Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
nutq so'zladi.
Quyida mazkur nutqning to'liq matni e'lon
qilinmoqda:
Janobi Oliylari!
Xonimlar va janoblar!
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan nutq so'zlash imkoniyati yaratilgani
uchun samimiy minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz.
Bizning xalqimiz bundan bir necha hafta oldin o'z davlat mustaqilligining 26-yilligini keng
nishonladi.
Bugungi kunda O'zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik
an'analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat'iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz,
mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo'lidan bormoqdamiz.
Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga
oshirilmoqda. Ulardan ko'zlangan maqsad – "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun"
degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan
demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat.
Umumxalq muhokamasidan so'ng besh yilga mo'ljallangan O'zbekistonni rivojlantirish
strategiyasi qabul qilindi. Bu strategiyani ishlab chiqishda biz o'zimizga chetdan nazar
tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholash bilan birga, xato va
kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik.
Strategiya – bu yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi
vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda.
2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilindi.
Bizning maqsadimiz – yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish
1 / 8