52
ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi. Rentabellik ko’rsatkichlari boshqa faoliyati
o’xshash bo’lgan banklar guruhi bilan taqqoslanadi.
Bankning o’sish istiqbollari tahlil qilinayotganda uning milliy va xalqaro bank
xizmatlari bozoridagi faoliyatining ko’lamligini aniqlovchi omillar ko’rib chiqiladi.
Bu omillarni o’rganish bank faoliyatining rivojlanish
darajasini aniqlashga imkon
berib, bankning moliyaviy faoliyati natijalariga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Bankning ichki bank xizmatlari bozoridagi o’rnining mustahkamligi va
uning
bank xizmatlari narxlariga ta’sir eta olish imkoniyati ham baholanib,
bunda
bankning jami aktivlar, xususiy kapital, kredit portfeli va mijozlarning depozit pul
mablag’lari hajmi bo’yicha bozordagi mavqei ko’riladi.
Umuman olganda, tijorat banklari moliyaviy hisobotlarini amaliy
ma’lumotlar asosida koeffitsientlar yordamida
tahlil qilish undan barcha
foydalanuvchilarga (sarmoyadorlar, kreditorlar, omonatchilar va boshqalar) uning
faoliyat shaffofligi va ichki nazorat samaradorligini baholash hamda bank
aktsiyadorlari tarkibi haqida ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: