Marketingni rejalashtirish bu – korxona imkoniyatlarini bozor talablariga mos holga keltirishga qaratilgan korxonaning bozordagi harakatlarini tahlil qilish, ishlab chiqish va nazorat qilish uzluksiz jarayonidir. Keng ma’noda marketing rejasi bu – korxonaning marketing faoliyati vositasi, boshqaruv marketing qarorlari qabul qilish va amalga oshirish usulidir. Amaliy jihatdan bu – korxonaning bozordagi maqsadlari, ularga erishish yo‘llari va chora-tadbirlaridan iborat bo‘lgan hujjat
butun korxona va uning bo‘linmalari aniq maqsadlarini;
korxonaning bozordagi aniq yo‘nalishini;
korxona ahvolini barqarorlashtirish va o‘sish yo‘llarini;
korxona resurslarini alohida faoliyat yo‘nalishlari o‘rtasida optimal taqsimlashni;
optimal assortiment va tovarlarni tarqatish shartlarini;
korxonaning marketing faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini.
Marketingni rejalashtirishni qo‘llamaydigan korxonalar bozorda yo‘nalishni yo‘qotishi va ziyon ko‘rishi mumkin. Aksincha, marketingni rejalashtirish tizimi yo‘lgan qo‘yilgan korxonalar to‘laligicha vaziyatni nazorat qiladi, ularning ishi bozor samaradorligi va iqtisodiy samaradorlik darajasining yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Marketingni rejalashtirish quyidagilarni belgilab beradi:
Korxonalar faoliyatini strategik rejalashtirish uning sotish, foyda olish va rentabellik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir
Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha harakatlarning maqsadga muvofiq yo‘nalishini aks ettiradi. So‘ngra har bir yo‘nalish bo‘yicha batafsil rejalar tuziladi, chunki, marketing konsepsiyasini qo‘llaydigan korxonalar faoliyat natijalari ko‘proq savdo sohasi bilan belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan boshlab, to pirovard sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini kamraydigan marketingni rejalashtirish alohida o‘rinni egallaydi.