Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari


-jadval Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari



Yüklə 75,66 Kb.
səhifə8/21
tarix27.04.2023
ölçüsü75,66 Kb.
#103159
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Moliya va Moliya inustitutlari Shaxobjon

16-jadval
Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari

Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari

Operatsiya bo‘yicha mablag‘ni etkazib berish muddati

Bitim nomi

Ularning Qat’iy belgilangan kursi

Bitim tuzilgan kun

TOD (TOD) bitimi

TOD kursi (ing. today - bugun)

Bitim tuzilgandan keyingi ish kuni

TOM (TOM) bitimi

TOM kursi (ing tomorow - ertaga)

Bitim tuzilgandan bir ish kuni (ya’ni ikkinchi kun) keyin

SPOT bitimi

SPOT (ing. spot – naqd)

Tijorat banklari valyuta sotmoqchi yoki sotib olmoqchi bo‘lsa, bitimning nomini (TOD, TOM, SPOT), kursini, summasini ko‘rsatib ariza berishi lozim.
Valyuta bozorining ishtirokchilari bo‘lgan banklar o‘z nomidan o‘zi uchun, yana o‘z nomidan lekin mijozlari uchun valyuta sotib olish yoki sotishi mumkin. Agar banklar o‘z hisobiga valyutani sotsa yoki sotib olsa, bu operatsiyalar ular yoki foyyda olish uchun, yoki o‘z likvidliligini ushlub turish uchun, yoki chet eldan bank uchun jihozlar sotib olish va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiradi.
«Spot» bitimlari bo‘yicha valyuta oluvchi bank tomonidan kqrsatilgan hisobvaraqlarga etkazib beriladi. Bitimda kqrsatilgan kurs «spot» kurs deyiladi. Xuddi mana shu kurslar asosida valyuta bozoridagi muddatli kurslar ham, valyutani etkazib berish bo‘yicha qisqaroq muddatli bir martalik bitimlar uchun kurslar ham aniqlanadi.
«Spot» operatsiyalari yordamida banklar o‘z mijozlarining chet el valyutasidagi ehtiyojlarini, kapitallarning harakatini, shuningdek bir valyutaning boshqa valyutaga oqib qtishini ta’minlaydi, arbitraj va spekulyativ operatsiyalarni amalga oshiradi. «Spot» operatsiyalari risk darajasi eng yuqori operatsiya hisoblanadi.
Foyda olish uchun banklar arbitraj va chayqovchilik bitimlarini amalga oshirishlari mumkin. Arbitraj bitimlar turli valyuta bozorlarida mavjud bo‘lgan valyuta kurslari o‘rtasidagi farqlardan foyda olish maqsadida chet el valyutasini qayta sotish (sotib olish) bo‘yicha tuzilgan qarshi bitimdir. Agar valyuta bir valyuta bozoridan sotib olinsa va boshqa valyuta bozorida sotilsa – bu keng tarqalgan arbitraj deyiladi. Agar foyda vaqt o‘tishiga qarab kurslar o‘zgarishidan yuzaga keladigan bo‘lsa bu vaqtinchalik arbitraj deyiladi.
Muddatli valyuta operatsiyalari va ularni amalga oshirish
Muddatli valyuta operatsiyalari - bu bitim tuzilgandan keyin bitimdagi kurs bo‘yicha kelishilgan xorijiy valyutani ma’lum muddat qtgach etkazib berish kelishib olinadigan valyuta bitimlaridir. Bundan muddatli valyuta operatsiyalarining ikki xususiyati kelib chiqadi:
1. Bitim tuzilishi bilan bajarilish o‘rtasida ma’lum davr vaqt bor.
2. Muddatli valyuta operatsiyalar bo‘yicha valyuta kursi, ma’lum muddat o‘tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan paytda belgilanadi.
Muddatli bitimlar deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshik bulgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda muddatli bitimlarning kuyidagi keng tarkagan turlari mavjuddir.
Ularga:
1. forvard valyuta bitimlari;
2. fyuchers bitimlari;
3. valyuta opsioni;
4. svop operatsiyalarini kursatish mumkin.
17-jadval
Valyuta operatsiyalari tasnifi

Nakd valyuta operatsiyalari

Muddatli valyuta operatsiyalari

SPOT

Forvard

Fyuchers

Opsion

Svop

Arbitraj

Emitent davlat tashqarisida bir yoki bir nechta funksiyalarni bajaruvchi valyuta xalqaro valyuta hisoblanadi. Valyutaning xalqaro rolni bajarishi quyidagi omillarga bog‘liq: milliy iqtisodiyot hajmiga, xorijiy investorlar ishonchiga, xalqaro savdoda mamlakatning tutgan o‘rniga, moliyaviy bozorning erkinlik darajasiga. Asosiy valyuta (key currency) – xorijda pulning bir nechta vazifasini bajaruvchi valyutadir. Hozirgi vaqtda valyutaning ushbu turiga evro, yapon ienasi, shveysariya franki, funt sterling kabi valyutalar kiradi. Xalqaro aylanmada sezilarli darajada yirik masshtablarda boshqa asosiy valyutalarga nisbatan pulning ko‘pgina vazifalarini bajaruvchi valyuta dominantlik qiluvchi valyuta hisoblanadi. II jaxon urushidan so‘ng, qariyib yarim asrdan buyon AQSH dollari dominant valyuta hisoblanadi. Etakchi valyuta (vehicle currency)- ikki davlatning o‘zaro operatsiyalarida ishlatiluvchi va ushbu davlatlarning milliy valyutasi hisoblanmagan valyutadir. Amaliyotda agar valyuta, asosiy valyuta hisoblansagina etakchi valyuta bo‘la oladi. Masalan, Rossiyadan Belorusiyaga etkazilgan neft to‘lovi AQSH dollarida amalga oshiriladi.
Agar yuqorida keltirilgan mezonlarni umumlashtirsak, xulosa qilish mumkinki, milliy valyuta milliy iqtisodiyot doirasidan chiqib xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishni boshlaydi, agar mamlakat iqtisodiyoti etarlicha ulkan bo‘lsa, bozor munosabatlari ochiq va yuqori darajada rivojlangan bo‘lsa. Ochiq, lekin kichik iqtisodiyotga ega mamlakat o‘z valyutasini etakchi valyutaga aylantira olmaydi. SHu bilan birga samarali valyuta siyosatini olib borish, o‘z navbatida, ushbu davlat va boshqa davlatlar bilan tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ichki cheklangan konvertatsiyaga ega bo‘lgan valyuta erkin konvertatsiyalanuvchi va hattoki xalqaro valyuta maqomiga ham ega bo‘lishi mumkin. Har qanday davlat milliy valyuta maqomining o‘zgarishi valyuta bozori hamda tashqi savdo aloqalari erkinlashayotganligiga yorqin dalil bo‘la oladi.
1980 yillarda ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo siyosatida, nisbatan ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, resurslar taqsimoti va iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli tendensiyalari o‘zgarishlarini yanada samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali islohotlarni amalga oshirdilar. Ushbu islohotlarda asosiy o‘rinlardan birini valyuta kursi siyosati egallagan.
Faraz qilaylik, O‘zbekiton tijorat banki 3 oylik forvard bitimini tuzmoqchi. Dollarning so‘mga nisbatan spot kursi quyidagicha:
USD/UZB bid = 1400
USD/UZB offer = 1420
USD/UZB average = 1410
1 oylik depozitlarga foiz stavka esa quyidagicha:


Bid – talab (%)

Offer – taklif (%)

Average – o‘rtacha (%)

USD

3.875

4.125

4

UZB

5.875

6.125

6

Demak, Forvard punkti(bid) = [1400*(5.875-4.125)*90 kun]/[360*100+(4.125*90)] = 6.06
Forvard punkti(offer) = [1420*(6.125-3.875)*90 kun]/[360*100+(3.875*90)] = 7.01 Forvard punktlaridan kelib chiqib bank dileri tomonidan kotirovka quyidagicha tashqil etiladi:
Barqaror iqtisodiyot sharoitida forvard kursi banklararo foiz stavkasiga bog‘liq va quyidagicha hisoblanadi:
Forvard kursi = [(1+Bid)*C]/(1+Offer)
YA’ni, bid – banklararo kreditlarga talab foiz stavkasi, masalan UZIBID
Offer – banklararo kreditlar taklif foiz stavkasi, masalan UZIBOR
S – joriy spot kursi.
Agar UZIBID – 5 %
LIBOR – 6%
C – 1400 USD/UZB bo‘lsa, unda, Forvard kursi = (1+0.05)*1400/(1+0.06) = 1386.79 bo‘ladi.
Sxemadan ko‘rib turganimizdek keltirilgan misolda importyor forvard bitimini tuzish natijasida 8500 AQSH dorllarida foyda ko‘radi.
Valyuta bozorida valyuta riskini jahon amaliyotida turli usullari mavjud. Mazkur operatsiyalarda banklar, moliyaviy uylar va nomoliyaviy institular qatnashadi. Mazkur institutlarning tarkibi va ulushini Xalqaro hisob-kitob Banki ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqamiz.
Odatda riskni tushirish uchun , to‘lashga to‘g‘ri keladi. Xedjerlashdan foydalanishda bir nechta harajatlar yuzaga keladi.
1. FOREKS bozorida tuzilgan hohlagan bitim valyutani sotish va sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq (spred) ko‘rinishidagi harajat bilan bog‘liq. Biroq , bozor amaliyotida bu farq bitim summasining 0.05%-0.1% ini tashqil etadi.
2. Bitim tugaguncha pozitsiya ochiq bo‘ladi va har kuni pozitsiyani valyuta bo‘yicha foiz stavkalari farqini hisobga olgan holda keyingi sanaga o‘tkazish amalga oshiriladi. Bozor amaliyotida bu bir kunga bitim summasining 0.01% ni , ya’ni bir oyga 0.3% ni tashqil etadi. Lekin , bitim yo‘nalishiga qarab (sotib olish yoki sotish) mijoz yo bu pozitsiyani o‘tkazganligi uchun bu summani to‘laydi yoki bu summani oladi.
3. Pozitsiyani ochish uchun garantiya depoziti ochilishi kerak. Depozit miqdori odatda tuzilgan bititmning 1% idan 5% igacha tashqil etadi. Pozitsiyani yopgandan so‘ng depozitni savdo schetidan o‘chirish mumkin (foyda yoki zarani hisobga olgan holda).
SHunday qilib, xedjerlashga ketadigan harajat xedjerlanayotgan bitim summasiga qaraganda ancha kichik summani tashqil etadi. Xedjerlashning maqsadi qo‘shimcha daromad olish emas balki, potensial yo‘qotishlar riskini tushirish hisoblanadi. SHuning uchun ham xedjerlashning samarasini faqatgina savdo kompaniyasining asosiy faoliyatini hisobga olgan holda baholash mumkin. Puxta tuzilgan xedjerlash dasturi faqatgina riskni tushiribgina qolmasdan , balki kompaniya resurslari erkinlashishiga , qo‘shimcha qilinadigan zahiralarga ketadigan harajatlarni oldini oladi hamda menejerlarga biznesni boshqarishda ancha qulaylik yaratadi.
Albatta valyuta risklarini sug‘urtalanishi Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan erkin almashinadigan valyuta sifatida e’tirof etilgan valyutalarda amalga oshiriladi va bu ularning nisbatan barqarorligi va emission davlat Markaziy Banki tomonidan barcha cheklovlar olib tashlanganligi bilan belgilanadi.
Muddatli bitimlarni imzolanishi aynan shu xudud kompaniya va firmalarini jahon moliya bozorlariga integratsiyalashganligi bilan izohlanadi. Keyingi jadvalda xududlar bo‘yicha ijro etilgan valyuta bitimlarini ko‘rib chiqamiz.
Valyuta birjalarida tuziladigan fyuchers va opsionlar asosan SHimoliy Amerika va Evropa birjalarida tuziladi. Evrohudud tashqi iqtisodiy faoliyat va barqarorligi bo‘yicha so‘ngi yillarda xajm jihatdan oshish tendensyasiga ega. Ammo SHimoliy Amerika birjalari etakchi o‘rinlarni ham fyuchers, ham opsionlar bo‘yicha saqlab kelmoqda.
Fyuchers operatsiyalarining qo‘llanilishi qadimgi YUnoniston zamonlaridan boshlangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki shu davrda ba’zi mahsulotlar savdosi fyuchers asosida olib borilgan. G‘arbiy Evropa mamlakatlarida (chunonchi Gollandiyada) fyuchers operatsiyalari ilk bor gullola savdosi bo‘yicha amalga oshirila boshlagan. YAponiyada esa ilk Fyuchers operatsiyalarining paydo bo‘lishi XVII asrga to‘g‘ri keladi. SHoli bilan savdo qiluvchi yapon tadbirkorlari fyuchers operatsiyalari yordamida kon’yuktura o‘zgarishidan himoyalanganlar.
Hozirga zamon Fyuchers operatsiyalari tarixining rivojlanishi XIX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. SHu davrda AQSHning CHikago shahri tijorat markazi hisoblangan. Aynan AQSHningCHikago shahri dunyoda birinchi bo‘lib, 1848 yilda 82 savdogar tomonidan birja savdosi tashqil qilindi, u CHikago savdo palatasi (Chicago Board of Trade-CBT) deb nomlanib, hozirgi paytda dunyoagi eng yirik fyuchers birjasi hisoblanadi.
Bugunki kunda fyuchers savdosi AQSHning 11 ta yirik birjalarida, shuningdek g‘arbiy evropa, Janubi-SHarqiy Osiy mamlakatlari va Avstraliya birjalarida amalga oshirilmoqda. Eng mashxur va ko‘lami jihatidan yirik birjalarga quyidagilar kiradi:
AMEX - Amerikan fond birjasi
BOVESPA - Braziliya fond birjasi
CBOT - CHikago Tovarnaya Birja zernovыe, fyuchersы
CHX - CHikago fond birjasi
LIFFE - London xalqaro fyuchers i opsionlar birjasi
London Stock Exchange - London fond birjasi
NYMEX - Nyu-York tovar birjasi
NYSE - Nyu-York fond birjasi
SBF - Parij birja
SES – Singapur Fond birjasi a
SET – Tailand Fond birjasi a
TSE - Tokio fond birjasi
TSE - Toronto Fond birjasi
LSEX - London fondovaya LSEX
LIFFE - London fyuchersnaya i opsionnaya LIFFE
CBOE - CHikago opsion birjasi
PHLX - Filadelfiya fond birjasi va boshqalar.
Fyuchers bozorining rivojlanishi va o‘sishiga asrimizning 70-yillarida sodir bo‘lgan Bretton-Vuds valyuta tizimining inqirozi ham turtki bo‘ldi. Ushbu valyuta tizimining inqirozidan keyin rivojlangan mamlakatlar valyuta kurslari to‘xtovsiz tebrana boshladi buni oldini olish maqsadida CHikago savdo birjasida 1972 yilda valyuta kurslari bo‘yicha birinchi fyuchers bitimlari tuzila boshlandi. 1982 yilda shuningdek, London xalqaro moliyaviy fyuchers birjasi (The London International Financial Futures Exchange - LIFFE), 1990 yilning oxirida muddatli shartnomalar bo‘yicha nemis birjasi – Deutche Terminal Borse – tashqil qilindi.
Fyuchers operatsiyalarining joriy qilinishiga eng asosiy turtki bo‘lib bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarning va valyuta kursining doimiy ravishda o‘zgarib turishi hisoblanadi. Bunday sharoitda narxlar va valyuta kursining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan riskdan himoyalanish chorasini izlab topish juda dolzarb bo‘lib qoldi, chunki sanab o‘tilgan holatlar ta’sirida xo‘jalik yurituvchi sube’ktlar jiddiy moiyaviy talofot ko‘ra boshladilar, bu esa o‘z navbatida makroiqtisodiyotga ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Fyuchers operatsiyalari (inglizcha futures transaction-birja orqali amalga oshirilidigan kelishuv yoki shartnoma) – tovar, moliyaviy aktivlarni shartnoma tuzilayotgan davrdagi narxda ma’lum muddat vaqt o‘tgach sotish yoki sotib olish jarayonini anglatadi. Fyuchers operatsiyalari fyuchers operatsiyalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fyuchers kontrakti – tovar, moliyaviy aktivlarni kelgusida etkazib berish to‘g‘risidagi ikki tomon o‘rtasida birjada tuziladigan shartnoma (kelishuv)dir.
Valyuta fyuchers operatsiyalari ham boshqa muddatli valyuta bitimlari kabi ma’lum bir valyutani boshqa bir valyutaga belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish bitimidir. Bu jihatdan bu turdagi bitim autrayt-forvard bitimi bilan o‘xshash bo‘lib, lekin ular bir-biridan tuzilmaviy va institutsional tarzda farq qiladi:
- Fyuchers bitimlari savdosi ochiq ommaviy tarzdagi taklif asosida tashqillashtirilgan birjalarda amalga oshiriladi. Va ularning faoliyati milliy qonunchilik va maxsus muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tartibga solinadi.forvard bitimlari esa birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, ularning ustidan nazorat tijorat va soliq qonunchiligiga asosan amalga oshirladi;
- Fyuchers bitimlari standartlashgan bo‘ladi, ya’ni ularning summasi va sanasi standart shaklda bo‘ladi. Forvard bitimlari odatda mijoz ehtiyojiga qarab tuziladi;
- Fyuchers bitimlari har kuni qayta baholanadi va bozordagi joriy baholarga qarab kotirovkalanadi hamda korrektirovka qilinadi. Forvard bitimlari bitim muddatigacha hech qanday to‘lovni talab qilmaydi, lekin bank forvard bitimini imzolayotganda ta’minot talab etishi mumkin;
- Fyucherslar bilan hisob-kitoblar valyuta kliring palatasi orqali amalga oshiriladi. Kliring palatasi marjasini o‘tkazib beradi va har bir bitimni sotib oluvchi va sotuvchi tomonidan bajarilishini kafolatlaydi. Forvard bitimlari esa ikki tomonlama bitim bo‘lib, unda hech qanday vositachilar bo‘lmaydi.
Bu ikki bitimni quyidagi jadval orqali qiyosiy harakteristikasini keltirib o‘tamiz.

Yüklə 75,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin