Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/27
tarix18.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145162
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Ражабов А. Тижорат банкларида ички аудит хизмати ва уни такомиллаштириш

 
 


53
II bob bo’yicha xulosa 
Bankning ichki nazorat tizimining samaradorligini baholash moliyaviy 
hisobot ma’lumotlarining sifati va haqqoniyligi darajasi bilan amalga oshiriladi. 
Bunda, bank hisobotlarini tashqi audit tekshiruvidan o’tkazishda xalqaro 
standartlardan foydalanish muhim hisoblanadi.
Bazel qo’mitasining tavsiyalariga ko’ra, ichki audit xizmati bank faoliyati 
ustidan mutassil nazorat olib borishning tarkibiy qismi hisolanadi. Respublikamiz 
tijorat banklarida ichki audit xizmati muhim o’rin egallagan bo’lib, uning faoliyati 
Markaziy bank tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan Nizomda tekshiruvni tashkil etish 
va olib borish jarayonlari umumiy ko’rinishda yoritib berilgan. 
Bankning o’sish istiqbollari tahlil qilinayotganda uning milliy va xalqaro bank 
xizmatlari bozoridagi faoliyatining ko’lamligini aniqlovchi omillar ko’rib chiqiladi. 
Bu omillarni o’rganish bank faoliyatining rivojlanish darajasini aniqlashga imkon 
berib, bankning moliyaviy faoliyati natijalariga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Bankning ichki bank xizmatlari bozoridagi o’rnining mustahkamligi va uning 
bank xizmatlari narxlariga ta’sir eta olish imkoniyati ham baholanib, bunda 
bankning jami aktivlar, xususiy kapital, kredit portfeli va mijozlarning depozit pul 
mablag’lari hajmi bo’yicha bozordagi mavqei ko’riladi.
Bankning ichki bank xizmatlari bozoridagi o’rnining mustahkamligi va uning 
bank xizmatlari narxlariga ta’sir eta olish imkoniyati ham baholanib, bunda 
bankning jami aktivlar, xususiy kapital, kredit portfeli va mijozlarning depozit pul 
mablag’lari hajmi bo’yicha bozordagi mavqei ko’riladi.
Umuman olganda, tijorat banklari moliyaviy hisobotlarini amaliy 
ma’lumotlar asosida koeffitsientlar yordamida tahlil qilish undan barcha 
foydalanuvchilarga (sarmoyadorlar, kreditorlar, omonatchilar va boshqalar) uning 
faoliyat shaffofligi va ichki nazorat samaradorligini baholash hamda bank 
aktsiyadorlari tarkibi haqida ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi. 


54

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin