6. Valyutaning xarid qobiliyati paritetiga nisbatan
Paritetli, oshirilgan, kamaytirilgan kurs
7. Bitim qatnashchilari bo‘yicha
Sotib olish kursi (sotib oluvchi uchun), sotish kursi (sotuvchi uchun)
8. Inflyasiyani hisobga olish bo‘yicha
real kurs, nominal kurs, o‘rtacha
Qonuniy normalarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining kursining kimmatli kogozlar kursini yoxud tovarlar bahosini o‘rnatilishi katirovkalash deb ataladi. g‘ki kiskacha qilib aytganda valyuta kursini o‘rnatish katirovkalash deb ataladi. Jaxon amaliyotida katirovkalashning 2 xil usuli mavjud;
1) to‘g‘ri katirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining baxosi milliy valyutada kursatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan miqdor kursatilsa,bu to‘g‘ri katirovkalash deb ataladi. Masalan, 2003 yilning 30 sentyabrida 1 AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining kursi 975,00 so‘mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 31,97 so‘mni tashkil etdi. Bu to‘g‘ri katirovka bo‘lib bunday katirovkalash hozirgi vaktda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarda qo‘llanilib kelinmoqda.
2) Egri (teskari) katirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori urnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi baxosi kursatiladi, masalan;
1
1 so‘m = --------- AQSH dollari yoki
975,00
1 AQSH dollari = 975,00 so‘m
1
1 so‘m = -------------- Rossiya rubli yoki
31,97
1 Rossiya rubli = 31,97 so‘m
Agarda ikki valyuta o‘rtasidagi nisbat kandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniklansa, bunday nisbatni «kross-kurs» deb ataladi.