Tibbiyot tarixi


TIBBIYOT TARIXINI O’RGANISH MANBAALARI



Yüklə 105,18 Kb.
səhifə2/9
tarix13.05.2023
ölçüsü105,18 Kb.
#112767
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tibbiyot tarixi

TIBBIYOT TARIXINI O’RGANISH MANBAALARI:
I- Arxeologiya fani.
Arxeologiya fani qadimgi zamon odamlari va ularning tarixiga oid masalalari arxeologik qazilmalar orqali o’rganuvchi fandir. Ibtidoiy jamoa kishilari o’qish va yozishni bilmaganlar, ammo har xil kasallik va shikastlanishlar yuz berganda, o’sha davr kishilari davolash ishlarini bajarganlar, ammo bu haqida yozma ma’lumot yo’q. U davr tibbiyotining rivojlanish darajasini arxeologik qazilmalardan topilgan buyumlarga qarab belgilashimiz mumkin. Masalan, Qadimgi odamlar suyaklari, ular ishlatgan qurollar, xususan tibbiy muolajalarda foydalanilgan bronza pichoqlar, tibbiyot qaychilari, dori tayyorlaydigan idishlar va ularda saqlanib qolgan dorivor moddalarning qoldiklari va boshqalar yoki suyaklarda o’tkazilgan operatsiyalar, amputatsiya va trepanapiya va x.k.lar. Shu ashyoviy materiallarga qarab, u yoki bu mamlakatda u yoki o’sha davrda tibbiyot qay darajada rivojlanganligi, qanday davo usullari qo’llanilganligini aniqlash mumkin.
Arxeologiya fanining bir necha tarmoqlari bor, shulardan birinchisi – antropologiyadir. Bu fan Qadimgi odamlarning gavda tuzilishi, uning biologik xususiyatlari, gavda o’lchamlari yashash sharoitlarini tekshiradi. Ikkinchisi – paleopatologiyadir. Bu fan Qadimgi zamon odamlarining suyaklarini tekshirib, ularning qanday kasalliklar bilan ogriganliklarini aniqlaydi. Bunda rentgenologik va radiologik usullardan foydalaniladi. Uchinchisi – paleobiologiyadir. Bu fan Qadimgi zamon odamlarining suyaklarini, radiobiologik va immunologik usullar bilan tekshirib, o’sha zamon odamlarining organizmidagi biologik xususiyatlarini aniqlaydi. Masalan, odamning qoni gruppasini aniqlash mumkin va x.k.
II. Yozma asarlar, bular ikkiga bo’linadi:

  1. Qo’lyozma asarlar

  2. Bosma asarlar

Qo’lyozma asarlar juda qadim zamonlardan yaratila boshlangan. Bularga Qadimgi Misr papiruslari, Assuriya va Vavilomiya (Bobil) shoxlarining toshlarga uyib yozgan qonunlari, g’orlarga yozilgan xikmati so’zlar va yozgan qonunlari, suratlar, teriga va nihoyat qog’oz kashf etilgandan so’ng qog’ozga yozilgan xatlar kiradi. SHu xatlar orasida tibbiyotga oid qo’lyozmalar ham uchraydi. Bular arxiv materiallari, Qadimgi olimlarning qo’lyozmalari, shuningdek, badiiy asarlar va sayoxatchilarning kundaliklarini kiritishimiz mumkin. Masalan, eramizdan oldingi 428 yilda Qadimgi YUnonistonda tarkalgan ulat kasalligi tarixchi Fukudid orqali ma’lum. Bu haqida tibbiy ma’lumotlar kolmagan, yoki mashhur Gomerning «Iliada» va «Odeesiya» asarlarida Qadimgi YUnoniston tibbiyoti haqida ma’lumot berilgan.
III. Xalq tabobati.
Tibbiyot tarixini o’rganishda xalq tabobati juda ahamiyatga ega bo’lib, muhim ma’lumotlar beradi, ma’lumki tibbiyot dastlab emperik xalq tabobati sifatida paydo bo’lgan va rivodlangan. Biz xalq tibbiyoti bilan tanishib, qaysi mamalakatda, qaysi davrda tibbiyot kay darajada rivojlanganligi haqida ma’lum tushunchaga ega bulamiz.
IV. Turli mamlakat xalqlarining moddiy madaniyati manbalari. Tibbiyot tarixini o’rganishda turli mamalakat xalqlarining moddiy madaniyati manbalari ham ma’lum darajada rol uynaydi. Jumladan, Qadimgi ibodatxonalarning, kasr va shunga uxshagan boshqa diniy binolar, hamda gorlarning devorlarida ba’zan bemorlarga yordam ko’rsatayotgan tabib tasvirlangan. SHuningdek, amaliy san’at asarlari rasmlar, xaykallar va boshqalar orqali ham tibbiyot tarixi bo’yicha bir muncha ma’lumot olish mumkin.



Yüklə 105,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin