Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
Standart kreditlar. Bunday kreditlar bo’yicha vaqt-vaqti bilan kreditning o’z vaqtida qaytara olmaslik sharoiti yuzaga keladi. Lekin kreditni belgilangan muddatida to’lay olmaslik bo’yicha uning to’lov muddatining uzaytirilishi bir martagina bo’lishi lozim. Olgan krediti standart deb topilgan mijozlarning moliyaviy ahvoli odatda barqaror bo’ladi, lekin ma’lum vaqtinchalik sabablar tufayli uning faoliyatida salbiy moliyaviy holat yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. Bunday krditlar qatoriga yaхshi rasmiylashtrilmagan kreditlar, garov bilan ta’minlanganligi bo’yicha to’g’ri hujjatlashtirilmagan yoki hujjatlar etarli bo’lmagan kreditlar ham kirishi mumkin. Bu kreditlar bo’yicha 10 foiz atrofida zahira tashkil qilinishi zarur.