Tibbiyotda ma’naviyat masalalari, shifokor ma’naviyati
Gavhar Bekmurodovna Tursunova
tursunova.gavhar2020@mail.ru
Samarqand tibbiyot instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada tibbiyotda ma’naviyat masalalari, shifokorlarning
bemorlar bilan muloqotga kirishishining o’ziga xos jihatlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
ma’naviyat,
ma’rifat,
bemor,
muloqot,
deontologiya,
psixoterapiya.
Spirituality in medicine, the spirituality of the doctor
Gavhar Bekmurodovna Tursunova
tursunova.gavhar2020@mail.ru
Samarkand Medical Institute
Abstract: This article discusses the issues of spirituality in medicine, the specifics
of how doctors interact with patients.
Keywords: spirituality, enlightenment, patient, communication, deontology,
psychotherapy.
Biz ma’naviyat tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalangan
ta’riflarni beramiz. Umuman, iqtidorli ziyoli inson o’zining falsafiy yondashuvi,
siyosiy qarashlari va e’tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda bu tushunchaga
turlicha ta’rif va tavsiflar berishi tabiiy. Ma’naviyat tushunchasi ilk bor birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilmiy-falsafiy ta’riflanib, nazariy jihatdan
asoslab berilgan. Ular bergan ta’rifga ko’ra: “Ma’naviyat insonni ruhan poklanish,
qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-
e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha
qarashlari mezonidir”.
Shifokor ma’naviyati masalalari tibbiyotda deontologiya deb nomlanadi. Tibbiyot
deontologiyasi tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman
davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yaʼni
kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va
iqtisodchisi I.Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid
maʼlumotlar uzoq tarixga ega.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
790
Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saqlashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi
uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati
masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi
bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun
butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan
maʼlumotlarni aytishi (qarang Psixoterapiya), bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga
erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan
soʻzlashishi yaramaydi.
Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik,
ziyraklik, odamiylik va boshqalarga ega boʻlishni taqozo etadi. Tibbiyot
deontologiyasi xalqaro kodeksini Xalqaro vrachlar jamiyati tasdikdagan (1949,
Jeneva). Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot intini bitiruvchilar «Oʻzbekiston
shifokori»ning qasamyodini qabul qiladilar (1996 yildan).
Xususan tibbiyotda ham ma’naviyat masalalariga alohida etibor qaratish lozim.
Ayniqsa bu jarayon bemorlar bilan muloqotga kirishishda namoyon bo’ladi. Bemor
bilan muomalaga kirishishning o’ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor
xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini,
dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o’rganganidan so’ng, o’zini
ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun
ma’naviy haqqi paydo bo’ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki
doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning
bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki
doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil
etadi.
Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi
doiraga «ko’prik» sola olish san’ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko’prik»
solinganidan so’ng bemor shifokorga ishonch va umid ko’zi bilan qaray boshlaydi.
Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda
suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo’lsa, shunga mos maqomda, akademik
bo’lsa, albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy
talablardandir. Shifokor beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o’zining tuzatib
bo’lmas xato qilganini bir umr afsus bilan eslab yurishiga to’g’ri keladi. Shifokor
bemorni o’rab turgan atrof-muhitga katta e’tibor bermog’i lozim. Uning botiniy va
zohiriy ko’rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta’sir o’tkazishi
mumkin. Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo’lishi, albatta,
uning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu - botiniy ta’sirdir. Zohiriy ta’sir esa bemor
atrofida kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy xodimlarning
yoki tashrif buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko’rinadi. Bu ta’sirga, atrofdagi
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
791
shovqin-suronlar, qo’shni bemorlarning muloqoti, hatto, shifokorning yoqimli bo’lib
tuyulgan tovushi, mimikasi ham kiradi.
Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko‘z o’ngida ma’lum
ma’noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O’z
axloq normalarini to’g’ri belgilay olmagan shifokor bemor ko’z o’ngida
obro’sizlanadi. Obro’sini yo’qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o’z bemori bilan talab
qilingan saviyada muloqot qilishga ma’naviy haqqi bo’Imaydi. Shifokor ma’naviyati
deganda, ma’nili fikrlashi, so’zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya va odobidagi
hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi.
Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat qamal qo’yishga eng muhtoj
narsa tildir, deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub’ekt bo’lmog’i kerak.
Shuningdek, bemor bilan muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste’mol
qilmasligi, ya’ni so’zda me’yorni saqlay bilishi muhim. Aytar so’zni ayt, aytmas
so’zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda unga ayni zarur gaplardan
so’zlamog’i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda aytadi:»... Yaxshi
so’zlarni so’zlagin, foyda topgaysan, yomon so’zni aytishdan o’zingni tiygin, salomat
bo’lgaysan...» Zero, «Inson a’zolari ichida eng harakatchan va juda yengil harakat
qiladigani til bo’lib, shu bilan birga insonga eng zararlisi ham udir».
Bemor shifokor bilan muloqotdan so’ng o’zini ruhan tetik va yengil his etishi
kerak, dedik. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh atirfurushga
o’xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo’y hidi yetib turadi. Shifokor
bemor ko’nglini ko’tarib agar u yosh bo’lsa, «hali to’yingizda osh yeymiz, xizmat
qilamiz», yoshi ulug’roq bo’lsa - «hali nevara-yu chevaralaringizni boqib yurasiz»,
qabilida gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko’ngilga yoquvchi muloqotni
mamnuniyat bilan eslasin. Har bir shifokor Mahmud Qoshg’ariyning: «Bilag’on
odamlarning nasihatlaridan foydalan. Chunki yaxshi so’z ta’sir qilgach, dilga
joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib qolishi foydadan holi emas.
Shifokor bemor bilan ma’lum mantiqiy ketma-ketlikda savol-javob qilishi kerak.
Bu suhbat (dialog)da fikrning tushunarli bo’lishi uchun marom, urg’u va takror to’g’ri
belgilanishi, mazmun va ohangdorlikning uyg’unlashuvi, so’zlar aniq hamda to’g’ri
talaffuz qilinishi muhimdir.
Xulosa o’rnida, aytish mumkinki, shifokor bemorni nechog’lik o’rganib,
muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko’rsa, amaliyot natijasi ham shunga ko’ra yuqori
bo’ladi. Shifokorning so’zlash odobi uning madaniyatini, ma’naviyatini ko’rsatuvchi
asosiy omil ekan, bu narsadan u bemorlarni davolashda samarali foydalanmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: |