Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Bronxial astmaning davosi



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə157/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226
Bronxial astmaning davosi

BA ni davolashdan maqsad kasallikni nazorat qilishga erishish va uni ushlab turish. Bolalarda BAni davolash quyidagilarga qaratilgan:

- hayot uchun xavfli bo'lgan holatlarni va o’limning oldini olish;

- Klinik belgilarni bartaraf qilish yoki kamaytirish;

- Tashqi nafas funksiyasi kўrsatkichlarini normallashtirish yoki yaxshilash;

- Bolaning aktivligini tiklash, jismoniy yuklamalarga chidamlilikni oshirish;

- Bronxolitik preparatlarga muhtojlikni kamaytirish;

- Davoning nojo'ya ta'sirining oldini olish;

- Nogironlikning oldini olish.
Bronxial astmaning kompleks davosi quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi:

- Kasal bolalarni va ularning ota-onalarini quyidagilarga o’rgatish: davoning maqsadini bilish, o'zini nazorat qilishni o’rganish, ingalyasiya qilish texnikasi, xuruj boshlanganda o'ziga yordam berish

- Kasallikning avj olishiga sabab bo’luvchi omillarni bartaraf qilish (eliminasiya)

- Kasallik avj olishini oldini oluvchi (yallig’lanishga qarshi) va xuruj vaqtida simptomlarni kamaytiruvchi

- dorilarni rasional qo’llashni bilish (bronxolitiklar)

- Spesifik immunoterapiya

-Doimo vrach nazoratida bo’lish va o'z vaqtida davoni korreksiya qilish hozirgi vaqtda BAni davolashda pog'onali terapiya usulidan foydalanilmoqda, ya'ni, kasallikni og'irlik darajasiga qarab, dori moddalarni qo'llash tavsiya etilmoqda. Dorilarni qabul qilish dozasi vaqti kasallikning og'irlik darajasi ko'tarilganda yoki simptomlar bartaraf qilinishiga bog'liq holda o'zgartiriladi.Yallig'lanishga qarshi dorilar prolongirlangan ta'sirga ega ( adrenomimetiklar yoki teofillin preparatlari) bronxkengaytiruvchilar bilan birga qo'llaniladi.

Ambulator bosqichda bronxial astmaning yengil xurujida birlamchi yordam tez ta'sir qiluvchi adrenomimetiklar dozali aerozol ingalyatorlarni qo'llashdan iborat.

O'rta og'ir va og'ir xurujlarda adrenomimetiklar takror bir soat mobaynida 20-30 minut interval bilan qo'llaniladi, keyin zaruriyatga qarab, har 4 soatda qo'llaniladi. Nebulayzer terapiyadan ham foydalaniladi. Bronxkengaytiruvchi ta'sirni bromidlar qo'llash bilan kuchaytirish mumkin.Agar effekt yetarli bo'lmasa, prednizolon ichishga 91 yoshgacha 1-2mg/sutkada, 1-5 yoshda 10-20mg/sut) beriladi yoki parenteral yuboriladi. BA ning qo'zish davrida budesonid suspenziyasi bilan davolanadi, uni fiziologik eritmaga aralashtirib qo'llaniladi, shuningdek, bronxolitik eritmalari (salbutamol, bromid0 bilan qo’shib beriladi. Dozasi bolalar uchun 0,25-0,5mg (1mg gacha) kuniga 2 marta beriladi.Bemorlarda og'ir qo’zish davrida klinik kartinasida hamma simptomlar ham namoyon bo’lmasligi mumkin, sianoz, "soqov o'pka", umumiy holsizlik, nafas chiqarishning yuqori tezligi 30%dan past bo'lsa, shifokor bunday bemorlarni kasalxonaga yotqizish haqida o’ylash kerak.Bir soat davomida o'tkazilayotgan davo effektivligi bilinmasa, bemorni shoshilinch ravishda shifoxonaga yuborish zarur. BA va allergik rinitda bazis terapiya pog'onali usulidan foydalanib o'z vaqtida va rasional qo'llash, uzoq remissiyaga sabab bo’ladi, allergik kasalliklarni avj olishini oldini oladi.



Birlamchi profilaktika - yuqori xavf guruhidagi shaxslarda kasallikni paydo bo’lishigani oldini olish. Postnatal profilaktika quyidagi tadbirlarni o’tkazishga qaratilgan:

-go’dak yoshidagi bolalarda ko’krak suti bilan ovqatlantirishni targ’ibot qilish;

-chekuvchi ota-onalarga chekishni bola uchun zararli tomonlarini tushintirish;

Ikkilamchi profilaktika. BA kasalligi rivojlanmagan, lekin organizmda sensibilizasiya bor bolalar uchun o’tkaziladigan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.

- BA oilaviy anamnez yoki allergiya (ona tomonidan irsiy moyillik bor bo’lsa BA rivojlanish xavfi 50% gacha).

-bolada boshqa allergik kasalliklar mavjudligi (atopik dermatit, allergik rinit, risk BA - 10-20%).

-umumiy IgE miqdorining 30 ME/mldan ortiqligi, maxsus IgE-AT sigir suti Oqsiliga/tuxum sarig’iga kuzatilgan bo’lsa;



Uchlamchi profilaktika BAni chaqiruvchi omillarni kamaytirishga qaratilgan.

Eliminasion rejim

-Uy changi va allergenlarni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar.

-Gilamlarni linoleum bilan almashtirish zarur.

-Barcha oqliqlarni qar haftada issiq (55-60 °S) suvda yuvish.

-Gilamlarni tanin kislotasi bilan tozalash kerak;

- Tozalash uchun HEPA-filtrli chang yutgichlardan foydalanish zarur;

-Yumshoq o’yinchoqlarni issiq suvda yuvish yoki vaqti-vaqti bilan muzlatish;

-Uy hayvonlarini yotoq xonaga va yashash joyiga qoymaslik zarur.

-Shaqar uylarida suvaraklar ko’payishiga yo’l qo’ymaslik kerak.



Erta yoshdagi bolalarda ovqat allergiyasi kamdan-kam qo’llarda BA qaytalanishi omili bo’lib hisoblanadi.


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin