilinadi va bemorlar norasional davo olishadi. Bir necha yillardan keyin obstruktiv bronxit tipik bronxial astmaga o’tganligi aniqlanadi. Alohida kuzatuvlar natijasi shuni kўrsatdiki, 8-10 yil o’tgandan keyin bu bolalardan yarmida bronxial astma bilan kasallanganlik aniqlanadi.

Erta yoshdagi bolalarda bronxial astmaning obstruktiv bronxitdan farqi nasliy allergik kasalliklarga yuqori moyillik, dorilarga, ovqat mahsulotlariga, profilaktik emlashlarga allergik reaksiyaning yuqoriligi, O’RVIning boshlanish davrida bronxoobstruktiv sindromning tez avj olishi va kam davomiyligi; bronxolitik terapiyaning aniq samaradorligi, immunologik reaksiyaning yaqqol rivojlanganligidir. Lekin klinik belgilarning, laborator ko’rsatgichlarning ko’pligi, differensial -diagnostikada qiyinchilik tug’diradi. Amaliyotda bu ko'rsatgichlarni hech qaysi biri obstruktiv bronxit va bronxial astmaning differensial-diagnostik mezoni bo’lmaydi.





Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin