O‘zbekistonda tijorat banklarining tashkil etilishi bevosita mustaqillik yillariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar “bank tizimini faqatgina bir necha banklar, ya’ni SSSR Davlat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat omonat jamg‘armalari kassalari mavjud bo‘lib, ittifoqdosh respublikalarda ushbu banklarning respublika, viloyat idoralari va tuman bo‘limlari faoliyat ko‘rsatar edi”. O‘zbekistonda dastlabki tijorat banklarini tashkil etilishining huquqiy asosi bo‘lib 1991-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni xizmat qildi. O‘zbekistonda tashkil etilgan dastlabki tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994 – 1995 yillarda ixtisoslashtirilgan “Asaka” bank (avtomobil sanoatini qo‘llab quvvatlash uchun), “G‘allabank” (g‘alla etishtirishni moliyalashtirish uchun), “Paxtabank”, yakka xo‘jaliklarni qo‘llab – quvvatlash uchun “Tadbirkor” tijorat banki tashkil etildi”.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta'minlaydigan omilidir.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta'minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
O‘zbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.