Tibbiyotda ma’naviyat masalalari, shifokor ma’naviyati



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#85316
  1   2
1461-Article Text-3076-1-10-20210528



Tibbiyotda ma’naviyat masalalari, shifokor ma’naviyati 
 
Gavhar Bekmurodovna Tursunova 
tursunova.gavhar2020@mail.ru 
Samarqand tibbiyot instituti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada tibbiyotda ma’naviyat masalalari, shifokorlarning 
bemorlar bilan muloqotga kirishishining o’ziga xos jihatlari haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so’zlar: 
ma’naviyat, 
ma’rifat, 
bemor, 
muloqot, 
deontologiya, 
psixoterapiya. 
Spirituality in medicine, the spirituality of the doctor 
Gavhar Bekmurodovna Tursunova 
tursunova.gavhar2020@mail.ru 
Samarkand Medical Institute 
Abstract: This article discusses the issues of spirituality in medicine, the specifics 
of how doctors interact with patients. 
Keywords: spirituality, enlightenment, patient, communication, deontology, 
psychotherapy. 
Biz ma’naviyat tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalangan 
ta’riflarni beramiz. Umuman, iqtidorli ziyoli inson o’zining falsafiy yondashuvi
siyosiy qarashlari va e’tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda bu tushunchaga 
turlicha ta’rif va tavsiflar berishi tabiiy. Ma’naviyat tushunchasi ilk bor birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilmiy-falsafiy ta’riflanib, nazariy jihatdan 
asoslab berilgan. Ular bergan ta’rifga ko’ra: “Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, 
qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-
e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha 
qarashlari mezonidir”.
Shifokor ma’naviyati masalalari tibbiyotda deontologiya deb nomlanadi. Tibbiyot 
deontologiyasi tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman 
davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yaʼni 
kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va 
iqtisodchisi I.Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid 
maʼlumotlar uzoq tarixga ega.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
790


Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saqlashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi 
uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati 
masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi 
bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun 
butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan 
maʼlumotlarni aytishi (qarang Psixoterapiya), bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga 
erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan 
soʻzlashishi yaramaydi. 
Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik, 
ziyraklik, odamiylik va boshqalarga ega boʻlishni taqozo etadi. Tibbiyot 
deontologiyasi xalqaro kodeksini Xalqaro vrachlar jamiyati tasdikdagan (1949, 
Jeneva). Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot intini bitiruvchilar «Oʻzbekiston 
shifokori»ning qasamyodini qabul qiladilar (1996 yildan). 
Xususan tibbiyotda ham ma’naviyat masalalariga alohida etibor qaratish lozim. 
Ayniqsa bu jarayon bemorlar bilan muloqotga kirishishda namoyon bo’ladi. Bemor 
bilan muomalaga kirishishning o’ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor 
xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, 
dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o’rganganidan so’ng, o’zini 
ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun 
ma’naviy haqqi paydo bo’ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki 
doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning 
bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki 
doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil 
etadi. 
Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi 
doiraga «ko’prik» sola olish san’ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko’prik» 
solinganidan so’ng bemor shifokorga ishonch va umid ko’zi bilan qaray boshlaydi. 
Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda 
suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo’lsa, shunga mos maqomda, akademik 
bo’lsa, albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy 
talablardandir. Shifokor beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o’zining tuzatib 
bo’lmas xato qilganini bir umr afsus bilan eslab yurishiga to’g’ri keladi. Shifokor 
bemorni o’rab turgan atrof-muhitga katta e’tibor bermog’i lozim. Uning botiniy va 
zohiriy ko’rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta’sir o’tkazishi 
mumkin. Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo’lishi, albatta, 
uning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu - botiniy ta’sirdir. Zohiriy ta’sir esa bemor 
atrofida kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy xodimlarning 
yoki tashrif buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko’rinadi. Bu ta’sirga, atrofdagi 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
791


shovqin-suronlar, qo’shni bemorlarning muloqoti, hatto, shifokorning yoqimli bo’lib 
tuyulgan tovushi, mimikasi ham kiradi. 
Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko‘z o’ngida ma’lum 
ma’noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O’z 
axloq normalarini to’g’ri belgilay olmagan shifokor bemor ko’z o’ngida 
obro’sizlanadi. Obro’sini yo’qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o’z bemori bilan talab 
qilingan saviyada muloqot qilishga ma’naviy haqqi bo’Imaydi. Shifokor ma’naviyati 
deganda, ma’nili fikrlashi, so’zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya va odobidagi 
hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi. 
Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat qamal qo’yishga eng muhtoj 
narsa tildir, deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub’ekt bo’lmog’i kerak. 
Shuningdek, bemor bilan muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste’mol 
qilmasligi, ya’ni so’zda me’yorni saqlay bilishi muhim. Aytar so’zni ayt, aytmas 
so’zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda unga ayni zarur gaplardan 
so’zlamog’i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda aytadi:»... Yaxshi 
so’zlarni so’zlagin, foyda topgaysan, yomon so’zni aytishdan o’zingni tiygin, salomat 
bo’lgaysan...» Zero, «Inson a’zolari ichida eng harakatchan va juda yengil harakat 
qiladigani til bo’lib, shu bilan birga insonga eng zararlisi ham udir». 
Bemor shifokor bilan muloqotdan so’ng o’zini ruhan tetik va yengil his etishi 
kerak, dedik. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh atirfurushga 
o’xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo’y hidi yetib turadi. Shifokor 
bemor ko’nglini ko’tarib agar u yosh bo’lsa, «hali to’yingizda osh yeymiz, xizmat 
qilamiz», yoshi ulug’roq bo’lsa - «hali nevara-yu chevaralaringizni boqib yurasiz», 
qabilida gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko’ngilga yoquvchi muloqotni 
mamnuniyat bilan eslasin. Har bir shifokor Mahmud Qoshg’ariyning: «Bilag’on 
odamlarning nasihatlaridan foydalan. Chunki yaxshi so’z ta’sir qilgach, dilga 
joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib qolishi foydadan holi emas. 
Shifokor bemor bilan ma’lum mantiqiy ketma-ketlikda savol-javob qilishi kerak. 
Bu suhbat (dialog)da fikrning tushunarli bo’lishi uchun marom, urg’u va takror to’g’ri 
belgilanishi, mazmun va ohangdorlikning uyg’unlashuvi, so’zlar aniq hamda to’g’ri 
talaffuz qilinishi muhimdir.
Xulosa o’rnida, aytish mumkinki, shifokor bemorni nechog’lik o’rganib, 
muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko’rsa, amaliyot natijasi ham shunga ko’ra yuqori 
bo’ladi. Shifokorning so’zlash odobi uning madaniyatini, ma’naviyatini ko’rsatuvchi 
asosiy omil ekan, bu narsadan u bemorlarni davolashda samarali foydalanmog’i lozim. 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin