“TIBBIYOT TARIXI” FANI, UNING SHAKLLANISHI VA BOSHQA TIBBIY BILIMLAR QATORIDA TUTGAN O'RNI”
Insoniyat jamiyatida tibbiyotning kelib chiqishi va rivojlanishi. Hozirgi zamon vrachi keng va chuqur bilimga ega bo’lishi bilan birga yuksak saviyali va madaniyatli kishi ham bo’lishi kerak. Bu sifatlarga ega bo’lishda tibbiyot tarixi fani katta rol uynaydi. Binobarin, tibbiyot tarixini o’rganish muhim va dolzarb ahamiyatga ega.
Tibbiyot tarixi – tibbiyot amaliyoti va tibbiyot bilimlarning rivojlanishini ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyalarning rivojlanishi bilan bog’liq ravishda o’rganuvchi fandir. Tibbiyot amaliyoti o’z rivojlanishida kasalliklarni aniqlash, ularni davolash va oldini olish sohasida, yangi-yangi usullar ishlab chikib, tibbiyot fanini boyitadi. Tibbiy bilim esa tibbiyot amaliyoti to’plangan tajribalarni umumlashtiradi, uni yangi nazariy asoslar, fikrlar, xulosalar, bilan boyitadi, yangi bosqichga ko’taradi. Yer yo’zida tibbiyotni inson faoliyatining muhim sohalarini biri sifatida shakllanishi antropogenez jarayoni, ya’ni odamning paydo bo’lishi bilan bog’liq ekanligi fanga qadimdan ma’lum.
Insoniyat jamiyatida tibbiyotining paydo bo’lishi va hozirgi ilmiy tibbiyot darajasiga eytguncha qadar 4 asosiy bosqichni bosib o’tdi:
I-Bosqich – Instinktiv tibbiyot davri. Bu tibbiyot ba’zi hayvonlar va past darajadagi odamsimon ajdodlarimizga xos bo’lgan. Bu tibbiyotning xususiyati shundan iboratki, davolash choralarida hech qanday qurol ishlatilmagan. SHuning uchun davolash usullari juda oddiy bo’lgan.
II-Bosqich – Davolashda juda ham oddiy quroldan, asosan toshdan yasalgan quroldan foydalanish davri. Bu davrni tibbiyotning tosh davri desa bo’ladi. Bu davr tibbiyotining xususiyati shundan iboratki, bu erda davolash ishini amalga oshirishda ma’lum darajada idrok qatnasha boshlagan. Davolash ishlari ma’lum Maqsad bilan amalga oshirilgan, ya’ni instinktning o’rnini idrok egallagan.
III-Bosqich – tibbiyotning kasb sifatida shakllanish davri. Bu bosqich ibtidoiy jamoa davridan quldorlik jamiyatiga o’tish bilan bog’liq. Quldorlik davriga kelib har xil kasblar bilan bir qatorda tabiblik kasbi ham kelib chiqadi. Tabiblik kasbining kelib chiqishi tibbiyotning rivojlanishini ancha tezlashtiradi.
IV-Bosqich – Ilmiy tibbiyotning kelib chiqishi, ya’ni uning fan sifatida shakllanishi davri. Respublikamiz xududi yoki Markaziy Osiyo bu bosqich o’rta asrlar, ya’ni feodalizmning eng rivojlangan davriga to’g’ri keladi. Bu davr tibbiyotining xususiyati shundan iboratki, bu mamlakatda umumiy iqtisodiy, madaniy va ilmiy Taraqqiyot jarayonida rivojlandi. Bu davrga kelib Markaziy Osiyo tibbiyoti jaxon mikyosida etakchi o’rinlardan birini egalladi.
Tibbiyot tarixini 5 ta davrga bo’lib o’rganamiz.
1) Ibtidoiy jamoa tuzish davri.
2) Quldorlik davri.
3) Feodalizm davri.
4) Kapitalizm davri.
5) Hozirgi zamon davri.