Tibbiyot inson faoliyatining muhim bir sohasi sifatida boshqa ko‘p sohalardan ilgariroq paydo bo'lgan. Masalan, ibtidoiy odam lar o ‘zlari uchun hali turar-joy qurish, kiyim tikish va ovqat pishirishni bilmay turib, ba’zi kasallik holatlarida muolaja qilishni bilib olganlar. Buni o'sha ibtidoiy odam larning yashash sharoitlari taqozo etgan. Ularning yashash sharoitlari esa juda og‘ir va m ashaqqatli bo‘lgan. Ibtidoiy odam lar uy-joysiz, o‘rm onlarda yarim yalang‘och va ko‘pincha och yashab, ko‘p qiyinchiliklarni boshlaridan. kechirganlar. Buning natijasida ko‘p kasalliklarga duchor b o ‘lganlar, yirtqich hayvonlar bilan to ‘qnashib, tan jarohatlari olganlar. Tabiiyki bunday holatlarda kishilar kasallikdan qutulish va tan jarohatlarini davolashga intilganlar. Natijada dastlabki oddiy muolaja usullari ishlab chiqilgan. Bu haqda ulug’‘ Gippokrat bunday deb yozgan edi: "Hayotning o‘zi kishilarni tabiblik san’atini izlab topishga majbur etgan".
Tibbiyotning kelib chiqishi jarayonini har taraflam a o ‘rganish shuni ko'rsatadiki, "birinchi tabib" organizmning o‘zi ekan, ya’ni organizmning o‘zi birinchi bo‘lib kasallikga qarshi kurasharkan. Buni quyidagi oddiy misoldan ko‘rish mumkin: agar organizm ga tashqaridan biror narsa, masalan zirapcha kirib qolsa, uning atrofida qon tanachalari (leykotsitlar) to‘planib, zirapcha bilan birga kirgan mikroblami yutib, yo‘q qila boshlaydi.
Natijada organizm bu mikroblardan qutiladi. Organizmning kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish xususiyati qadimgi Sharq hakimlariga ham m a’lum bo‘lgan. Masalan, Abu Ali ibn Sino "Odam tanasi hamma vaqt kasallikdan qutilishga intiladi", deb yozgan edi.
Ba’zi bir tirik mavjudotlarning organizmi yo‘qotilgan tana qismini tiklash xususiyatiga ham ega. Masalan, kaltakesakning dumi biror sabab bilan o’zilib ketsa, unda yangi dum o‘sib chiqadi. Shuningdek tananing biror joyida paydo bo‘lgan, unchalik katta bo‘lmagan jarohat ham "o‘z-o‘zidan" bitib ketadi. Organizmda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati mavjudligi tufayli, ba’zan bemor biror sabab bilan davolana olmasa ham u sog’'ayib ketishi mumkin. Qadimgi tabiblar yana shuni aniqladilarki, organizmda ayrim yuqumli kasalliklarga nisbatan "qabul qilmaslik" xususiyatini paydo qilish mumkin. Bu hozirgi tilda "immunitet" deb ataladi. Qadimgi Xitoy va Eron hakimlari umrida bir marta chechak va qizamiq bilan og‘rigan kishi bu kasalliklar bilan boshqa og‘rimasliklarini aniqlaganlar. Shunga asosan dastlabki variolatsiya (emlash) usullari ishlab chiqilgan. Xitoyliklar chechakka qarshi emlash usulini qo‘lladilar. Qadimgi Eroniylar ilon zahariga qarshi "qabul qilmaslik" paydo qilish usulini ishlab chiqqanlar. Ular odamga asta-sekin o’z-o’zidan ilon zaharini berib borib, uning organizmida mazkur zaharga nisbatan immunitet paydo qilganlar. Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, tirik mavjudotlar organizmi haqiqatan kasalliklarga qarshi turish xususiyatiga ega. Bu xususiyatni "organizmning o‘z ichki tibbiyoti", deb atash mumkin. Hayotda bu "ichki tibbiyot"ning ahamiyati juda katta. Atrof tabiatda kasallik paydo qiluvchi omillar shu qadar ko‘p va xilma-xilki, agar organizmning "ichki tibbiyoti" bo‘lmaganda tirik mavjudotlar har xil kasalliklardan allaqochon qirilib yo‘q bo‘lib ketardilar.
"Organizmning o‘z ichki tibbiyoti" tirik mavjudotlar hayotining barcha bosqichlarida biogenez jarayoni sifatida rivojlangan. Shuning uchun tirik mavjudotlar yashashda davom etganlar. Ammo, "organizmning o‘z ichki tibbiyoti" hamma hollarda va har qanday kasallikga nisbatan "qabul qilmaslikni" ta ’min eta olmas ekan. Kasallikdan qutilish uchun "tashqi tibbiyot" ya’ni har xil davo tadbirlarini amalga oshirish ham zarur ekan. Shuning uchun turli muolaja usullari ishlab chiqila boshlagan. Bu o‘rinda shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, "tashqi tibbiyot", ya’ni har xil muolaja usullari kasallikni o‘zi yo'qotmaydi, balki "ichki tibbryot" kasallikni yenga olishi uchun zamin tayyorlaydi. Gippokrat shuni ta’kidlab "Tabiat davolaydi, tabib unga yordam beradi" — degan edi. Bu yerda Gippokrat "tabiat" deganda organizmning o‘z tabiatini, uning kasalliklarga qarshi kurashish xususiyatini ko‘zda tutgan edi. Shunday qilib "tashqi tibbiyot"ni rivojlantirish, yangi har xil muolaja usullarini izlab topish va ularni qo’llash zaruriyati kelib chiqqan.
Tarixiy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha oddiy muolaja usullari hali yer yo’zida odam paydo bo‘lmasdan oldin ham ma’lum bo‘lgan. Masalan, ba’zi hayvonlar tabiatda shifobaxsh o‘simliklar mavjudligini bilganlar va ulardan foydalanganlar. Buni biror sabab bilan tanasi jarohatlangan hayvonlarning xatti-harakatida ko‘rishimiz mumkin. Bu haqda tibbiy-tarixiy adabiyotlarda ko‘p misollar keltirilgan. Masalan, tabiatshunos olim Yu.Rotsiusning yozishicha, og‘zida yara-chaqalar paydo bo‘lgan bir gibbon (kichik odamsimon maymun) o‘rmondan bir shifobaxsh o‘simlikni topib kelib, uni hamirsimon holatga kelguncha chaynagan. So‘ng bu "muolaja"ni yana bir necha marta qaytargan. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay gibbonning og‘zidagi yara-chaqalar yo‘q bo‘lib ketgan. Bir jarohatlangan yevvoyi quyon esa o'rmondan yopishqoq o‘rgimchiklarni topib kelib, ularni ezib tanasining jarohatlangan joyiga surtgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘rgimchaklarning tanasida og‘riq qoldiruvchi va qon oqishini to‘xtatuvchi modda bor ekan.
M a’lum ki, bezgak kasalligini yo‘qotuvchi xina dorisi (Xinin) Amerikadan keltirilgan. Bu dori xina deb ataluvchi daraxtning postlog‘idan olinadi. Uni amerikalik hindular topganlar. Ular xina daraxtining postlog‘i bezgak kasalligini tuzatishini puma (yovvoyi mushukning bir turi) dan bilib olgan ekanlar. Hindularning kuzatishicha, bezgak kasalligi bilan kasallangan pumalar xina daraxtining postlog‘ini chaynab yutar ekanlar.
Taniqli kimyogar olim S.Yu.Yunusovning yozishicha, unga zarkentlik Turob tabib ismli bir kishi o‘zi ko‘rgan quyidagi hodisani so‘zlab bergan ekan: bir ilon tasodifan tog‘dagi qoyaning teshigiga boshini suqibdi. U yerda arilaning ini bor ekan. Bu "kutilmagan mehmon"dan bezovtalangan arilar ilonga hujum qilib, uni chaqib tanasini shishirub yuboribdilar. Ilon bir necha daqiqa karaxt bo‘lib qolibdi. So‘ng o‘ziga kelib, tezda soy tomonga tushib, u yerdan sabzibargsimon o ‘simlikni topib, chaynab yuta boshlabdi. Bir ozdan so‘ng ilonning gavdasidagi shish yo‘qolib, u hech narsa bo‘lmagandek o‘z yo‘lida davom etibdi. Ilonning gavdasidagi shishni yo‘qotgan o'simlik erman (afsintin) ekan. Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari kitobi"da erman og‘riq qoldiruvchi va yallig’‘lanishni yo'qotuvchi shifobaxsh o ‘simlik, deb ko'rsatilgan. Demak, ilonlar shifobaxsh o'simliklar mavjud ekanligini bilar ekanlar.
Hayvonlar issiqlik manbaidan davo sifatida foydalanishni ham bilar ekanlar. Bunga mening o‘zim guvoh bo‘ldim. Uyimizda bir mushuk bor edi. Bir kun kim dir uni urib oyog‘ini mayib qilib qo‘yibdi. M ushuk bir necha kun oqsoqlanib uchoyoqlab yurdi. So‘ng mayib oyog‘ini davolash y o 'lin i topib oldi. Q ish vaqti edi: bir kun m en yuvinish uch u n vannaxonaga kirsam m ushuk isitish tizim ining tagiga yotib olib mayib oyog‘ini ikki isitkichning o ‘rtasiga qo‘yib isitib yotibti. Bu "muolaja"ni mushuk ikki hafta davom ida har kuni qildi. So‘ng oyog‘i tuzalib to ‘rt oyoqlab yurib ketdi. Dem ak, m ushuklar "issiqlik terapiyasi" usulidan foydalanishni bilar ekanlar.
Bir ona it o‘zining sovuq qotib o‘lim darajasiga borib qolgan to‘rtta bolasini bir necha soat davomida galma-galdan yalab (ya’ni massaj qilib) tiriltirgani ma’lum. Hayvonlar bir-birlariga "tibbiy yordam" berishni ham biladilar. Bu haqda Sayyid Muhammad Hasrat ismli bir tabib quyidagi misolni keltiradi. Uning yozishicha daryo bo‘yiga ikki qush kelib qo‘nganlar va ulardan biri daryodan tumshug‘i bilan suv olib, ikkinchi kasal qushning orqa teshigiga bir necha marta yuborgan. Shundan so‘ng ular uchib ketganlar. Sayyid Muhammad tabib shu misolni keltirib "odamlar huqna (klizma) qilishni qushlardan o‘rganganlar", — deb yozadi. Hayvonlardagi bunday davolanish va bir-birlariga yordam berish juda qadim zamonlarda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, hali yer yo’zida insonlar paydo bo‘lmasdan oldin kelib chiqqan. Ammo, hayvonlar faqat "qo‘l yordamida" amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan muolajani qila olganlar, xolos. Masalan, yangi tug‘ilgan bolasining kindigini tishlab uzish, tanaga kirib qolgan yot narsani, masalan, zirapchani tishlab, chiqarib olish, jarohatlangan joyni yalab qon oqishini to‘xtatish, juda oz shifobaxsh o‘simliklardan foydalanish va h.k. "Hayvonlar tibbiyoti" bundan nariga o‘tm adi. Buning sababi shu ediki, ular qurol ishlatishni o‘rgana olmadilar. Qurol ishlatmasdan turib, biror sohani takomillashtirish va rivojlantirish mumkin emas. Shunday qilib "hayvonlar tibbiyoti" rivojlanmay soddaligicha qolib ketaverdi.
"Odamlar tibbiyoti"ning kelib chiqishi va rivojlanishiga kelsak, bu masalada turlicha fikr mavjud. Ko‘pchlik tibbiyot tarixchlari yaqin vaqtlargacha odamlar muolaja usullarini hayvonlardan, xususan, odamsimon maymunlardan o‘rganganlar, degan fikrda edilar. Lekin bu fikr isbot etilmadi.
Ma’lumki, maymunlaming, ayniqsa shimpanzening ga'vda tuzilishi va intellektual qobiliyati odamlamikiga yaqinroq keladi. Ko‘p olimlar shunga asoslanib, odam maymundan kelib chiqqan va hamma ko‘nikmalarni, shu jumladan muolaja usullarini ham maymundan o‘rgangan, deb o‘ylaganlar. Ammo, tarixda bir hayvonning ikkinchi bir hayvonga aylanganligi hech qachon kuzatilgan emas. Bo‘ri hamma vaqt bo‘riligicha, ayiq ayiqligicha qolgan. Shuningdek, maymun ham (shu jumladan odamsimon maymun ham ) maymunligicha qolgan. U hech qachon odamga aylangan emas. Binobarin, odam maymundan kelib chiqqan va barcha ko‘nikmalarni maymundan "meros qilib olgan", degan fikr asosli emas. Engels odam maymundan kelib chiqqan, deb yozganida arxeologlarning xato fikrlariga asoslangan.
Antropologiya fanining so‘ngi dalillari shuni ko‘rsatdiki, odam avval boshdanoq odamsimon maxluq sifatida yaratilgan. Uning odamga xos hamma asosiy belgilari bo’lgan. Chunonchi, ikki keyingi oyoqlarida tik yurgan. Oldingi oyoqlari (qo'llari) bo‘sh bo‘lgan. Ulardagi barmoqlar bilan faqat buyumlarni ushlash emas, balki ularga ishlov berish va foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Odamsimon maxluqlarning fahm qilish qobiliyati hamma hayvonlarning fahm qilish qobiliyatidan yuqori bo‘lgan. Uning gavda tuzilishi ham odam larning gavda tuzilishiga yaqin bo'lgan. Shuning uchun antropologlar ularni antropoid, ya’ni odamsimon maxluq, deb ataganlar.
Antropoidning gavdasi evolutsion rivojlanish natijasida takomillashib, u odam qiyofasini olgan. Odamning bunday rivojlanishi ba’zi Sharq olimlariga ham ma’lum bo‘lgan. Masalan, 0 ‘rta osiyolik mashhur olim va adib Nizomiy Aro’ziy Samarqandiy (XII asr) o'zining “Majma” an-navodir" ("Nodir hikoyatlar") nomli asarida bunday deb yozgan: "Osmon yoritqichlarining ta’siri ostida va suv ishtirokida dastlab tabiatdagi jonsiz narsalar paydo bo‘ldi. So‘ng ko‘p zam onlar o ‘tganidan keyin turli o ‘sim liklar kelib chiqdi. Hayvonlardan birinchi bo'lib , yom g‘ir chuvalchangi paydo bo‘ldi. Oxirida esa nasnos (odam simon maxluq) kelib chiqdi. Nasnos shunday maxluqki, uning qomati tik, qaddi alifdek, tirnoqlari enli (yassi)dir. Bu maxluq ko‘p jihatdan odamga o ‘xshaydi. Hozirgi odamlar shu maxluqlardan kelib chiqqanlar. Aro’ziy Samarqandiynasnosning muolaja usuli haqida bunday, deb yozadi: "U po‘lat, birinj (bronza), mis, qo‘rg‘oshin va qalayidan uy anjom lari va qurol-yarog‘lar tayyorladi. O‘simliklar olamidan yemish, kiyim -kechak va paloslar bunyod etdi. Hayvonot olamidan esa minish va yuk tashishda foydalandi. Bu uchta olam ning (om ilning) ham m asidan dori-darm onlar ajratib oldi va ular bilan o ‘zini muolaja qildi". (Nizomiy Aro’ziy Samarqandiy, Nodir hikoyatlar, G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1985-y. 12-bet.) Bu yerda Aro’ziy juda m uhim bir tarixiy dalilni — nasnosning qurol ishlatganini ko‘rsatadi. M a’lumki inson aynan qurol ishlatish tufayli hayvonot olam idan ajralib chiqqan edi. Antropoid hayvonlaiga isbatan muolaja usulidan kengroq foydalangan. U qurol yordamida hayvonlar qila olmaydigan muolaja usullarini amalga oshirgan. Idrok qilish qobiliyatining yaxshi rivojlanganligi tufayli kasallik holatlarini davolashda tabiat vositalaridan kengroq foydalangan. Antropoidlar qanday muolaja usullarini ishlatganlari va qanday shifobaxsh o‘simliklardan foydalanganlarini aniq aytish qiyin. Lekin, ularning muolaja usullari va ishlatgan shifobaxsh o ‘simliklarining xillari hayvonlar ishlatgan usullar va shifobaxsh o ‘simliklardan ancha ko‘p bo‘lgan. Fikrimizcha antropoidlar asosan og‘riq qoldiruvchi, kayf beruvchi, ich ketishini to‘xtatuvchi yoki ichni yurishtiruvchi, yara-chaqalarni tuzatuvchi dorivor o‘simliklarni ishlatgan bo‘lsalar kerak. Bu dorilar tabiiy holda ishlatilgan, ya’ni ularni chaynab yo’tganlar. Antropoidlar tabiatda dorivor o ‘sim liklar borligini oldindan bilgan em aslar, albatta. Ular oziq qidirish jarayonida tabiatda shifobaxsh o ‘sim liklar mavjudligini bilib olganlar. So‘ng zarur b o ‘lib qolganida ularni qidirib topib ishlatganlar. Dorivor o ‘simliklarni topish va ulardan foydalanish juda uzoq vaqt davom etgan. Masalan, bir shifobaxsh o ‘simlik topilgandan so‘ng ikkinchisini topish o ‘rtasida asrlar o ‘tgan, chunki antropoidlarning "laboratoriyasi" tabiatning o‘zi bo‘lgan. Tabiatning sir- asrorlarini bilib olish esa bu m axluqlar uchun oson ish bo‘lmagan.
Bunda ko‘proq tasodif ish bergan. Masalan, biror joyi og‘rib to’rgan maxluq tasodifan og‘riq qoldiruvchi o ‘simlikni yeganida undagi og‘riq to ‘xtab qolgan. So‘ng esa u biror joyida yana og‘riq paydo bo‘lganida shu o ‘sim likni qidirgan. Ichi ketayotgan m axluq bir vaqt uning ichini to ‘xtatgan o ‘simlikni qidirgan va h.k. Shunday qilib, bosqichma-bosqich dorivor o ‘simliklar topila borgan.
Qo’l bilan amalga oshiriladigan muolaja usullariga kelsak, odamsimon maxluqlar tug‘ish paytida ayolga yordam berish, tug‘ilgan chaqaloqning kindigini bog‘lash va kesish, jarohatlangan joyni bog‘lash, undan oqayotgan qonni to'xtatish kabi muolajalarni qilganlar. So‘ng esa bu usullar asta-sekin takom illashib, rivojlanib borgan. Masalan, ilgari chaqaloqning kindigini tishlab uzgan bo‘lsalar, keyin shu maqsad uchun qirrali toshdan foydalanganlar. Qirrali toshlarni tananing biror joyida to'planib qolgan yiringni kesib chiqarib yuborish uchun ham ishlatganlar. Keyinchalik bu maqsad uchun ochiq tabiatda topiladigan metallardan foydalanganlar.
Antropologlarning yozishlaricha, antropoid tipidagi m axluqlardan birinchi bo‘lib avstralopiteklar' qurol ishlata boshlaganlar. (Fikrimizcha, antropologlar bu maxluqni avstralopitek (avstraliya maymuni), deb n o to 'g 'r i atagan lar. A n tro p o id la r m a ym u n ga o 'x sh sa la r h am m a y m u n b o 'lm agan lar. S h u n in g u c h u n ularni a v straloan trop (avstraliya o d a m i), deb atash t o ‘g ‘riroq b o 'lu r ed i. A m m o , bu m axlu q ja h o n tarixiy adab iyotiga "avstralopitek" n o m i b ilan kirib q olgan).. Ammo, ulaming ishlatgan qurollari juda oddiy qurol edi. Ular oddiy tayoq, hayvonlaming suyagi va ishlov berilm agan toshlar edi, xolos. Bu qurollar bilan biror murakkabroq ishni bajarish mumkin emas edi. Binobarin, avstralopiteklar ishlatgan oddiy qurollar bilan biror m urakkabroq vazifani bajarib b o ‘lm agan. Shuning u ch u n avstralopiteklarning m uolaja usullari odamlamikiga qaraganda ko‘proq maymunlarnikiga yaqinroq bo‘Igan.
Gavda tuzilishi va idroki jihatidan avstralopiteklarga nisbatan ko'proq rivojlangan maxluq pitekantroplar (m a y m u n -o d a m la r) d ir. (Bu yerda ham a n tro p o lo g la r bu m axlu q n i p itek a n tro p (m a y m u n -o d a m ) deb x a to qilganlar). Pitekantroplarni "homo erectus" (tik yuruvchi odam) deb atadilar. Bu maxluqning intellektual qobiliyati balandroq, miyasining hajmi ham kattaroqdir.
Pitekantroplar avstralopiteklarga nisbatan qurollardan kengroq foydalanganlar. Ba’zi antropologlarning fikricha pitekantroplar birinchi bo‘lib qurol yasay boshlaganlar. Xususan, ular toshpichoq (o'tkir qirrali qilib kesilgan tosh), toshbolta, toshto‘qmoq yasaganlar. Ular shu qurollardan muolaja maqsadida foydalangan bo‘lishlari mumkin. Masalan, chaqaloqning kindigini kesish, tananing biror joyida yig‘ilib qolgan yiringni kesib, uni chiqarib yuborish va h.k. Dorivor o‘simliklardan ham kengroq foydalanganlar.