Tijorat vazirligi e’lon qilgan so’nggi raqamlarga ko’ra, aqsh iqtisodiyoti kutilganidan tezroq sur’atda o’smoqda 5 foiz. So’nggi oylarda minglab ish o’rinlari yaratilgani, benzin arzonligi iste’molchilarning xarid quvvatini oshirgan
Tijorat vazirligi e’lon qilgan so’nggi raqamlarga ko’ra, AQSh iqtisodiyoti kutilganidan tezroq sur’atda o’smoqda - 5 foiz. So’nggi oylarda minglab ish o’rinlari yaratilgani, benzin arzonligi iste’molchilarning xarid quvvatini oshirgan. AQSh iqtisodiyoti 2003-yildan beri eng tez sur’atda o’sayapti. Bunga sabab - bozorlar gavjum, xaridor qo’rqmasdan mahsulot xarid qilayapti, bizneslar sarmoyani oshirgan. Iqtisodchi Bred Makmillan bu katta o’zgarish ekanini aytadi.
“Oxirgi 11 yilda bunaqangi jonlanish kuzatilmagan edi. Bu iqtisodiyot mahkam oyoqqa turib olganini ko’rsatadi. 2015-yilda o’sish yanada tezlashadi deb o’ylayman”, - deydi u.
Yangilangan raqamlar moliya bozorlarida iliq kutib olindi. Dow Jones aksiyalar indeksi ilk bor 18 ming sonli marrani oshib o’tdi. Yalpi ichki mahsulot – yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy holatni eks ettiradi.
Ekonomist Maykl Geypenning aytishicha, Amerikada iste’mol darajasi oshgan, lekin biznes hamon sust:
“AQShda iqtisod xaridorlarning ishtahasiga bog’liq. Ayni paytda bizneslar bir trillion dollardan oshiq mablag’ni sarmoya qilmay saqlab turibdi. Savdo hozirgidek chaqqon bo’lsa, kompaniyalar yangi loyihalarga sarmoya qiladi degan umid bor”.
Lekin AQSh iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi tashqi omillar ham bor. Neft eksport qiluvchi davlatlarning daromadi kamaygan, ayrim mamlakatlarda o’sish susaygan, deydi moliyaviy tahlilchi Kleys Bell.
“Buning ahamiyati shundaki, savdo hamkorlarimiz bizdan kamroq mahsulot xarid qiladi, chunki qo’lida puli yo’q. Avvalgidek katta miqdorda eksport qila olmaymiz”.
Jadal o’sish narx-navoning ko’tarilishiga, inflyatsiya oshishiga ham yetaklashi mumkin, deydi iqtisodchi Bred Makmillan.
“Birinchidan, 2015-yilda maoshlar ko’tariladi, bu jarayon allaqachon boshlangan. Ikkinchidan, inflyatsiya indeksining katta qismi bu – ijara. Ijara bahosi oshib borayapti”, - deydi u.
Xitoy iqtisodiyoti asta-sekin jahon hukmronlik sari intilmoqda va bu mamlakat karantindan muvaffaqiyatli chiqib, pandemiya davrida o’sgan yagona yirik iqtisodiyotdir. Bu haqida Bloomberg xabar beradi.
Uning global ishlab chiqarishdagi ulushi so’nggi o’n yilliklardagi eng yuqori sur’atlarda o’sdi, demak u dunyoning eng yirik iqtisodiyoti sifatida AQShni kutganidan tezroq ortda qoldirishi mumkin. “Brukings” instituti hisob-kitoblariga ko’ra, u 2028-yilda birinchi o’rinni egallashni maqsad qilib qo’ygan.
Virusning tez yengilishi zavodlarga ishlab chiqarishni davom ettirishga imkon berdi. Butun dunyo karantin choralarini ko’rganda, Xitoyda bu holat tugagani, yuz maskalaridan boshlab noutbuklarga qadar bo’lgan tovarlarni barchasini eksporti o’sishiga yordam bergani haqida xabar berilgan edi.
Shu qatorda davlat pandemiya tugashi tufayli quyidagi natijalarga erishdi:
2020-yilda dunyodagi eng yirik to’g’ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi sifatida AQShni ortda qoldirdi.
Dunyodagi eng yirik kompaniyalar, “Fortune 500” ro’yxatida daromadlari bo’yicha Xitoyda AQShga qaraganda ko’proq firmalar mavjud edi.
Yevropa ittifoqing eng yirik savdo hamkori maqomini egalladi.
Raqamlar:
14,5% — Xitoyning global YaIMdagi ulushi (2010-yilda 9,2%).
124 — “Fortune 500” ro’yxatidagi xitoylik kompaniyalar soni (AQShdan 121 ta).
71,4% — Bozor kurslari bo’yicha AQShga nisbatan Xitoy iqtisodiyotining hajmi.
Bu nimani anglatadi
Xitoyning global o’sishi birinchi o’rinda mamlakatni asosiy bozor qilib tanlagan davlatlar uchun muhim. Bu davlatlar (Braziliya, Janubiy Koreya, O’zbekiston va boshqalar) tovar va sanoat mahsulotlarini asosiy qismini Xitoyga eksport qiladi.
Xalqaro biznes uchun Xitoy — bu ulkan iste’mol bozori xaritasi. Hozirda “General Motors” va “Volkswagen” yildan-yilga Xitoyda o’z mamlakatlariga qaraganda ko’proq avtomobil sotmoqda, “Starbucks"dan “Ralf Lauren"gacha bo’lgan firmalar o’tgan yili Xitoyda kuchli savdolar haqida xabar berishdi, chunki ularning ichki bozorlari yomonlashgan edi.
Xitoyning tobora ortib borayotgan iqtisodiy og’irligi BMT va XVJ kabi ko’p tomonlama muassasalarda siyosiy ta’sirning kuchayishiga aylandi. So’nggi yillarda Pekin Janubiy Koreya va Avstraliyadan importni cheklash kabi diplomatik bahslarda Xitoy bozorining ahamiyatini qo’llashga harakat qildi.
Shuningdek, u Jahon banki kabi AQSh tomonidan boshqariladigan institutlarga raqiblar tashkil etdi. Shu bilan birga, “Bir makon, bir yo’l” kabi dasturlar orqali rivojlanayotgan mamlakatlarga kredit berishni ko’paytirdi.
Hozir Qo’shma Shtatlarda inflyatsiya darajasi 1,5 foizdan ham past. Markaziy bank o’sishga turtki berish uchun bir necha yildan buyon foiz stavkalarini pasaytirib keladi. Iqtisodiyot tanazzuldan chiqib olgani tobora ayonlashar ekan, yaqin orada stavkalar ko’tarilishi mumkin.