Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Erta tug’ma karditlarning tashxisiy mezonlari



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə160/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   226
Erta tug’ma karditlarning tashxisiy mezonlari

Anamnestik: yurak-qon tomir kasalliklariga irsiy moyillik; homiladorlik paytida onaning kasallanishi; tug’ilishida bola tana vaznining pasayishi. Kasallikning birinchi belgisi bola hayotining birinchi yarmida kuzatiladi, postmiokardik elastofibrozda - hayotining 6-18 oylarida.

Klinik:

  • Ekstrakardial: tana vaznining sababsiz kam qo’sqilishi; jismoniy rivojlanishda orqada qolish; statistik funksiyalar rivojlanishining sekinlashishi; rangparlik, lanjlik, ko’p terlash, afoniya, sababsiz bezovtalanish xurujlari.

  • Kardial: shilliq qavatlarning, barmoqlar uchlarining yengil sianozi; chap tomonlama yurak bukri; yurak turtkisi susaygan yo’ki aniqlanmaydi;

tonlarning bo’g’iqlashuvi yoki pasayganligi; davolashga rezistent bo’lgan taxikardiya; yurak-qon tomir yetishmovchiligi, odatda total, lekin chap qorincha etishmovchiligi ustunligi bilan.

Paraklinik:

Laborator: EChT, leykositlar, qon zardobi oqsil fraksiyalari, ASL va AST titri me'yorda bo’ladi yoki ozgina o’zgargan.

Rentgenografik: chap o’pka pastki bo'lagi atelektazi. Yurakning sharsimon yo’ki oval ko'rinishi, chap qorinchaning kuchli dilatasiyasi bilan birga yurak boshlilarining kattalashishi.


Kech tug’ma karditlarning patomorfologik tekshiruvi yurak

qavatlarining bir yoki bir nechtasining, o’tkazuvchi tizimning, ba'zida koro
EKG da: tugma fibroelastozda QRS komplekslarining yuqori voltaji, rigid
tez marom (ko’pincha marom sur'ati va otkazuvchanlik buzilishlarisiz), chap qorincha miokardi gipertrofiyasi, ishemiya belgilari bilan subendokardial bo’limlarning ishemiyasi (ST segmentning izochiziqdan pastga siljishi va manfiy T tishcha) coranar arteriyalarning patologik jarayonga qo’sqilishini aniqlaydi, kardioskleroz va miokard gipertrofiyasi rivojlanadi. Lekin kasallik davomiyligi unchalik ahamiyatli emas, bu haqida endo- va miokardda elastik to’qima yo’qligi va faol yalliglanish jarayoni guvoqlik beradi.

Kech tugma karditlarning tashxisiy mezonlari



Klinik:

  • Ekstrakardial: tug’ilganda normal tana vazni, kam qo’llarda bachadon ichi gipotrofiyasi uchraydi; ko’krak bilan ovqatlantirganda bolaning charchab qolishi; hayotining 3-5 oyidan keyin jismoniy rivojlanishdan orqada qolish; statistik funksiyalar rivojlanishining kechikishi; nafas a'zolarining tez kasallanishi; ko’p terlash; asab tizimidagi o’zgarishlar; shovqinli nafas olish.

  • Kardial: hansirash, tug’ilganidan buyon mavjud taxi- yo’ki bradikardiya; rangparlik, shilliq qavatlar va barmoqlar uchlarining sianozi; yurak-qon tomir yetishmovchiligi; kuchaygan, ko’tariluvchi, pastga siljigan yurak uchi turtkisi; yetarlicha baland yurak tonlari; sistolik shovqin

ehtimolligi; marom buzilishi.
Paraklinik:

  • EKG: chap qorincha elektropotensiallari ustunligi, marom va otkazuvchanlik buzilishi; ST segmentning izochiziqdan pastga siljishi.

  • Rentgenologik: yurakning normal yo’ki trapesiyasimon korinishi. Yurak soyalarining barcha boshliqlari, ayniqsa chap tomon boshliqlari hisobiga,

dilatasiyasi hisobiga kattalashishi.

  • Laborator: periferik qonda o’zgarishlar yo’q, revmotestlar manfiy.



Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin